Axmurodov Jaxongir Qaxramonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Xalqaro xususiy huquqda chet el sud qarorlarini tan olish va ijro etish”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Ilmiy rahbar: Rustambekov Islombek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Samarxodjaev Batir Bilyalovich, yuridik fanlar doktori, professor; Saidov Maqsudbek Norboevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.  
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro va milliy miqyosda chet el sud qarorlarini tan olish va ijro etishga doir munosabatlarni huquqiy tartibga solinishini yanada takomillashtirish va ushbu sohadagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro arbitraj va chet el sudlarining qarorlarini tan olish, ta’minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish, mazkur sohada davlat sudlari vakolatlarini aniqlashtirish va raqamlashtirish zarurati asoslangan;
fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktyabr) qo‘shilish to‘g‘risidagi hamda mazkur konvensiyaga qo‘shilishning ijobiy jihatlari asoslangan;
sudni tanlash bo‘yicha bitimlar to‘g‘risidagi 2005-yilgi va Fuqarolik va tijorat ishlari bo‘yicha chet davlat sud qarorlarini tan olish va ijro etish to‘g‘risidagi 2019-yilgi Gaaga konvensiyalariga qo‘shilish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
xalqaro arbitraj qarorlarini tan olish va ijroga qaratish, shuningdek, bekor qilish bo‘yicha sudlarning vakolatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro xususiy huquqda chet el sud qarorlarini tan olish va ijro etish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
xalqaro arbitraj qarorlarini tan olish va ijroga qaratish, shuningdek, bekor qilish bo‘yicha sudlarning vakolatlariga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-769-son Qonuni doirasida qo‘llangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 27-iyundagi 06-13/21-son xati va 22-son dalolatnomasi). Bu o‘zgarish xalqaro arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish mexanizmlarini xalqaro standartlarga muvofiq belgilanishi va amalga oshirilishini ta’minlagan;
xalqaro arbitraj va chet el sudlarining qarorlarini tan olish, ta’minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish, mazkur sohada davlat sudlari vakolatlarini aniqlashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining 107, 110-moddalari, shuningdek, 291-bobda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 27-iyundagi 06-13/21-son xati va 22-son dalolatnomasi). Bu o‘zgarish arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni yuritish, xalqaro arbitraj yoki chet el sudlarida ko‘rib chiqilishi belgilangan, ko‘rilayotgan yoki ko‘rib chiqilgan ishlar bo‘yicha qayta sudga murojaat qilish da’vo arizani ko‘rmasdan qoldirishga asos bo‘lishini ta’minlagan;
fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktyabr) qo‘shilish to‘g‘risidagi hamda mazkur konvensiyaga qo‘shilishning ijobiy jihatlari haqidagi takliflar “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktyabr) qo‘shilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 9-avgustdagi 19/2-5/7324-1-son dalolatnomasi). Bu o‘zgarish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro-huquqiy hamkorligini yanada kengaytirish imkoniyatini ta’minlagan;
sudni tanlash bo‘yicha bitimlar to‘g‘risidagi 2005-yilgi va Fuqarolik va tijorat ishlari bo‘yicha chet davlat sud qarorlarini tan olish va ijro etish to‘g‘risidagi 2019-yilgi Gaaga konvensiyalariga qo‘shilish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 9-avgustdagi 19/2-5/7324-1-son dalolatnomasi). Bu taklif O‘zbekiston Respublikasi sudlari qarorlarini xalqaro miqyosda tan olinishi va ijro etilishi, xalqaro sud hamkorligini kengaytirishni ta’minlagan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish