Abdullaeva Nilufar Ikrombekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘smirlar va yoshlarda parodont kasalliklarini klinik va funksional baholash hamda ularni erta tashxislash», 14.00.21- Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib386.
Ilmiy rahbar: Axmedov Alisher Astanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Nodira Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Belenova Irina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Smolensk Davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: balog‘at yoshidagi shaxslarda parodont to‘qima kasalliklarining kechishini klinik xususiyatlari, mikrobiologik va immunologik ko‘rsatkichlarini o‘rganish orqali ularni davolash va oldini olish samaradorligini oshirish hamda klinik va laborator tadqiqotlar asosida kompleks terapiyani asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor balog‘at yoshidagi shaxslarda parodont to‘qimasi kasalliklarining tarkalishi patogentik mexanizmlari, intensivligi va ushbu kasallikning xavf guruhlari mezonlari asoslangan;
ilk bor balog‘at yoshidagi parodont to‘qima kasalliklariga chalingan bemorlarda og‘iz suyuqligida aerob va anaerob mikroflora kupayishi xisobiga mikrobiotsenoz disbalansi kuzatilishi va buning natijasida OBShPning kolonizatsion rezistentligi buzilishi aniklangan;
parodont to‘qima kasalliklari bilan kasallangan balog‘at yoshidagi bemorlarning qon zardobida hujayraviy immunitet kursatkichlari jumladan, CD3-limfotsitlar 19,28–23,88% ga, CD22-limfotsitlar 1,08–3,6% ga va CD8-limfotsitlar 1,5–5,2% ga kamayishi xamda sitokin profili kursatkichlari: IFN-γ - 1,5 marotaba, IL-1 - 1,37-1,69 marotaba, IL-2a – 1,28 marotaba, TNF-α: 1,9-2,37 marotaba, va yallig‘lanishning o‘tkir bosqichi oqsillari 1,93-4,3 marotabaga oshishi ilmiy isbotlangan;
balog‘at yoshidagi parodont to‘qima kasalliklariga chalingan bemorlarni parodont to‘qimasidagi distrofik-yallig‘lanishli zararlanishlarning dastlabki davrida mahalliy va umumiy ta’sirdagi patogenetik yo‘naltirilgan takomilashtirilgan sxema asosida davolash samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 15.07.2024 yildagi 3-sonli yig‘ilish bayonnomasi asosan:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor balog‘at yoshidagi shaxslarda parodont to‘qimasi kasalliklarining tarkalishi patogentik mexanizmlari, intensivligi va ushbu kasallikning xavf guruhlari mezonlari asoslangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, O‘zbekistonda balog‘at yoshidagi bemorlar orasida parodont kasalliklarining tarqalishi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, SamDTU Ko‘p tarmoqli klinikasining 29.12.2023 yildagi 154-sonli buyrug‘i, Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasining 29.12.2023 yildagi 127-sonli buyrug‘i, 29.12.2023 yildagi 20-12/154-sonli buyruq bilan, Toshkent shaxar mirzo ulug‘bek tumani tibbiyot birlashmasi 3 sonli bolalar stomatologiya poliklinikasining 28.12.2023 yildagi 61/62-sonli buyrug‘lari bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 15.07.2024 yildagi 3-sonli №03/06 yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi STP ni erta aniqlashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi olingan tadqiqot natijalari markyor sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan klinik laborator ko‘rsatkichlarni o‘rganishdan iborat. Shu bilan birga tibbiy stomatologik ko‘rik davolashga muxtojlarni erta aniqlash va nazoratga olish imkonini berad amaliyotini qo‘llash davolash sarf-harajatlaridan 400000 so‘m tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: STP immunologik va mikrobiologik jihatlari va davolashini hisobga olgan holda erta tashxislashdan iborat samaradorligi asosida "Immunologicheskie aspekti patogeneza gingivita i parodontita " nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspertlar kengashining 01.05.24 y.da 75-son bilan tasdiqlangan). Ushbu uslubiy tavsiya parodont kasalligining immunologik jihatlari va davolashini hisobga olgan holda erta tashxislashdan iborat samaradorligini oshirishga imkon beradi
ikkinchi ilmiy yangilik. ilk bor balog‘at yoshidagi parodont to‘qima kasalliklariga chalingan bemorlarda og‘iz suyuqligida aerob va anaerob mikroflora kupayishi xisobiga mikrobiotsenoz disbalansi kuzatilishi va buning natijasida OBShPning kolonizatsion rezistentligi buzilishi aniklangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu toifadagi shaxslarda parodont kasalliklarining rivojlanishiga ta’sir etuvchi mikrobiologik jihatlar; parodont kasalliklari bilan kasallangan balog‘at yoshidagi shaxslarda immunologik xususiyatlar aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, SamDTU Ko‘p tarmoqli klinikasining 29.12.2023 yildagi 154-sonli buyrug‘i, Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasining 29.12.2023 yildagi 127-sonli buyrug‘i, 29.12.2023 yildagi 20-12/154-sonli buyruq bilan, Toshkent shaxar mirzo ulug‘bek tumani tibbiyot birlashmasi 3 sonli bolalar stomatologiya poliklinikasining 28.12.2023 yildagi 61/62-sonli buyrug‘lari bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 15.07.2024 yildagi 3-sonli №03/06 yig‘ilish bayonnomasi). Iqtisodiy samaradorligi olingan tadqiqot natijalari markyor sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan klinik laborator ko‘rsatkichlarni o‘rganishdan iborat. Shu bilan birga tibbiy stomatologik ko‘rik davolashga muxtojlarni erta aniqlash va nazoratga olish imkonini berad amaliyotini qo‘llash davolash sarf-harajatlaridan 400000 so‘m tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: STP immunologik va mikrobiologik jihatlari va davolashini hisobga olgan holda erta tashxislashdan iborat samaradorligi asosida "Immunologicheskie aspekti patogeneza gingivita i parodontita" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspertlar kengashining 01.05.24 y.da 75-son bilan tasdiqlangan). Ushbu uslubiy tavsiya parodont kasalligining immunologik jihatlari va davolashini hisobga olgan holda erta tashxislashdan iborat samaradorligini oshirishga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: parodont to‘qima kasalliklari bilan kasallangan balog‘at yoshidagi bemorlarning qon zardobida hujayraviy immunitet kursatkichlari jumladan, CD3-limfotsitlar 19,28–23,88% ga, CD22-limfotsitlar 1,08–3,6% ga va CD8-limfotsitlar 1,5–5,2% ga kamayishi xamda sitokin profili kursatkichlari: IFN-γ - 1,5 marotaba, IL-1 - 1,37-1,69 marotaba, IL-2a – 1,28 marotaba, TNF-α: 1,9-2,37 marotaba, va yallig‘lanishning o‘tkir bosqichi oqsillari 1,93-4,3 marotabaga oshishi ilmiy isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, balog‘at yoshidagi shaxslarda parodont kasalliklari kechishining klinik xususiyatlari, parodont kasalliklari bilan kasallangan balog‘at yoshidagi shaxslarda immunologik va mikrobiologik o‘zgarishlar. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, SamDTU Ko‘p tarmoqli klinikasining 29.12.2023 yildagi 154-sonli buyrug‘i, Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasining 29.12.2023 yildagi 127-sonli buyrug‘i, 29.12.2023 yildagi 20-12/154-sonli buyruq bilan, Toshkent shaxar mirzo ulug‘bek tumani tibbiyot birlashmasi 3 sonli bolalar stomatologiya poliklinikasining 28.12.2023 yildagi 61/62-sonli buyrug‘lari bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 15.07.2024 yildagi 3-sonli №03/06 yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: STPni davolashda uzoq muddatli terapevtik natija berishi bilan samaralidir va bemorlarning klinikaga qatnovlari sonining kamayishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: Olingan tadqiqot natijalari ko‘ra parodontologik indekslar yordamida va immunologik markerlar qo‘langan xolda STP bilan kasalangan bemorlarda davolashga muxtojlaligini erta aniqlash va nazoratga olish imkonini beradi, shu bilan davolash sarf-harajatlaridan 400000 so‘m tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: STPni davolashda parodontologik indekslar yordamida kasalikni erta aniqlash va davolash amaliyoti samaradorligi asosida "Sovremennie metodi diagnostiki zabolevaniy parodonta" nomli uslubiy tavsiyanomasi (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspertlar kengashining 01.05.24 y.da 76-son bilan tasdiqlangan). Ushbu tavsiyalar stomatologlarga o‘smirlar va yoshlarda parodont to‘qimasidagi kasalliklarni sifatli va erta tashxislashning zamonaviy yondashuvlari haqida ma’lumot beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: balog‘at yoshidagi parodont to‘qima kasalliklariga chalingan bemorlarni parodont to‘qimasidagi distrofik-yallig‘lanishli zararlanishlarning dastlabki davrida mahalliy va umumiy ta’sirdagi patogenetik yo‘naltirilgan takomilashtirilgan sxema asosida davolash samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: parodont kasalliklari bilan kasallangan balog‘at yoshidagi shaxslarda immunologik va mikrobiologik o‘zgarishlar; ushbu toifadagi shaxslarda parodont kasalliklarini tavsiya etilayotgan davolash sxemasi batafsil tavsiflangan va keltirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, SamDTU Ko‘p tarmoqli klinikasining 29.12.2023 yildagi 154-sonli buyrug‘i, Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasining 29.12.2023 yildagi 127-sonli buyrug‘i, 29.12.2023 yildagi 20-12/154-sonli buyruq bilan, Toshkent shaxar mirzo ulug‘bek tumani tibbiyot birlashmasi 3 sonli bolalar stomatologiya poliklinikasining 28.12.2023 yildagi 61/62-sonli buyrug‘lari bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 15.07.2024 yildagi 3-sonli №03/06 yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: STPni davolashda uzoq muddatli terapevtik natija berishi bilan samaralidir va bemorlarning klinikaga qatnovlari sonining kamayishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan tadqiqot natijalari ko‘ra parodontologik indekslar yordamida va immunologik markerlar qo‘langan xolda STP bilan kasalangan bemorlarda davolashga muxtojlaligini erta aniqlash va nazoratga olish imkonini beradi, shu bilan davolash sarf-harajatlaridan 400000 so‘m tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: STPni davolashda parodontologik indekslar yordamida kasalikni erta aniqlash va davolash amaliyoti samaradorligi asosida"Sovremennie metodi diagnostiki zabolevaniy parodonta" nomli uslubiy tavsiyanomasi (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspertlar kengashining 01.05.24 y.da 76-son bilan tasdiqlangan). Ushbu tavsiyalar stomatologlarga o‘smirlar va yoshlarda parodont to‘qimasidagi kasalliklarni sifatli va erta tashxislashning zamonaviy yondashuvlari haqida ma’lumot beradi.