Alimov Jaloliddin Usmonxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Prostata bezi saratonida komorbid urologik patologiyaning kuzatuv terapiyasiga mul`tidissiplinar yondashuv» 14.00.14 – Onkologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2PhD/Tib3649.
Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammedaminov Shuxrat Karimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: prostata bezi saratonida giperfaol qovuq sindromi bo‘lgan bemorlarda davolash natijalari va hayot sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prostata bezi saratonida “faol qovuq sindromini” davolashda androgen deprivatsion terapiya jismoniy mashqlar bilan siydiq qopi qoniqarli qiskarishi hisobiga qo‘llanishi asoslangan;
prostata bezi saratoni kompleks terapiyada urofloumetrik va sistometrik parametrlarlar dinamikasi asosida 3 bosqichli terapiya qo‘llanishi isbotlangan;
prostata bezi saratoni davolashda 2 darajadagi tana vazni indeksi va past jismoniy xarakatlanishi, kimyoterapiya ta’siri cheklanishi xisobiga salbiy prognostik omillar ekanligi isbotlangan;
prostata bezi saratoni davolashda urofluometrik va sistometrik ko‘rsatkichlarning dinamikasi asosida tizimli deprivatsion va immuno target terapiyani qo‘llash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Prostata bezi saratonida komorbid urologik patologiyaning kuzatuv terapiyasiga mul`tidissiplinar yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: prostata bezi saratonida “faol qovuq sindromini” davolashda androgen deprivatsion terapiya jismoniy mashqlar bilan siydiq qopi qoniqarli qiskarishi hisobiga qo‘llanishi asoslangan; Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali 19.06.2024-yildagi 65-sonli buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan  (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 26.08.2024 yildagi 5-son guvohnomasi). Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali 19.06.2024-yildagi 7- sonli buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 26.08.2024 yildagi 5-son guvohnomasi)  Ijtimoiy samaradorligi: davoning samaradorligini va ushbu toifadagi bemorlarning eng yaxshi davolash natijalarini ta’minlash uchun terapevtik choralarni yanada kuzatish va sozlash zarurligini ko‘rsatadi. 6 oylik terapiyadan keyingi ma’lumotlarni dastlabki natijalar va qisqa muddatlardan keyingi natijalar bilan taqqoslab, ikkala guruhdagi simptomlar darajasida sezilarli yaxshilanishni qayd etishimiz mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: to‘liq bo‘shanmaslik alomatlari bo‘lmagan bemorlarning ulushi  1-guruhda 36,9% dan 53,8% gacha va 2-guruhda 23,6% dan 36,4% gacha o‘sdi. Ushbu natijalar terapiyaning ushbu toifadagi bemorlarda urodinamik buzilishlar belgilariga davomli va ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Xulosa: ma’lumotlarni tahlil qilish nazorat guruhi va qovuqning giperfaol terapiyasiz androgen deprivativ terapiya  guruhiga nisbatan asosiy guruh bemorlarida prostata o‘ziga xos antigeni  darajasining sezilarli darajada pasayishini ko‘rsatdi. Shuningdek, asosiy guruhdagi bemorlarda prostata hajmining sezilarli pasayishi kuzatildi, bu qo‘llaniladigan kompleks terapiyaning yuqori samaradorligini ko‘rsatadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: prostata bezi saratoni kompleks terapiyada urofloumetrik va sistometrik parametrlarlar dinamikasi asosida 3 bosqichli terapiya qo‘llanishi isbotlangan; Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali 19.06.2024-yildagi 65-sonli buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan  (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 26.08.2024 yildagi 5-son guvohnomasi). Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali 19.06.2024-yildagi 7- sonli buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan  . (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 26.08.2024 yildagi 5-son guvohnomasi)  Ijtimoiy samaradorligi: prostata bezi saratoni va qovuqning giperfaol sindromi bo‘lgan bemorlarda terapiya boshlanishidan oldin va 1, 3 va 6 oylik terapiyadan so‘ng urofloumetrik parametrlarni o‘rganish urologik tizimning dastlabki funksional holatini barcha guruhlarda solishtirish mumkinligini ko‘rsatdi. Iqtisodiy samaradorligi: ma’lumotlar urologik ko‘rsatkichlarni uzoq muddatli monitoring qilish muhimligini va vaqt o‘tishi bilan terapiya natijalarining samaradorligi va barqarorligini baholash uchun keyingi tadqiqotlar zarurligini ta’kidlaydi.Umuman olganda, tadqiqot davolash samaradorligini baholashda urofloumetrik parametrlarni tahlil qilish va ushbu holatlardagi bemorlarga individual yondashuvlarni o‘rnatish muhimligini ko‘rsatdi. Prostata bezi saratoni va qovuq giperfaol bo‘lgan bemorlarda urodinamik parametrlarni o‘rganish doirasida uretral funksiyani, detruzor faolligini va peshob chiqarish tizimining umumiy funksiyasini har tomonlama baholash amalga oshirildi. .Xulosa: Natijalar prostata bezi saratoni va giperfaol qovuqli bemorlarda urodinamik baholash muhimligini va davolash samaradorligini monitoring qilish uchun uning ahamiyati katta ekanligini ko‘rsatdi.
