Turaev Laziz Shokirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbar xodimlari kompetensiyalarini baholash va ularni rivojlantirish. 22.00.03 – «Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/S79.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekmurodov Mansur Bobomurodovich sotsologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldashev Anvar Ergashovich, tarix fanlari doktori, professor. Tolibov Abdug‘affor Abdunabi o‘g‘li, sotsiologiya fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbar xodimlari kompetensiyalarini baholash tizimini takomillashtirishga doir ilmiy va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi rahbar xodimlarning tez o‘zgaruvchan holatlarda maqbul pozisiyalar va kompetensiyalariga erishishga yo‘naltirilgan klasterli samarali baholash (lavozim po‘gonalari bo‘yicha kompetensiyalar guruhlari) yondashuvi ishlab chiqilgan;
rahbar xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini amaliyot negizida simulyativ usul, ko‘p marotaba kuzatish, imitatsion va virtual trening vositalar hamda onlayn platformalar orqali boshqaruv mahoratini oshirilishi sotsiologik asoslangan;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishda risklarni boshqarish, tezkor va samarali qaror qabul qilish, strategik rejalashtirish, ijtimoiy-siyosiy va texnologik boshqaruv kompetensiyalarining samaradorlik ko‘rsatkichlariga ta’sir darajasi aniqlangan;
rahbar xodimlarning kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan besh bosqichli ijtimoiy algoritmi (ijtimoiy xavfsizlik, psixodiagnostika, risklarni boshqarish, maqbul echim topish, smart boshqaruv) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbar xodimlari kompetensiyalarini baholash va ularni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi rahbar xodimlarning tez o‘zgaruvchan holatlarda maqbul pozisiyalar va kompetensiyalariga erishishga yo‘naltirilgan klasterli samarali baholash (lavozim po‘gonalari bo‘yicha kompetensiyalar guruhlari) yondashuvining optimal variantlari ishlab chiqilganligi soha rivojida o‘zining ijobiy samarasini berishi aniqlangan, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi rahbar xodimlarning kompetensiyalarini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarining samaradorlik jihatlari takomillashtirishda faoydalanilgan. (Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosarining 2023-yil 25-noyabrdagi 5/4/30-3508-son sonli ma’lumotnomasi). Natijada baholash yandashuvi asosida xodimlarning kompetensiyalari baholanib, ularning faoliyat samaradorligini oshirishga erishilgan;
rahbar xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini amaliyot negizida simulyativ usul yordamida ko‘p marotaba kuzatish, imitatsion va virtual trening vositalar hamda onlayn platformalar orqali boshqaruv mahoratini oshirilishi sotsiologik asoslantirilishiga erishilgan, shu bilan birgalikda FVV rahbar xodimlari boshqaruv va kasbiy kompetensiyalarini baholash mexanizmining samarali usullari takomillashtirishda fodalanilgan. (Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining 2023-yil 10-maydagi 36/2-973-son ma’lumotnomasi). Natijada rahbar xodimlarning boshqaruv va kasbiy kompetensiyalarini samarali baholash imkoniyatini berishi bilan birgalikda, nazariy-metodologik va ilmiy-amaliy jihatdan samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;
rahbar xodimlarning kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan besh bosqichli ijtimoiy algoritmi (ijtimoiy xavfsizlik, psixodiagnostika, risklarni boshqarish, maqbul echim topish, smart boshqaruv) ishlab chiqilib amaliyotda foydalanilgan. (Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus vazifalar bo‘yicha Respublika qutqaruv markazi 2023-yil 5-iyundagi 6/2-1163-son ma’lumotnomasi). Natijada tizimda rahbar xodimlarnin strategik rejalashtirish, ijtimoiy-siyosiy va texnologik boshqaruv kompetensiyalarining samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishishilgan.
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishda risklarni boshqarish, tezkor va samarali qaror qabul qilish, strategik rejalashtirish, ijtimoiy-siyosiy va texnologik boshqaruv kompetensiyalarining samaradorlik ko‘rsatkichlariga ta’sir darajasini aniqlash amaliyotida foydalanilgan. (Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus vazifalar bo‘yicha Respublika qutqaruv markazi 2023-yil 5-iyundagi 6/2-1163-son ma’lumotnomasi). Natijada tizimda faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirilgan holda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishda risklarni boshqarish, tezkor va samarali qaror qabul qilish imkonini bergan.