Maxmudova Feruza Axmadjonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Geksen izomerlari asosida kislorodli va azotli birikmalar olish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/K57.

Ilmiy rahbar: Maksumova Oyto‘ra Sitdikovna, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

Rasmiy opponentlar: Magrupov farxod Asadullaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: geksen izomerlari asosida kislorod va azot saqlovchi birikmalarni olish usullarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining geksen izomerlari tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;

ajratib olingan individual olefinlarning formal`degid bilan reaksiyasi asosida to‘yinmagan spirtlar olingan;

akril va sirka kislotalar asosida yangi murakkab efirlar olish jarayonlari, eterifikatsiya jarayoniga va hosil bo‘luvchi murakkab efirlarning xususiyatiga harorat va olefinlar tabiatining ta’siri aniqlangan;

olefin uglevodorodlari va monoxlorsirka kislota asosida olingan izogeksilmonoxloratsetatni uchlamchi aminlar bilan kvaternizatsiya reaksiyasi yordamida to‘rtlamchi ammoniy tuzlarining olinish jarayoni aniqlangan;

olingan mahsulotlar korroziyaga qarshi ingibitorlar va moylarning qovushqoqlik indeksini oshiruvchi qo‘shimchalar sifatida ishlatilishi isbotlangan;

geksen izomerlari asosida kislorodli va azotli birikmalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Geksen izomerlari bilan akril kislotaning eterifikatsiya reaksiyalari yordamida murakkab efirlar olish usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

akril kislota geksil efirlari olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining patenti olingan (№IAP 05426, 2017y.). Natijada qovushqoqlik indeksini oshiruvchi yangi prisadka olish imkonini bergan;

geksen izomerlari asosida olingan korroziya ingibitorlari «Maxam-CHIRCHIQ» AJda amaliyotga joriy etilgan («Maxam-CHIRCHIQ» AJning 2018 yil 15 avgustdagi
20-2/227-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijdan olib kelinadigan korroziya ingibitorlarini 15%ga kamaytirish imkonini bergan;

geksen izomerlari asosida kislorodli va azotli birikmalar olish texnologiyasi «Navoiazot» AJda «2019-2022 yillarda amaliyotga joriy etish rejasi»ga kiritilgan («Oʻzkimyosanoat» AJning 2018 yil 5 iyundagi 01/3-2349/A-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida korroziya ingibitorlarini ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish