Tashbaev Naim Sadikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifatini monitoring qilish mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.07 – “Ta’limda menejment” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped1728.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Vaxobov Marufjon Malikovich, pedagogika fanlari doktori (DSc).
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Yunusov Shohruh Temurmalikovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifatini monitoring qilish mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifatini monitoring qilishning faoliyatga yoʻnaltirilganlik xususiyatlari sifatli ta’lim muhitini kontekstual integratsiya va transdissipliner modullararo hamkorlikni ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish mexanizmi kriterial baholash mezon ko‘rsatkichlarini professional tajriba va professional faoliyat natijalariga ko‘ra belgilash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifatini nazorat qilish tuzilmasi ota-onalar va jamoatchilikning ishtirokini monitoring qilishda adaptiv tahliliy baholash sistemasi integratsiyasini ko‘p tomonlama munosabatlar tizimini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining faoliyatini ekspert baholash mezonlari dars jarayonidagi ta’lim samaradorligining didaktik dinamizm faoliyat ko‘rsatkichini baholashga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifatini monitoring qilish mexanizmini takomillashtirishning ilmiy o‘rganish natijalariga ko‘ra:
maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifatini monitoring qilishning faoliyatga yoʻnaltirilganlik xususiyatlari sifatli ta’lim muhitini kontekstual integratsiya va transdissipliner modullararo hamkorlik orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifatini monitoring qilish mexanizmi” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 21-dekabrdagi 03-820-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari uchun tashkil etiladigan mashgʻulotlar sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish mexanizmi kriterial baholash mezon ko‘rsatkichlarini professional tajriba va professional faoliyat natijalariga belgilash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifatini monitoring qilish mexanizmi” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 21-dekabrdagi 03-820-son ma’lumotnomasi). Natijada, malaka oshirish kurslarida o‘qitish orqali maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining ta’lim sifatini boshqarishga oid bilm va ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifatini nazorat qilish tuzilmasi ota-onalar va jamoatchilikning ishtirokini monitoring qilishda adaptiv tahliliy baholash sistemasi integratsiyasini ko‘p tomonlama munosabatlar tizimi ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan MTTDMQTMOI malaka oshirish kurslari uchun direktorlar toifasining o‘quv rejasiga “Ta’lim sifati monitoringi” o‘quv moduliga kiritilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 21-dekabrdagi 03-820-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining pedagogik jarayonning samaradorligi va sifatini yaxshilash va ta’lim sifatini oshirish sohasidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan.