Alijonov Ibroximjon Rustamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasining huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.14 “Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Yu836.
Ilmiy rahbar: Selimanova Svetlana Mixaylovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.07.2024.Yu.74.03 qoshidagi Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Turg‘unov Oybek Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor; Sharipov Sanjar Sobirovich, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jamoat xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamoat xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, konsitusiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni taqazo etganda, ommaviy tartibsizliklarni oldini olish va bartaraf etish, shuningdek favqulotda holat davrida huquqiy rejimni ta’minlash maqsadida inson huquq va erkinliklarini zarur bo‘lgan doirada cheklashi mumkinligi Konstitusiyada belgilanishi lozimligi asoslantirilgan;
shaxslarning axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqi faqat qonuniy asoslarga ko‘ra favqulotda holat davrida konsitusiyaviy tuzumni himoya qilish, jamoat xavfsizligi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan doirada Konstitusiyaga asosan cheklanishi mumkinligi asoslab berilgan;
madaniyat, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obektlarida tashrif buyuruvchilar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida ushbu obektlardagi ishchi xodimlar va transport vositalarini ko‘zdan kechirish, ko‘rikdan o‘tkazish vazifalarini Qo‘riqlash bo‘linmalarining xizmat majburiyatlariga kiritish lozimligi asoslantirilgan;
ko‘chalarda, maydonlarda, istirohat bog‘larida, hiyobonlarda, bozorlarda, shuningdek ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan joylarda fuqarolarning xavsizligini ta’minlash, potensial tahdidlarni oldini olish, xavf-hatarlarni minimallashtirish maqsadida Qo‘riqlash-patrul xizmati naryadiga jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash majburiyatini yuklash lozimligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
jamoat xavfsizligini ta’minlashning konstitusiyaviy-huquqiy asoslarini yaratish maqsadida, inson huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq, konsitusiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish bilan birga jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkinligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitusiyasining 21-moddasi uchinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 19-sentyabrdagi 04/2-09/3574-son dalolatnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi mamlakatimizda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlashning konstitusiyaviy-huquqiy asoslarini yaratilishiga xizmat qilgan.
shaxslarning axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqini faqat jamoat tartini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash zarurati tufayli cheklash mumkinligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitusiyasining 33-moddasi to‘rtinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 19-sentyabrdagi 04/2-09/3574-son dalolatnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi shaxslarning axborotni izlash, olish va tarqatishga oid huquqini tartibga solinishida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ijtimoiy munosabatlar ham inobatga olinishiga xizmat qilgan.
madaniyat, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obektlarini qo‘riqlashni tashkil etishda Qo‘riqlash bo‘linmalarining faoliyatiga obektlarda bo‘lgan tashrif buyuruvchilar xavfsizligini ta’minlash, ishchi xodimlar va transport vositalarini ko‘zdan kechirish, ko‘rikdan o‘tkazish vazifalarini kiritish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-apreldagi PQ-155-son Qarori bilan tasdiqlangan “Madaniyat, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obektlarini qo‘riqlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaning 5-bandi 2 va 3-xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2024-yil 7-iyundagi 5079/B-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi Qo‘riqlash bo‘linmalarining madaniyat, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obektlarida jamoat xavfsizligi ta’minlash sohasidagi vakolatini huquqiy jihatdan tartibga solinishiga xizmat qilgan;
Qo‘riqlash-patrul xizmati naryadiga ko‘chalarda, maydonlarda, istirohat bog‘larida, hiyobonlarda, bozorlarda, shuningdek ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan joylarda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash majburiyatini yuklash to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining qo‘riqlash-patrul xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 565-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 27-bandi 3 va 4-xatboshilarini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2024-yil 1-iyundagi 4914/B-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash xizmatining jamoat xavfsizligi ta’minlashdagi rolini huquqiy jihatdan oshirishga xizmat qilgan.