Orazimbetov Shing‘isbek Amirbek ulining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganish motivatsiyasini oshirishda o‘qish materiallarida madaniyatlararo yondashuvni qo‘llash (umumiy o‘rta ta’lim maktablari 8-qoraqalpoq sinflari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5117.
Ilmiy rahbar: Kdirbaeva Gulzira Kurbanbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Maloxat Ergashevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Babaniyazova Nargiza Polatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganish motivatsiyasini oshirishda o‘qish materiallarida madaniyatlararo yondashuvni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilini o‘qitishda motivatsiyaning ahamiyati o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishda tashkiliy-pedagogik funksiyalar madaniyatlararo yondashuvni qo‘llash orqali motivatsiyali va maqsadli faoliyatda ergonomik sharoitlarga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish mazmuni ingliz tili darslarida pre-reading (oqishdan oldin), while-reading (o‘qish davomida) va post-reading (o‘qishdan keyin) bosqichlarining yaxlitligini bevosita hisobga olish mantig‘iga “Prepare” darsligining asosiy jihatlarini inobatga olgan holda direkt, sajestopediya va Maykl Vest metodlarining chet tillarini o‘qish ko‘nikmasi darajalari bilan integratsiyalash sababli ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish jarayoni ingliz tili to‘garak mashg‘ulotlarida madaniyatlararo o‘qish savodxonligini Hedjning o‘qish ko‘nikmasi maqsadlariga va skimming, scanning, intensiv, ekstensiv singari o‘qish strategiyalarini qo‘llashni rivojlantirishga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish metodikasi o‘qish materiallarining germenevtik jihatlari bilan ularning transformatsiyasining integrativligini ingliz tili to‘garak mashg‘ulotlari va darslarida situativ va kvalitativ qo‘llanilishini ta’minlashga qaratilgan matnlar tizimini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganish motivatsiyasini oshirishda o‘qish materiallarida madaniyatlararo yondashuvni qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
ingliz tilini o‘qitishda motivatsiyaning ahamiyati o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishda tashkiliy-pedagogik funksiyalar madaniyatlararo yondashuvni qo‘llash orqali motivatsiyali va maqsadli faoliyatda ergonomik sharoitlarga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillari institutida bajarilgan Evropa ittifoqining Erasmus+dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” (2016-2021-yy.) mavzusidagi xalqaro loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 11-sentyabrdagi 02-07-3711/04-son dalolatnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qish ko‘nikmasini o‘qitish va unga oid metodlar motivatsion xususiyatlarni o‘rganishga sharoit yaratilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish mazmuni ingliz tili darslarida  pre-reading (oqishdan oldin), while-reading (o‘qish davomida) va post-reading (o‘qishdan keyin) bosqichlarining yaxlitligini bevosita hisobga olish mantig‘iga “Prepare” darsligining asosiy jihatlarini inobatga olgan holda direkt, sajestopediya va Maykl Vest metodlarining chet tillarini o‘qish ko‘nikmasi darajalari bilan integratsiyalash sababli ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Qoraqalpoq davlat universitetida PZ-20170930309 “Qoraqalpoq folklori tilining adabiy til rivojiga ta’siri masalasi” (2017-2020-yy.) mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 11-sentyabrdagi 02-07-3711/04-son dalolatnomasi). Natijada, ingliz tilini o‘qitishda madaniyatlararo yondashuvning o‘ziga xosliklari bilan tanishish imkoni yaratilgan;
o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish jarayoni ingliz tili to‘garak mashg‘ulotlarida madaniyatlararo o‘qish savodxonligini Hedjning o‘qish ko‘nikmasi maqsadlariga va skimming, scanning, intensiv, ekstensiv singari o‘qish strategiyalarini qo‘llashni rivojlantirishga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir tavsiyalardan “Prepare Reading (ulıwma orta bilimlendiriw mektepleri 8-klassları ushın)” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 3-maydagi 58-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilar o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganishga motivatsiyalashiga erishildi, xususan, o‘qituvchilar o‘qish materiallarini qayta ishlashda madaniyalararo yondashuv tamoyillarini qo‘llashda amaliy andozaga ega bo‘lib, to‘garak darslarida qo‘llanish usullarini ishlab chiqishga erishilgan;
o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish metodikasi o‘qish materiallarining germenevtik jihatlari bilan ularning transformatsiyasining integrativligini ingliz tili to‘garak mashg‘ulotlari va darslarida situativ va kvalitativ qo‘llanilishini ta’minlashga qaratilgan matnlar tizimini ishlab chiqishga doir tavsiyalardan Nukus davlat pedagogika institutida bajarilgan 78/14-son “Qaraqalpaqstan Respublikasınıń B2 dárejeli studentleri ushın offlayn rejiminde mobil qosımsha hám veb-sayt islep shıǵıw” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 11-sentyabrdagi 02-07-3711/04-son dalolatnomasi). Natijada, ingliz tili to‘garak ishlarini tashkillashtirish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish