Yunusov Shokir Mamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro vohasida xovlili turarjoylar tipologiya va tendensiyasi», 18.00.02–Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/A72.
Ilmiy rahbar: Yunusov Shukurulla Xayrullaevich, arxitektura fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik texnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, PhD.03/08.05.2024.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Salimov Orif Muslimovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Xidirov Muxsin Mixaylovich, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “ToshuyjoyLITI” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro turarjoy me’morligi evolyusion bosqichlarini ochib berib, turar joylarda tarixiy va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan holda shakllantirishga qaratilgan loyihalash, amaliyotda qurilish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro an’anaviy turarjoylarining hajmiy-fazoviy va tumanlararo tabiiy iqlim sharotlari, viloyat erlarining shorlanish darajasi, iqlim farqlari, shamol tezligi va yo‘nalishi asosida viloyat hududini ikki guruh (tiplar)ga ajratib (I guruh – Peshku, Jondor tumanining g‘arbiy qismi, Olot, Qorako‘l tumanlari, II guruh – G‘ijduvon, Shofirkon, Jondor, Romitan, Buxoro, Kogon, Qoravulbozor tumanlari va Buxoro shahri) loyihalash zarurligi dalillangan;
Buxoro turarjoylar qurilishlarning qo‘shimcha 3 turi (1. Aholi zich joylashgan tumanlarda hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,02 gektar bo‘lgan er uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 xonali uylar; 2. Er maydoni 0.04ga bo‘lgan, xo‘jalik imoratlari va hovlilari bo‘lgan ikki, uch qavatli ko‘p xonali (2-3xonali) uylar; 3. Hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0.06 gektar bo‘lgan er uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali xonadonlar) aniqlangan;
turarjoy mavzeylari uchun ikki hovlili “darun”, “berun” tendensiyasi asosida loyihalangan na’munali kam qavatli hovlili turarjoy loyihalari ishlab chiqilib, Buxoro turarjoy  tur(tipologiya)lari 10 turdan iborat ekanligi isbotlangan;
qishloq bosh rejalarini ishlab chiqishda sanitariya-gigienik me’yor talablari asosida, xo‘jalikka zarur bo‘lgan (uy hayvonlari, ishlab chiqarish anjomlari va hokazo) narsalarni olib kirish va olib chiqish uchun hovlili turarjoylarni birlashtirib (blokirovka) rejalashtirish, har bir 4 ta birlashtirilgan uylar yon tomonidan 3.5 metr kenglikda yo‘laklar qoldirgan taklif loyihalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Buxoro vohasida hovlili turarjoylar tipologiya va tendensiyasi” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro an’anaviy turarjoylarining hajmiy-fazoviy va tumanlararo tabiiy iqlim sharotlari, viloyat erlarining shorlanish darajasi, iqlim farqlari, shamol tezligi va yo‘nalishi asosida viloyat hududini ikki guruh (tiplar)ga ajratib (I guruh – Peshku, Jondor tumanining g‘arbiy qismi, Olot, Qorako‘l tumanlari, II guruh – G‘ijduvon, Shofirkon, Jondor, Romitan, Buxoro, Kogon, Qoravulbozor tumanlari va Buxoro shahri) loyihalash zarurligi dalillanganligi hamda Buxoro turarjoylar qurilishlarning qo‘shimcha 3 turi (1. Aholi zich joylashgan tumanlarda hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,02 gektar bo‘lgan er uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 xonali uylar; 2. Er maydoni 0.04ga bo‘lgan, xo‘jalik imoratlari va hovlilari bo‘lgan ikki, uch qavatli ko‘p xonali (2-3xonali) uylar; 3. Hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0.06 gektar bo‘lgan er uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali xonadonlar) aniqlanganligi yuzasidan xulosalar Buxoro viloyat qurilish va uy-joy kommunal bosh boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 4 iyuldagi 1-1-2-2477-son ma’lumotnomasi). Natijada hududda ikki hovlili turar joylar loyiha takliflari, ularning tipologik hamda konstruktiv echimlari yuzasidan aniq xulosalar chiqarish imkoniyati yaratilgan;
turarjoy mavzeylari uchun ikki hovlili “darun”, “berun” tendensiyasi asosida loyihalangan na’munali kam qavatli hovlili turarjoy loyihalari ishlab chiqilib, Buxoro turarjoy  tur(tipologiya)lari 10 turdan iborat ekanligi isbotlanganligi qishloq bosh rejalarini ishlab chiqishda sanitariya-gigienik me’yor talablari asosida, xo‘jalikka zarur bo‘lgan (uy hayvonlari, ishlab chiqarish anjomlari va hokazo) narsalarni olib kirish va olib chiqish uchun hovlili turarjoylarni birlashtirib (blokirovka) rejalashtirish, har bir 4 ta birlashtirilgan uylar yon tomonidan 3.5 metr kenglikda yo‘laklar qoldirgan taklif loyihalari Buxoro viloyatining Vobkent, Buxoro, Romitan, Shofirkon, Jondor tumanlari va Shofirkon shahar bosh rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 4 iyuldagi 1-1-2-2477-son ma’lumotnomasi). Natijada kam qavatli hovlili turar joylar loyiha takliflari asosida Buxoro tumani Turkon MFY, Yangi turmush MFY, Sariosiyo MFY, Oydin MFY bosh rejalarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish