Axanbaev Shohzod Ulug‘ bek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Izen (Kochia prostrata)ning mikroflorasi va uning biotexnologik potensiali», 03.00.12 - Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/V848.
Ilmiy rahbar: Ismailov Zafar Fayzullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.38.01.
Rasmiy opponentlar: Nasmetova Saodat Mamajonovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Murodova Sayyora Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli biotoplarda o‘sgan kserofit Kochia prostrata (L.) Schrad o‘simligidan endofit bakteriyalarni ajratib olish, biologik xususiyatlarni aniqlash va biotexnologik potensialini baholashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, turli biotoplarida o‘sadigan K. prostrata o‘simligining endofit bakteriyalari ajratib olingan hamda faol endofit bakteriya shtammlari 16S rRNK geni nukleotidlar ketma-ketligi asosida Bacillus amyloliquefaciens KoPr101, Bacillus pumilus KoPr113, Priestia aryabhattai KoPr118, Pseudomonas putida KoPr129, Priestia endphytica KoPr131 identifikatsiyalangan;
endofit bakteriyalarning 12,5% NaCl konsentratsiyasiga chidamli 36 ta izolyatlar ajratib olingan hamda 5 ta faol shtammlarning R. solani, F. oxysporum va A. alternata zamburug‘lariga nisbatan antifungal xususiyatlari yuqori ekanligi aniqlangan;
tanlab olingan B. amyloliquefaciens KoPr101 shtammi biologik faol moddalar, jumladan, metil-1-butanol, asetofenon va tetrametilpirazinni ishlab chiqish orqali o‘simliklarni o‘sishi-rivojlanishini stimullash va kasalliklardan himoya qilish mexanizmlariga egaligi asoslangan;
B. pumilus KoPr113 shtammi drozofila pashshasi D32 liniyasi lichinkalarining rivojlanishiga ijobiy, P. putida KoPr129 shtammi esa drozofila pashshasi, chuvalchanglarning E. anderiy va E. fetida turlari yashovchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kserofit K. prostrata o‘simligidan endofit bakteriyalarni ajratish, identifikatsiyalash va biotexnologik potensialini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
K. prostrata o‘simligidan ajratib olingan faol (B. amyloliquefaciens KoPr101, B. pumilus KoPr113, P. aryabhattai KoPr118, P. putida KoPr129, P.endophytica KoPr131) shtammlari 16S rRNK nukleotidlar ketma-ketligi National Center for Biotechnology Information (NCBI) ma’lumotlar bazasida ON567219, ON567220, ON567221, ON567222, ON567223 raqamlari bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 9 yanvardagi 4/17-9/1-10-6543-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’lumotlar bazasiga kiritilgan endofit bakteriyalar 16S rRNK genini nukleotidlar ketma-ketligi ulardan filogenetik tahlil uchun dunyo miqyosida foydalanish imkonini bergan;
kserofitlar urug‘larini ekishdan oldin endofit bakteriya B. amyloliquefaciens KoPr101 shtammining 20% li bakterial suspenziyasi bilan ishlov berish orqali agrosenozlar yaratish boʻyicha tavsiyalar Qashqadaryo viloyati Shahrisabz davlat o‘rmon xo‘jaligida izen-teresken yaylovlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 15 dekabrdagi 03-03/3-8212-son ma’lumotnomasi). Natijada, urug‘larga bakterial suspenziyaning ijobiy ta’sir ko‘rsatishi orqali kserofit o‘simliklar 12% gacha yashovchanligi oshishi imkonini bergan.