Norqulov Akbar Uroqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida eʼlon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Virtual makonda emodzi va avatarga bo‘lgan huquqlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solish”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1443.
Ilmiy rahbar: Rustambekov Islambek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Said Saidaxrorovich, yuridik fanlar doktori, professor; Safoeva Sadoqat Musoevna, yuridik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida virtual makondagi ob’ektlar, ulardagi munosabatlarni tartibga solishning huquqi, fuqarolik-huquqiy asoslarini takomillashtirish va uni qO‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
emodzi va avatarlarning tovar belgilari hisoblanishi, jismoniy va yuridik shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozimligi asoslantirilgan;
sanoat mulki ob’ektlarini bir nechta shaxs bir-biridan mustaqil yaratgan bo‘lsa, patent olishi huquqi va tartibini belgilash asoslari ilmiy-amaliy jihatdan asoslantirilgan;
emodzi va avatarlarni tasvirlar, so‘zlar, muayyan shakldagi belgilar sifatida tovar belgisi hisoblanishi, ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkinligi to‘g‘risidagi, shuningdek ma’lum bir grafik tasvirga ega bo‘lmagan emodzi va avatarlarni tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lmasligi asoslantirilgan;
emodzi va avatarlarni chiziqlar, figuralar va boshqa ob’ektlar sifatida tasviriy belgilarga kiritish lozimligi, shuningdek emodzi va avatarlar hajmli belgilar hisoblanib ular oddiy chiziqlar, figuralar hisoblanishi kerakligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
emodzi va avatarlarning tovar belgilari hisoblanib, jismoniy va yuridik shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilishi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2023-yil 22-avgustdagi 54-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi virtual makondagi ob’ektlarni tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishiga xizmat qilgan;
sanoat mulki ob’ektlarini bir nechta shaxs bir-biridan mustaqil yaratgan bo‘lsa, patent olishi huquqi va tartibini belgilash yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risidagi” qonunining 5-moddasining uchinchi qismi ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2023-yil 22-avgustdagi 54-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi asl patent egasining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilgan;
emodzi va avatarlarni tasvirlar, muayyan shakldagi belgilar sifatida tovar belgisi hisoblanishi, ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkinligi to‘g‘risidagi, shuningdek ma’lum bir grafik tasvirga ega bo‘lmagan emodzi va avatarlarni tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lmasligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi “Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan O‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 480-qarori ilovasi bilan tasdiqlangan “Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan O‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamentning 5, 7-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh vazir kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 19-iyundagi 12-15-46-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar asosida grafik tasvirlar, chiziqlar, muayyan shakldagi belgilar tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan O‘tkazishilishiga xizmat qilgan;
emodzi va avatarlarni chiziqlar, figuralar va boshqa ob’ektlar sifatida tasviriy belgilarga kiritishga oid takliflar, shuningdek emodzi va avatarlar hajmli belgilar hisoblanib ular oddiy chiziqlar, figuralar hisoblanishi kerakligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi “Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan O‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 480-qarori ilovasi bilan tasdiqlangan “Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamentning 6-bandi birinchi va uchinchi xatboshsini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh vazir kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 19-iyundagi 12-15-46-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar asosida chiziqlar, filguralar va boshqa ob’ektlar tasviriy hamda hajmli belgilar sifatida intellektual mulk hisoblanib, ro‘yxatdan o‘tkazilishining huququy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan.