Xomidjonov Umidjon Tolibjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston maktab ta’limi tizimida inson kapitalini rivojlantirishning sotsiologik tahlili» 22.00.03 – «Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2023.2.PhD/S106.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xusanova Xayriniso Tayirovna sotsiologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Rasmiy opponentlar: sotsiologiya fanlari doktori, professor Umarov Absalom Adilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor Hayitov Oybek Eshboevich
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda maktab ta’limi tizimini takomillashtirish imkoniyatlarini sotsiologik tadqiq etish orqali inson kapitalini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
an’anaviy yondashuvga xos, yodlashga yo‘naltirilgan fabrikacha ta’lim texnologiyalari o‘rniga, o‘quvchilarda mantiqiy tafakkur va tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi shaxsga yo‘naltirilgan fenomenologik ta’lim modelini qo‘llashning samaradorligi va afzalliklari sotsiologik asoslantirgan;
maktab ta’limini kompleks rivojlantirishda vakolatli boshqaruv tizimini qo‘llash orqali ta’lim sifatini oshirishga va ta’lim sifatini baholovchi xalqaro reytinglarda O‘zbekistonni egallab turgan pozisiyasini yaxshilashga erishilishi ilmiy dalilangan;
o‘quvchilarga ta’lim berishda samarali muloqot qobiliyatlari, kreativ fikrlash, (ijodiy yaratuvchanlik) tashabuskorlik, vaqtni boshqarish, media savodxonlik, natijadorlik, moslashuvchan tafakkur kabi zamonaviy kompetensiyalarni shaklantiruvchi yangi ta’lim metodlarini smart texnologiyalar orqali maktab o‘quv dasturlariga singdirish inson kapitalini rivojlantirishga erishilishi asoslangan;
davlat tasarufidagi maktablar, xususiy va Prezident maktablarining ta’lim metodikalari orqali integratsiyalanishi, maktab ta’limida inson kapitalini rivojlantirishga erishilishi sotsiologik asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. an’anaviy yondashuvga xos, yodlashga yo‘naltirilgan fabrikacha ta’lim texnologiyalari o‘rniga, o‘quvchilarda mantiqiy tafakkur va tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi shaxsga yo‘naltirilgan fenomenologik ta’lim modelini qo‘llashning samaradorligi va afzalliklari sotsiologik asoslantirganligi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining faoliyatiga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligining 2023-yil 17 avgust- dagi 04-02/3-787-sonli dalolatnomasi). Natijada zamonaviy kompetensiyalarni o‘rgatish imkonini bergan;
maktab ta’limini kompleks rivojlantirishda vakolatli boshqaruv tizimini qo‘llash orqali ta’lim sifatini oshirishga va ta’lim sifatini baholovchi xalqaro reytinglarda O‘zbekistonni egallab turgan pozisiyasini yaxshilashga erishilishi ilmiy dalilanganligidan Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 5 iyundagi 4-13-21-1530 son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida belgilab berilgan vazifalar, yangi zamon kadrlarini tayyorlash, yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash, ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning mukammal ta’lim olishini ta’minlashga doir vazifalarini samarali amaga oshirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarga ta’lim berishda samarali muloqot qobiliyatlari, kreativ fikrlash, (ijodiy yaratuvchanlik) tashabuskorlik, vaqtni boshqarish, media savodxonlik, natijadorlik, moslashuvchan tafakkur kabi zamonaviy kompetensiyalarni shaklantiruvchi yangi ta’lim metodlarini smart texnologiyalar orqali maktab o‘quv dasturlariga singdirish inson kapitalini rivojlantirishga erishilishi asoslanganligi “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan “O‘zbekiston fuqarolarining qadriyat mezonlari va tamoyillari” mavzusida o‘tkazilgan chuqurlashtirilgan intervyu shaklidagi sotsiologik so‘rovda foydalanilgan. (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi 2023-yilning 14 iyunidagi 04/00-417-son dalolatnoma). Natijada ushbu loyiha doirasida foydalanilgan sotsiologik tadqiqotlar so‘rovnomasi yoshlarda XXI asrga hos bo‘lgan zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirishga oid savollar bilan boyitilgan va uning natijalari tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantirishga xizmat qilgan.
davlat tasarufidagi maktablar, xususiy va Prezident maktablarining ta’lim metodikalari orqali integratsiyalanishi, maktab ta’limida inson kapitalini rivojlantirishga erishilishi sotsiologik asoslantirilganligi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘alikni qisqartirish va bandlik vazirligining faoliyatiga tatbiq qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘alikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2023-yil 24 iyundagi 01/00-04/08-5541-sonli dalolatnoma). Natijada Respublika va hududlarda o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlarini monitoring qilishga qaratilgan baholash tizimi davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyatida funksional vazifalarini mas’uliyat bilan bajarish, normativ-huquqiy hujjatlarni joriy etishda manbaa sifatida xizmat qilgan.