Toreniyazov Azizxan Jienbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Toshqirmon vohasining sopollari (mil. avv. IV – milodiy IV asrlar)», 07.00.06 – Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tar362.
Ilmiy rahbar: Iskanderova Aysulu Djapbarbergenovna, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand arxeologiya instituti, DSc.01/10.01.2024.Tar.169/01
Rasmiy opponentlar: Matbabaev Bokijon Xoshimovich, tarix fanlari doktori, professor; Saypov Sadulla Tursinbaevich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Sh. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Qadimgi Xorazm kulollik hunarmandchiligida sopol ishlab chiqarish texnologiyasi va shakllaridagi o‘zgarishlarni Toshqirmon vohasi yodgorliklari sopol majmualari tadqiqoti asosida ko‘rsatib berish.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:    
Toshqirmon vohasining Akchaxonkal’a va Toshqirmontepa yodgorliklarida  qayd etilgan antik davrlarga oid bo‘lgan sopol idishlar funksional vazifasiga ko‘ra tasnif qilinib, ikki turga, maishiy va qurilish turlariga ajratilgan;
Toshqirmon vohasi sopollari tahlili asosida ular texnologik jihatdan uch uslubda; qo‘l, kulolchilik charxi va qo‘l-charxda yasalishi asoslanib, har bir yasalish uslubining texnik-texnologik usullari ajratib berildgan;
Toshqirmon vohasi sopollari texnik-texnologik tadqiqotlari natijasida, qolda yasalgan, qol va charx yordamida, va kulol charxda hosil bo‘lgan sopol idishlarni shakillantirishning uchta usuli aniqlangan;
Toshqirmon vohasidagi qurilish sopollarining tayyorlash texnologiyasi va shakllari tavsifi asosida mazkur hudud aholisi qurilish sopollaridan obodonlashtirishda, suv ta’minoti va suv quvuri tizimlarida antik davrdan foydalanilganligi aniqlandgan;
Mil. avv. IV-III asrlarga oid sopol majmuasiga xos boʻlgan idishlar, yaʼni boʻrtma naqshli suvdonlar, sher boshli tutqichli koʻzalar, ritonlar, oʻyilgan va boʻyalgan bezakli xumlarning yoʻqligi asosida Toshqirmon vohasidagi qadimgi Xorazm davrining sopol majmuasining quyi sanasi mil.avv. III asr oxiri va mil.avv. II asr boshlari bilan sanalangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “Toshqirmon vohasi sopollari (mil. avv. IV – milodiy IV asrlar)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Toshqirmon vohasi yodgorliklaridan ko‘p sonli sopol buyumlarni tipologik va xronologik tasnifi asosida Toshqirmon vohasining kulollik mahsulotlari va Janubiy Orol mintaqasining antik davrdagi kulollik tarixi haqida ishonchli tarixiy ma’lumotlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tarix va madaniyat muzeyi ko‘rgazmasini yoritishda foydalanildi (Qoraqolpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining 2024 yil 24-apreldagi 147-sonli  ma’lumotnomasi). Natijalar Respublikaning tarixi va madaniy merosini targ'ibotiga xizmat qilgan.
Tadqiqot davomida olingan ma’lumotlardan mintaqaning moddiy madaniyatini saqlash va ilmiy yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi  Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2024 yil 23-aprelda berilgan 01-03\04-sonli ma’lumotnomasi). Tarixiy-madaniy yondashuv asosida sopol buyumlarni tadqiq qilish jarayonida sopol idishlar tayyorlash texnologiyasi to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlar Qadimgi Xorazmning kulolchilik ishlab chiqarish jarayonini rekonstruksiya qilish imkonini beradi.
Toshqirmontepa va Aqchaxonqal’a shahar xarobasi qazishmalari davomida topilgan qurilish sopollariga oid ilmiy xulosalardan FA-F1-G0001 – “Qoraqalpog‘iston jahon madaniyatlari kontekstida. Amudaryoning quyi oqimida shaharsozlik va shahar qurilishi madaniyati nuqtai nazaridan (2014-2016)” mavzusidagi fundamental loyihasini yozishda foydalanilgan (O‘zR FA QB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024 yil 24-apreldagi 161/1-sonli ma’lumotnomasi). Bu ilmiy tahlil natijasida qurilish sopollarining turlari aniqlanib, ulardan, aholi punktlarini qurish va obodonlashtirishda ishlatilganligi hamda Qadimgi Xorazm shaharsozligida qurilish keramikasining roli borasida xulosalar qilindi.
Toshqirmon vohasining sopol buyumlarni tadqiq qilish Qadimgi Xorazmning kulolchilik ishlab chiqarish tarixini o‘rganishda hamda vohaning sopol idishlarini texnik-texnologik va tipologik tahlil qilish natijalari “Quyi Amudaryo qadimda va o‘rta asrlarda, milodning dastlabki asrlari – XIV asr (moddiy madaniyat masalalari)” (2021-2023) fundamental loyihasining “Qadimgi Xorazm sopollari (Toshqirmon vohasi materiallari asosida)” deb nomlangan bo‘limini yozishda foydalangan. Natijada, sopol buyumlarni funksional maqsadga muvofiq tasniflash amalga oshirildi, sopol idishlarni shakllantirish usullari aniqlandi. Olingan natijalar antik davrdagi Xorazmning kulolchilik ishlab chiqarishi to‘g‘risida qo‘shimcha ilmiy ma’lumotlar taqdim etilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish