Safarov Jasur Alijon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yoqilg‘i distillyatlarini olish uchun ishlatilgan motor moylarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2349.
Ilmiy rahbar: Hayitov Ruslan Rustamjonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayberdiev Absalom Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, professor; To‘raev Tolib Bozorovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: motor yoqilg‘ilari distillyatlarini olish uchun ishlatilgan chiqindi motor moylarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlatilgan motor moyini uning tarkibidagi mexanik zarrachalardan gidrotsiklonda markazdan qochma kuch ta’sirida tozalashning xomashyo tezligi – 15-25 m/s, harorat – 600C, vaqt – 90 min. ga teng bo‘lgan maqbul rejimi ishlab chiqilgan;
ishlatilgan motor moyidan atmosfera bosimida haydash yo‘li bilan maksimum 61% mass. gacha yoqilg‘i distillyatlarini olish mumkinligi va kimyoviy tarkibi bo‘yicha yoqilg‘i komponentlaridan iboratligi ilmiy asoslangan;
sanoat adsorbenti silikagel KCKning yoqilg‘i komponentlari, ya’ni aromatik uglevodorodlarga nisbatan adsorbsiyalash sig‘imi maksimum 2,55% ga tengligi aniqlangan va bu adsorbent aromatik uglevodorodlarga nisbatan selektivligi asoslangan;
SolidWorks dasturida ishlatilgan motor moyini atmosfera bosimida haydab, yoqilg‘i distillyatlarini olish jarayonining asosiy qurilmasi rektifikatsiya kalonnasining loyihasi ishlab chiqilgan;
quvvati 40000 t/yil bo‘lgan ishlatilgan motor moyini qayta ishlab, yoqilg‘i distillyatlarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yoqilg‘i distillyatlarini olish uchun ishlatilgan motor moylarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlatilgan motor moylarini atmosfera bosimida haydash orqali yoqilg‘i distillyatlarini olish usuli “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2024-2026 yillardagi amaliyotga joriy qilinadigan istiqbolli rejalariga kiritilgan (“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2024 yil 07 oktyabrdagi 26-26/3960-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlatilgan motor moyidan maksimum 61% mass.gacha yoqilg‘i distillyati olish imkonini bergan;
ishlatilgan motor moylarini atmosfera bosimida haydash va qolgan qoldiqdan yoqilg‘i komponentlarini adsorbent silikagel KSK yordamida ajratib olish orqali yoqilg‘i distillyatlarini olish texnologiyasi “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2024-2026 yillardagi amaliyotga joriy qilinadigan istiqbolli rejalariga kiritilgan (“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2024 yil 07 oktyabrdagi 26-26/3960-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlatilgan motor moyidan 61% mass. gacha va adsorbent silikagel KSK yordamida qoldiq moydan yana 8 % mass. gacha yoqilg‘i distillyati  olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish