Imonqulov Nuriddin Qo‘shmon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4077
Ilmiy rahbar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Kadirova Xadicha To‘raevna, iqtisodiyot fanlari doktori professor;
Tursunov Jahongir Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tabbirkorlik oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat tibbiy sug‘urtasini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatda nodavlat tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talabning ortishi xorijiy tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talabning kamayishiga ta’sir qilishi natijasida mamlakatda valyuta oqimining ijobiy qoldiqqa ega bo‘lishiga olib kelishi asoslangan.
birlamchi tibbiyot xodimlarini bemorlarni davolash jarayoni va uni oldindan aniqlanishiga e'tibor qaratishni belgilash orqali oldindan aniqlangan simptomlar uchun yuqori moliyaviy manfaatdorlikni belgilash taklif etilgan.
aholini yosh va daromad nuqtai nazaridan klassifikasiyalash orqali tibbiy xizmatlarni natijaviy moliyalashtirish joriy etish taklif etilgan.
Tibbiy xizmatlarni joriy, oraliq va yakuniy natijadorlik ko‘rsatkichlari asosida byudjetdan moliyalashtirish orqali sog‘liqni saqlash tizimi strategik maqsadini ifodalagan monetar, nomonetar natijalarni aks ettirgan mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mamlakatda nodavlat tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talabning ortishi aholining cho‘ntak xarajatlariga proporsional tarzda bo‘lishi va xorijiy tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talabning kamayishiga ta’sir qilishi natijasida mamlakatda valyuta oqimining ijobiy qoldiqqa ega bo‘lishiga olib kelishi taklifi (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 6 sentyabrdagi 06/33-1-18595-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatda tibbiy xizmatlar bo‘yicha valyuta oqimining ijobiy qoldig‘i oshib fiskal barqarorlikka erishiladi.
birlamchi tibbiyot xodimlarini bemorlarni ro‘yxatga olish emas, balki uni davolanish jarayoni va uni oldindan aniqlanishiga e'tibor qaratishni belgilash orqali oldindan aniqlangan simptomlar uchun yuqori moliyaviy manfaatdorlikni belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi PQ-183-sonli qarorining 4-ilova 4- va 11-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 6 sentyabrdagi 06/33-1-18595-son ma’lumotnomasi). Natijada, onkologiya yordamini takomillashtirish va onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlar 2023-yilga nisbatan 10 foizga oshdi.
aholini yosh va daromad nuqtai nazaridan klassifikasiyalash orqali tibbiy xizmatlarni natijaviy moliyalashtirish joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 29 dekabrdagi PQ-422-sonli qarorining 7-ilova 3.18-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 6 sentyabrdagi 06/33-1-18595-son ma’lumotnomasi). Natijada, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun xarajatlarni moliyalashtirish 10 foizga oshdi.
Tibbiy xizmatlarni joriy, oraliq va yakuniy natijadorlik ko‘rsatkichlari asosida byudjetdan moliyalashtirish orqali sog‘liqni saqlash tizimi strategik maqsadini ifodalagan monetar, nomonetar natijalarni aks ettirgan mexanizmi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-sonli farmonining “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risidagi 1-ilova 46-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 6 sentyabrdagi 06/33-1-18595-son ma’lumotnomasi). Natijada, tibbiy xizmatlarning natija mezonlarini doimiy baholash va monitoring qilib borishga imkoniyat yaratildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish