Ibragimov Xasan Ismoilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid artritda sintetik va biologik kasallik o‘zgartiruvchi antirevmatik preparatlarning klinik va immunologik samaradorligi» 14.00.05 - Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2392.
Ilmiy rahbar: Ziyadullaev Shuxrat Xudayberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD 04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Nurbaev Farmon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Rustamova Mamlakat Tulabaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: revmatoid artritda kasallikni modifikatsiyalovchi antirevmatik preparatlarning samarali kombinatsiyasini tanlash strategiyasini ishlab chiqish va terapiyani prognoz qilishda immunologik mezonlarni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda immunologik va struktur-metabolik ko‘rsatkichlar prizmasi orqali kasallikni modifikatsiyalovchi antirevmatik preparatlar bilan kombinirlangan terapiya samaradorligi isbotlangan;
ilk bor struktur-metabolik marker COMP darajasi va kasallik faolligi ko‘rsatkichlari, shuningdek, IL-6 va IL-17 darajalari hamda revmatoid artritda suyak-tog‘ay destruksiyasining radiologik belgilari o‘rtasida ishonchli to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor IL-6, IL-17 sitokinlari va tog‘ay oligomer matriks oqsili (COMP) darajalari revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda turli kombinirlangan terapiya sxemalarini baholash uchun yuqori prognostik ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
ilk bor rematoid artritni modifikatsiyalovchi antirevmatik preparatlar kombinatsiyasining ta’sir mexanizmlarini chuqurroq tushunish uchun kombinirlangan (adalimumab 40 mg va metotreksat 15mg) terapiya samaradorligini prognoz qilish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 18 iyuldagi 7353-sonli xatiga ko‘ra quyidagi ilmiy yangilik va samaradorliklarga erishilgan:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda immunologik va struktur-metabolik ko‘rsatkichlar prizmasi orqali kasallikni modifikatsiyalovchi antirevmatik preparatlar bilan kombinirlangan terapiya samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar 6-son oilaviy poliklinikasining 2024 yil 24 martdagi 19-U sonli, SamDTU xuzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutining 2024 yil 24 martdagi 9-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: ish natijalari nafaqat ilmiy bilimlarni rivojlantiradi, balki jamiyat salomatligi va farovonligiga bevosita ta’sir qiladi, revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: revmatoid artritni davolashda kombinirlangan yondashuv kasallikning xuruj davri yoki avj olish yuzaga kelishini keskin kamayishiga olib kelgan, bu esa, o‘z navbatida, qimmat tibbiy manipulyasiyalar, aralashuvlar va statsionar davolanish zaruratini kamaytirgan. Xulosa: bemorlarning statsionarda yotish muddati qisqarishi va shifoxonaga murojaatlar soni kamayishi tufayli har bir bemor uchun o‘rtacha 4 kunlik davolanish xarajatlari 520000 so‘m mablag‘ tejalishiga erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor struktur-metabolik marker COMP darajasi va kasallik faolligi ko‘rsatkichlari, shuningdek, IL-6 va IL-17 darajalari hamda revmatoid artritda suyak-tog‘ay destruksiyasining radiologik belgilari o‘rtasida ishonchli to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar 6-son oilaviy poliklinikasining 2024 yil 24 martdagi 19-U sonli, SamDTU xuzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutining 2024 yil 24 martdagi 9-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: ish natijalari revmatoid artrit diagnostikasi va monitoringini takomillashtirishga, yangi davolash usullarini ishlab chiqishga va aholining kasallik haqida xabardorligini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni erta tashxis qo‘yish va faolligini maqsadli monitoring qilish orqali revmatoid artritni davolash xarajatlarini tejashdan iborat bo‘lib, bu kasalxonaga yotqizish va asoratlar sonini kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: RA bemorlarda struktur-metabolik marker COMPni darajasini monitoring qilish orqali muntazam zarur bo‘ladigan umumiy va biokimyoviy qon tahlillari (35400 so‘m va 115000 so‘m) va radiologik (60900 so‘m) tekshiruvlarga talab kamaygan va umumiy 211300 so‘m mablag‘ iqtisod qilingan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor IL-6, IL-17 sitokinlari va tog‘ay oligomer matriks oqsili (COMP) darajalari revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda turli kombinirlangan terapiya sxemalarini baholash uchun yuqori prognostik ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar 6-son oilaviy poliklinikasining 2024 yil 24 martdagi 19-U sonli, SamDTU xuzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutining 2024 yil 24 martdagi 9-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: ish natijalari davolash samaradorligini aniqroq baholash va nogironlikni kamaytirish va ijtimoiy moslashuvni oshirishga yordam beradigan shaxsiy yondashuv orqali revmatoid artritli bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: revmatoid artritda samarali terapevtik sxemalarni tanlash orqali bemorlarda remissiyaga erishish imkoniyati oshgan, asoratlar kamaygan va kasalxonada umumiy davolanish vaqti qisqargan. Buning natijasida statsionarda davolanish muddati o‘rtacha 4 kunga qisqarganligi hisobiga 520000 so‘m davlat byudjeti (Samarqand shahar ko‘p tarmoqli klinikasida terapiya bo‘limida 1 kunlik koyka puli 130000 so‘mni tashkil qiladi) mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: samarali terapiyani tanlash orkali remissiyaga erishish imkoniyati oshgan va 520000 so‘m mablag‘ iqtisod qilishga erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor rematoid artritni modifikatsiyalovchi antirevmatik preparatlar kombinatsiyasining ta’sir mexanizmlarini chuqurroq tushunish uchun kombinirlangan (adalimumab 40 mg va metotreksat 15mg) terapiya samaradorligini prognoz qilish algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar 6-son oilaviy poliklinikasining 2024 yil 24 martdagi 19-U sonli, SamDTU xuzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutining 2024 yil 24 martdagi 9-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: ishning natijalari yanada samarali kombinatsiyalangan davolash rejimlarini belgilash va dori vositalarining ta’sir qilish mexanizmlarini chuqur tushunish orqali revmatoid artritli bemorlarning hayot sifatini yaxshilashdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: terapevtik rejimlarni optimallashtirish orqali revmatoid artritni davolash xarajatlari kamaygan, natijada samarasiz terapevtik vositalar buyurilishi sonini va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirgan. Xulosa: statsionarda davolanish o‘rtacha 4 kunga qisqarganligi hisobiga 520000 so‘m va shifoxonada o‘rtacha to‘rt kunlik dori vositalari uchun 340000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Ibragimov Xasan Ismoilovichning «Revmatoid artritda sintetik va biologik kasallik o‘zgartiruvchi antirevmatik preparatlarning klinik va immunologik samaradorligi» mavzusida ilmiy yangiliklarni sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 1 martdagi №1800-sonli va 2024 yil 16 martdagi №2275-sonli xatlari yuborilgan. Shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 iyuldagi 4-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i buyicha xulosa olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish