Raxmonqulov Jonibek Murotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat korxonalari faoliyatini innovatsiyalar asosida samarali rivojlantirish yo‘llari», 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1566
Ilmiy maslahatchi: Xusainov Ravshan Raximovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Samatov G‘affor Allakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saitkamolov Muxammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya inistituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘mir sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yashil iqtisodiyotga ko‘ra ko‘mir sanoatini jadal rivojlantirishda energiya tejamkor texnologiyalar asosida asosiy vositalarni modernizatsiyalash, mahsulotlar turlarini (koalin, chinni-fayans sanoati uchun xom ashyo, organik o‘g‘itlar, briketlangan ko‘mir) kengaytirish, ekologik xavfsiz, quyi navli yoqilg‘ilar qo‘ng‘ir ko‘mir va slanes bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning ustuvorligi asoslangan;
ko‘mir qazib chiqarish hajmini mahsulot qazib chiqarish jarayonida PESTEL modeliga ko‘ra maqbullashtirish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilishda 6 ta elementlar tarkibini to‘liq tanlash asosida ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘laroq foydalanish negizida oshirish asoslangan;
ko‘mir sanoatida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash faoliyat unumdorligini belgilovchi asosiy omilligi asoslanib, korxonalarning innovatsion salohiyatini darajali (yuqori, o‘rta, past) baholash, innovatsion salohiyatni ustuvor rivojlantirish yo‘nalishlarini asoslash va shunga ko‘ra innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish bo‘yicha taklif va rejalar ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi asosalangan
innovatsion faoliyat samaradorligini oshirishni e’tiborga olgan holda Angren ko‘mir koni korxonasini rivojlantirishning 2023-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalari faoliyatini innovatsiyalar asosida samarali rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
yashil iqtisodiyotga ko‘ra ko‘mir sanoatini jadal rivojlantirishda energiya tejamkor texnologiyalar asosida asosiy vositalarni modernizatsiyalash, mahsu-lotlar turlarini (koalin, chinni-fayans sanoati uchun xom ashyo, organik o‘g‘itlar, briketlangan ko‘mir) kengaytirish, ekologik xavfsiz, quyi navli yoqilg‘ilar qo‘ng‘ir ko‘mir va slanes bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning ustuvorligi taklifi “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ishlab chikarish amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekko‘mir” AJning 2023 yil 18 dekabrning 01-13/772-sonli ma’lumotnomasi). Taklif “O‘zbekko‘mir” AJ xarajatlarini muqobillashtirish hisobiga QQSsiz daromad ko‘rsatkichi 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 3,7%ga oshirish uchun muayyan darajada xizmat qilgan;
ko‘mir qazib chiqarish hajmini mahsulot qazib chiqarish jarayonida PESTEL modeliga ko‘ra maqbullashtirish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilishda 6 ta elementlar tarkibini to‘liq tanlash asosida ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘laroq foydalanish negizida oshirish bo‘yicha taklif Angren ko‘mir koni korxonasi amaliyotiga joriy qilinga (“O‘zbekko‘mir” AJning 2023 yil 18 dekabrdagi 01-13/772-sonli ma’lumotnomasi). Taklif korxonaning iqtisodiy samaradorligini 2022 yilga nisbatan 2023 yilda 2.8 %ga va ishlab chiqarish quvvatini 2022 yilga nisbatan 2023 yilda 2.8 %ga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
ko‘mir sanoatida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash faoliyat unumdor-ligini belgilovchi asosiy omilligi asoslanib, korxonalarning innovatsion salohiyatini darajali (yuqori, o‘rta, past) baholash, innovatsion salohiyatni ustuvor rivojlantirish yo‘nalishlarini asoslash va shunga ko‘ra innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish bo‘yicha taklif va rejalar ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif Angren ko‘mir koni korxonasi amaliyotiga joriy ilingan (“O‘zbekko‘mir” AJning 2023 yil 18 dekabrdagi 01-13/772-sonli ma’lumotnomasi). Taklif innovatsion rivojlanish holatini ob’ektiv baholash, maqsadli chora-tadbirlarni istiqbol maqsadlarga ko‘ra shakllantirish imkoniyat-larini kengaytirishga hamda korxona ishlab chiqarish samaradorligini (rentabellik asosida) 3,3 foizga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
innovatsion faoliyat samaradorligini oshirishni e’tiborga olgan holda Angren ko‘mir koni korxonasini rivojlantirishning 2023-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif mazkur korxona faoliyatini istiqbolda rivojlantirishni asoslashda foydalanilgan (“O‘zbekko‘mir” AJning 2023 yil 18 dekabrdagi 01-13/772-sonli ma’lumotnomasi). Taklif Angren ko‘mir koni korxonasining ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanish va innovatsion chora-tadbirlarga ko‘ra istiqbolda ishlab chiqarishdagi foyda hajmini 3,2 foizga oshirishga muayyan darajada xizmat qitlgan.