Adilchaev Bahadir Polatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qishloq joylarda agroturizmni rivojlantirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” va 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2111.
Ilmiy rahbar: Norchaev Asatullo Norbo‘taevich, iqtisodiuot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Mirzaev Batir Jienbaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq joylarida agroturizmni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘istonning boy tabiati, madaniy merosi va tarixiy-arxeologik majmualarining agroturistik samaradorligini oshirishda ustuvor darajada qishloqlar ekzotik obektlarini (gujum teraklar, tutzorlar, jiydazorlar, hovuzlar va b.) pasportlashtirish va ularni maqsadli turistik marshrutlarga kiritish va chorvachilik, baliqchilik, ovchilik bilan shug‘ullanuvchi uylarni agroturizm xizmatlariga jalb qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
agroturizmni samarali tashkil qilishda qishloq mehmon uylarini jadal tashkil qilish, bir kundan ortiq xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishda aholi yashash tarziga ko‘ra turistik marshrutlarni ishlab chiqish, turobektlarga eltuvchi yo‘llar bo‘yida xizmat ko‘rsatish infratuzilmalarini DXSh negizida rivojlantirish kabi mexanizmlar asoslangan;
sohani rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy omillari, ichki zaxira va imkoniyatlar, shart-sharoitlar hamda agroturizmni istiqbolda rivojlantirishga ko‘ra mintaqaning janubiy, markaziy va shimoliy tumanlarida joylashgan fermer xo‘jaliklarida agroturizm xizmatlarini jadal tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqaning o‘ziga xos madaniyati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyasiga ko‘ra agroturizm turlari va shakllanishining o‘zaro bog‘liqligi asosida agroturizm assosiasiyasini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida agroturizmni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
Qoraqalpog‘istonning boy tabiati, madaniy merosi va tarixiy-arxeologik majmualarining agroturistik samaradorligini oshirishda ustuvor darajada qishloqlar ekzotik obektlarini (gujum teraklar, tutzorlar, jiydazorlar, hovuzlar va b.) pasportlashtirish va ularni maqsadli turistik marshrutlarga kiritish va chorvachilik, baliqchilik, ovchilik bilan shug‘ullanuvchi uylarni agroturizm xizmatlariga jalb qilishning maqsadga muvofiqligi takliflari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining ish faoliyatida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 24-maydagi №03-12-17-3265-son hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasining 2024-yil 8-yanvardagi 0109/04-19-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflar agroturizmni samarali rivojlantirish barobarida mehmon uylari faoliyatini maqsadli tashkil qilish bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirish, oilalar turmush sharoitini yaxshilash, agroturizmni ommalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, hududlar infratuzilmasini muvofiq holda rivojlantirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
agroturizmni samarali tashkil qilishda qishloq mehmon uylarini jadal tashkil qilish, bir kundan ortiq xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishda aholi yashash tarziga ko‘ra turistik marshrutlarni ishlab chiqish, turobektlarga eltuvchi yo‘llar bo‘yida xizmat ko‘rsatish infratuzilmalarini DXSh negizida rivojlantiirsh kabi mexanizmlardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan istiqbolda turizmni rivojlantirishning hududiy dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda Qoraqalpog‘iston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 24-maydagi 03-12-17-3265-son hamda Qoraqalpog‘iston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2024-yil 9-yanvardagi 01/03-15-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif xorijiy tajriba (Tunis, Rossiya, XXR va b.)dan samarali foydalanish, qishloq joylarida va tabiiy-rekreatsion hududlar atrofida yangi turistik mahsulotlarni ishlab chiqish ishlari samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
sohani rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy omillari, ichki zaxira va imkoniyatlar, shart-sharoitlar hamda agroturizmni istiqbolda rivojlantirishga ko‘ra mintaqaning janubiy, markaziy va shimoliy tumanlarida joylashgan fermer xo‘jaliklarida agroturizm xizmatlarini jadal tashkil qilish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan istiqbolda turizmni rivojlantirishning hududiy dasturini ishlab chiqishda va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 24-maydagi 03-12-17-3265-son va Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2024-yil 8-yanvardagi 01/10-01-son ma’lumotnomalari). Takliflar mintaqaning janubiy, markaziy va shimoliy tumanlarida fermer xo‘jaliklari imkoniyatlarini turistik ishlab chiqarishga jalb qilgan holda agroturizm xizmatlari hajmini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mintaqaning o‘ziga xos madaniyati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyasiga ko‘ra agroturizm turlari va shakllanishining o‘zaro bog‘liqligi asosida agroturizm assotsiatsiyasini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan istiqbolda turizmni rivojlantirishning hududiy dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda Qoraqalpog‘iston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 24-maydagi 03-12-17-3265-son, Qoraqalpog‘iston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2024-yil 9-yanvardagi 01/03-15-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif qoraqalpoq milliy madaniyati, urf-odatlarini qamrab olgan baxshilar festivali va milliy to‘ylar kabi tadbirlarni tashkil qilishda e’tiborga olinishi xorijiy turistlar oqimining ortishiga muayyan darajada xizmat qilgan.