uchinchi ilmiy yangilik: prostata bezi saratoni davolashda 2 darajadagi tana vazni indeksi va past jismoniy xarakatlanishi, kimyoterapiya ta’siri cheklanishi xisobiga salbiy prognostik omillar ekanligi isbotlangan; Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali 19.06.2024-yildagi 65-sonli buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan  (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 26.08.2024 yildagi 5-son guvohnomasi). Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali 19.06.2024-yildagi 7- sonli buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan  . (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 26.08.2024 yildagi 5-son guvohnomasi)  Ijtimoiy samaradorligi qovuq giperfaolligi va prostata bezi saratoni bo‘lgan bemorlarda terapiya samaradorligiga ta’sir qiluvchi prognostik omillarning chuqur tahlili keltirilgan. Tadqiqot tana massasi indeksi, hamroh kasalliklarning holati, bemorning turmush tarzi (shu jumladan chekish va al`kogol iste’mol qilish), o‘smaning lokalizatsiyasi, T va N tizimiga muvofiq saraton bosqichi, Glisson shkalasi kabi parametrlarni hisobga olgan holda multifaktorial yondashuvni, shuningdek, bir qator urologik va sistometrik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy samaradorligi: tahlil shuni ko‘rsatdiki, yuqori Tana vazni indeksi, hamroh kasalliklarning mavjudligi (ayniqsa, jigar, yurak-qon tomir va endokrin tizimlar kasalliklari), kam harakat hayot tarzi, chekish va al`kogol iste’mol qilish kabi holatlar davolashda ijobiy dinamikaga erishish imkoniyatini kamaytirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xulosa: Ushbu ko‘rsatkichlarni aktuallash har bir bemorning individual prognostik omillarini hisobga olgan holda terapevtik strategiyalarni erta modifikatsiya qilish imkoniyatini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: prostata bezi saratoni davolashda urofluometrik va sistometrik ko‘rsatkichlarning dinamikasi asosida tizimli deprivatsion va immuno target terapiyani qo‘llash asoslanganligi prostata bezi saratoni davolashda urofluometrik va sistometrik ko‘rsatkichlarning dinamikasi asosida tizimli deprivatsion va immuno target terapiyani qo‘llash asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: RECIST mezonlari bo‘yicha baholash (o‘smaning to‘liq regressiyasi, o‘smaning qisman regressiyasi, jarayonning stabilizatsiyasi va progressiyalanishi) nazorat guruhlari bilan taqqoslaganda asosiy guruhda tanlangan terapevtik yondashuvning yuqori samaradorligini tasdiqladi. Shu bilan birga, asosiy guruhda o‘smaning to‘liq regressiyasining sezilarli miqdori qayd etildi, bu davolashda kombinatsiyalangan yondashuvning afzalligini ko‘rsatadi.Bu tadqiqotlar medikamentoz davolash, jismoniy mashqlar va zarur bo‘lsa, Androgen deprivativ terapiyani o‘z ichiga olgan kompleks davolashni joriy etish, prostata bezi saratoni va qovuq giperfaolligi sindromini davolash samaradorligini sezilarli darajada oshirish mumkin degan gipotezasini tasdiqlaydi. Nafaqat prostata o‘ziga xos antigeni  darajasining pasayishi va prostata hajmining kichrayishi, balki bemorlarning umumiy sog‘lig‘ining yaxshilanishi ham kuzatildi. Iqtisodiy samaradorligi: personallashgan terapevtik strategiyalarni ishlab chiqish uchun yangi istiqbollarni taklif qilgan holda, prostata bezi saratoni va qovuq giperfaolligini davolash yakunlari bo‘yicha prognostik omillar kompleks ta’sirini tushunishga muhim hissa qo‘shadi. Bu bemorning ahvolini baholash va davolash usullarini tanlashga kompleks yondashuv muhimligini ta’kidlaydi va bu kasallikning prognozini sezilarli darajada yaxshilaydi va eng samarali tibbiy aralashuvni ta’minlaydi. Xulosa: Mukamalashgan terapiya prostata bezi saratoni va qovuq giperfaolligi bo‘lgan bemorlarda urologik funksiyalarga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi va bu urologik amaliyotda samarali davolash protokollari va strategiyalarini ishlab chiqish uchun asos yaratadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish