Asadova Dilnavoz Fayzulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Gidrotozalash jarayoni uchun ishlatilgan adsorbent Al2O3 asosida bifunksional katalizator olish texnologiyasi», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4819.
Ilmiy rahbar: Hayitov Ruslan Rustamjonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, professor; Nasullaev Hikmatullo Abdulazizovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gidrotozalash jarayoni uchun ishlatilgan adsorbent Al2O3 asosida bifunksional katalizator olish texnologiyasitsh ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlatilgan adsorbent Al2O3 ni to‘liq regeneratsiyalash uchun maqbul harorat 600oC ga tengligi isbotlangan;
regeneratsiyalangan adsorbent Al2O3 asosida yangi bifunksional Ni-Co-Mo-P/Al2O3 katalizator sintez qilingan;
katalizatorning sirt yuzasida Ni, Co va Mo metallarining orbital energiya o‘zgarishlari mos ravishda 852,5-856,7, 711,2-724,9, va 228,9-233,6 eV ga tengligi va kristall tuzilishlari bir xil geksogonal shaklga egaligi tashuvchi Al2O3  yuzasida bu aktiv komponentlarning to‘liq adsorbsiyalanganligi ilmiy asoslangan;
sintez qilingan katalizatorlarning Brenstod va Lyuis kislota markazlari nisbati 28,9 bo‘lganda sirt maydoni 275 m2/g va umumiy g‘ovak hajmi 0,52 sm3/g ekanligi gidrotozlash katalizatorlar turlariga mansub ekanligi isbotlangan;
ishlatilgan adsorbent Al2O3 asosida yangi Ni-Co-Mo-P/Al2O3 tarkibli bifunksional katalizator olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gidrotozalash jarayoni uchun ishlatilgan adsorbent Al2O3 asosida bifunksional katalizator olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlatilgan adsorbent Al2O3 asosida yangi Ni-Co-Mo-P/Al2O3 tarkibli bifunksional katalizator olish usuli “Fargo‘na neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “amaliyotga joriy qilinadigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2023 yil 07 dekabrdagi 02-03-01/196-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, namuna sifatida olingan katalizatorlarning o‘rtacha uzunligi 3,1 mm, g‘ovak hajmi 0,58 sm2/g va sirt maydoni 278 m2/g ga teng bo‘lgan Ni-Co-Mo-P/Al2O3 tarkibli bifunksional katalizator olish imkonini bergan;
ishlatilgan adsorbent Al2O3 regeneratsiyalash va unga faol Ni-Co-Mo-P komponentlarni adsorbsiyalash orqali bifunksional katalizator olish texnologiyasi “Fargo‘na neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “amaliyotga joriy qilinadigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2023 yil 07 dekabrdagi 02-03-01/196-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olingan yangi Ni-Co-Mo-P/Al2O3 tarkibli bifunksional katalizator O‘zDS 1134:2018 standarti asosida dizel yoqilg‘isini gidrotozalash uchun foydalanilgan va  tozalangan dizel yoqilg‘isi tarkibidagi oltingugurt miqdorini 1000 ppm dan 290 ppmgacha kamaytirish imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish