Yusupova Dilnoza O‘ktamali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktabi o‘quvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini urf-odatga oid materiallar asosida rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’limva tarbiya nazariyasi va metodikasi (nemis tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7212.
Ilmiy rahbar: Kaxarova Mavluda Mukaramovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01.
Rasmiy opponentlar: Sadiqov Zohidjon Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, (DSc) dotsent; Ismailov Yusuf Niyazmetovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktabi o‘quvchilarida urf-odatlarga oid materiallar asosida sotsiolingvistik kompetensiyani rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab o‘quvchilariga nemis tili darslarida urf-odatlarni nazariy jihatdan o‘rgatishning psixologik va didaktik omillariga ko‘ra o‘qitish sifatini baholash samaradorligi asoslanib, ushbu jarayonda o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi va bilim olishga bo‘lgan qiziqishlariga, madaniy merosning o‘rganilishiga e’tibor berilishi til o‘rgatishning yanada sifatli bo‘lishiga yordam berishi aniqlangan;
nemis va o‘zbek xalqlarining urf-odatlarini nemis tilida o‘rgatish jarayonida “Bekatlarda chet tilini o‘rganish”, “Loyiha darslarini tashkillashtirish” hamda “Kommunikativ o‘yinlardan foydalanish” texnologiyalari bilan ta’lim jarayonining interaktiv va innovatsion usullarini qo‘llash o‘quvchilarning madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish, darslarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishni kuchaytirishga xizmat qilishi isbotlangan;
nemis va o‘zbek xalqlaridagi urf-odatlarni innovatsion texnologiyalar orqali o‘rgatish natijasida madaniyatlararo muloqot, o‘zaro tushunish va boshqa millat urf-odatlariga hurmat hissi shakllantirilganligi orqali til o‘rganish jarayonining intensivligi, samaradorligi va qiziqarliligi sezilarli darajada oshishi, o‘quvchilarda sotsiolingvistik kompetentlikning rivojlanishi isbotlangan;
o‘quvchilarda nemis va o‘zbek xalqlaridagi urf-odatlarni nemis tilida o‘rganish faoliyatini rivojlantirish va dars jarayonida har ikki xalq urf-odatlariga nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirish orqali til o‘rganish samaradorligi va mazmuniy komponentlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarining nemis tili darslarida urf-odatlarni o‘rgatish texnologiyasi tadqiqoti nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
maktab o‘quvchilariga nemis tili darslarida urf-odatlarni nazariy o‘rgatishning psixologik va didaktik omillari tahliliga doir xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston telekanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar muharririyati tomonidan tayyorlangan “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” nomli radio eshittirishlar senariysini tayyorlashda (2022-2023-yillar davomida) keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston telekanali” 2023-yil 2-maydagi 04-36-671-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu radioeshittirishlar materiallari mazmunan yangicha qarashlar bilan boyitilgan;
nemis va o‘zbek xalqlaridagi urf-odatlarni nemis tilida o‘rgatish va o‘rganishning “Bekatlarda chet tilini o‘rganish”, “Loyiha darslarini tashkillash”, “Kommunikativ o‘yinlardan foydalanish” usullari asosida “Nemis tili darslarida urf-odatlarni qo‘llash texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining urf-odatlarni zamonaviy texnologiyalar asosida o‘rganishlari orqali samaradorlikka erishilgan;
nemis va o‘zbek xalqlaridagi urf-odatlarni innovatsion texnologiyalar orqali o‘rgatish, madaniyatlararo muloqot, o‘zaro tushunish, hurmat hissini shakllantirish kabi sotsiolingvistik kompetentlikni ta’minlashga, til o‘rganish jarayonining intensivligi, samaradorligi va qiziqarliligi oshishiga hamda o‘quvchilarda nemis va o‘zbek xalqlaridagi urf-odatlarni nemis tilida o‘rganish faoliyatini rivojlantirish, dars mashg‘ulotlarida har ikki xalq urf-odatlariga nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirish asosida samaradorlikka erishish modeli yuzasidan berilgan takliflardan 2020-2022 yillarda bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067(PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Programm” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihada foydalanilgan (Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2023-yil 2-maydagi 130-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan.