Niyozov G‘ulomjon Eshmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi koronavirus infeksiyasida gomeostazning ba’zi gemostatik omillarining klinik-patogenetik ahamiyati” 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2744
Ilmiy rahbar: Obloqulov Abdurashid Raximovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Muboraxon Djalilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirzoeva Mexriniso Rizoevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Kuban davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 ning klinik va laboratoriyaviy xususiyatlarini o‘rganish hamda tashxisot usullarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
trombotsitlar soni, protrombin vaqti, D-dimer, fibrinogen va antifosfolipid antitanachalari kabi gemostatik gomeostazning ko‘rsatkichlari COVID-19 bilan bog‘liq koagulopatiyaning prediktorlari ekanligi isbotlangan;
koronavirusli infeksiyaning har ikkala shakli bilan kasallangan bemorlarda protrombin indeksi nazorat guruhidagi bemorlarda qayd etilgan ko‘rsatkichlarga nisbatan yuqoriroq ekanligi aniqlangan va qon ivish ko‘rsatkichlarini diagnostik va prognostik ahamiyati o‘rganilgan bo‘lib, ilk bor COVID-19 bilan bog‘liq koagulopatiya xavfini aniqlash shkalasi ishlab chiqilgan;
D-dimer va fibrinogen miqdori nazorat guruxiga nisbatan yuqoriligicha qolganligi va antifosfolipid antitelalar miqdorining me’yorlashgani, protrombin vaqti tezligini oshganligi aniqlanganligi asosida qon ivish ko‘rsatkichlarini diagnostik va prognostik ahamiyati o‘rganilgan va ilk bor COVID-19 da oddiy laboratoriya markerlari asosida koagulopatiyani boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan;
prokal`sitonin – bakterial infeksiya qo‘shilganligi va u tufayli kasallikning jadallashganligidan dalolat berib, prokal`sitonin oshish darajasi COVID-19 ga bakterial infeksiya qo‘shilganligi, vaqtli antibakterial preparatlar buyurilishi hamda antibakterial terapiya davomiyligini belgilab berishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 6-son ma’lumotnomasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida Buxoro davlat tibbiyot institutining 2024-yil 6-sentyabrdagi 04/7501-sonli xati Ekspert kengashiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: trombotsitlar soni, protrombin vaqti, D-dimer, fibrinogen va antifosfolipid antitanachalari kabi gemostatik gomeostazning ko‘rsatkichlari COVID-19 bilan bog‘liq koagulopatiyaning prediktorlari ekanligi isbotlanish Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasining 01.02.2023 yildagi 29/1-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialining 01.02.2023 yildagi 14-son hamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 17.07.2024 yildagi 01/400-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda koagulopatiya markerlarining ahamiyatini o‘rganishga asoslangan. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlar orasida ushbu kontingentdagi bemorlarni uchrash darajasini kamaytirish bilan iqtisodiy samaradorlikka erishilgan (Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasining preyskurantiga ko‘ra umumiy COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning davolanish narxi 1 kuni 360000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda tromboembolik asoratlar xavfining oshishini hisobga olgan holda, antikoagulyantlarni va birinchi navbatda mayda molekulyar geparin profilaktik va davolovchi vosita sifatida qo‘llash tavsiya qilinishi imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: koronavirusli infeksiyaning har ikkala shakli bilan kasallangan bemorlarda protrombin indeksi nazorat guruhidagi bemorlarda qayd etilgan ko‘rsatkichlarga nisbatan yuqoriroq ekanligi aniqlangan va qon ivish ko‘rsatkichlarini diagnostik va prognostik ahamiyati o‘rganilgan bo‘lib, ilk bor COVID-19 bilan bog‘liq koagulopatiya xavfini aniqlash shkalasi ishlab chiqish Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasining 01.02.2023 yildagi 29/1-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialining 01.02.2023 yildagi 14-son hamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 17.07.2024 yildagi 01/400-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 ga bog‘liq koagulopatiyaning prediktorlarini aniqlash koagulopatiya va unga moyillikni vaqtli aniqlab, maqsadli davolash va profilaktika tadbirlarini belgilash uchun xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlar orasida yotoq kunlari davomiyligini kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan (Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasining preyskurantiga ko‘ra umumiy COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning davolanish narxi 1 kuni 360000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan bemorlar qon zardobidagi prokal`sitonin miqdorining oshish darajasi COVID-19 ga bakterial infeksiya qo‘shilganligi, vaqtli antibakterial preparatlar buyurilishi hamda antibakterial terapiya davomiyligini belgilab berishi imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: D-dimer va fibrinogen miqdori nazorat guruxiga nisbatan yuqoriligicha qolganligi va antifosfolipid antitelalar miqdorining me’yorlashgani, protrombin vaqti tezligini oshganligi aniqlanganligi asosida qon ivish ko‘rsatkichlarini diagnostik va prognostik ahamiyati o‘rganilgan va ilk bor COVID-19 da oddiy laboratoriya markerlari asosida koagulopatiyani boshqarish algoritmi ishlab chiqish Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasining 01.02.2023 yildagi 29/1-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialining 01.02.2023 yildagi 14-son hamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 17.07.2024 yildagi 01/400-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda koagulopatiyani boshqarish algoritmida markerlarining ahamiyatini muximligi asoslangan. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning o‘ziga xos klinikasi hamda yangi tekshiruvlarning ishlab chiqilganligi orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan (Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasining preyskurantiga ko‘ra umumiy COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning davolanish narxi 1 kuni 360000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: COVID-19ga bog‘liq koagulopatiyaning prediktorlarini aniqlash koagulopatiya va unga moyillikni vaqtli aniqlab, maqsadli davolash va profilaktika tadbirlarini belgilash imkonini beragan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: prokal`sitonin – bakterial infeksiya qo‘shilganligi va u tufayli kasallikning jadallashganligidan dalolat berib, prokal`sitonin oshish darajasi COVID-19 ga bakterial infeksiya qo‘shilganligi, vaqtli antibakterial preparatlar buyurilishi hamda antibakterial terapiya davomiyligini belgilab berishi asoslanish Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasining 01.02.2023 yildagi 29/1-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialining 01.02.2023 yildagi 14-son hamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 17.07.2024 yildagi 01/400-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari COVID-19 ning klinik variantlari bo‘yicha xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha samarali usullarini ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va asoratlarni oldin olish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan (Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasining preyskurantiga ko‘ra umumiy COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning davolanish narxi 1 kuni 360000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: yangi zamonaviy tadqiqot usullarni ishlab chiqish 1 nafar bemor hisobiga 1 kunidagi byudjet mablag‘larini 30000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “Yangi koronavirus infeksiyasida gomeostazning ba’zi gemostatik omillarining klinik-patogenetik ahamiyati” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2024-yil 6-sentyabrdagi 04/7501-sonli xati yuborilgan.