Shigakova Lyusiya Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biologiyani o‘qitishda talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini  rivojlantirishda virtual dasturlar va didaktik vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4604.
Ilmiy rahbar: Inogamova Dilfuza Raxmatullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dosent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raximov Otanazar Karimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Muborak Maxmusovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xo‘ja Axmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy biologiya fanini o‘qitishda talabalarning tadqiqotchilik qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun virtual dastur va didaktik vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning kognitiv faollikni oshirish, motivatsion muhit yaratish, mustaqil tadqiqotchilikni qo‘llab-quvvatlash kabi ta’lim texnologiyalarini joriy etish orqali o‘qitish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan uslubiy-didaktik shart-sharoitlari aniqlanib, virtual dasturlar va didaktik vositalardan foydalanish metodikasi ta’lim jarayoniga virtual simulyasiyalarni kiritish, ularni o‘quv materiallari bilan uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;
tibbiy biologiya ta’limida talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari virtual laboratoriyalar, simulyasiyalar va interaktiv resurslardan foydalanish jarayonida immersiv texnologiyalarni identifikatsiyalashga asoslangan kasbiy mobillikni ta’minlash asosida oshirilgan;
tibbiy biologiya ta’limida talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning uslubiy ta’minoti o‘quv jarayonining turli bosqichlariga virtual dasturlarni kompleks ravishda, individual ta’lim traektoriyalarini hisobga olgan holda integratsiyalash, «Ish daftarlari» yordamida refleksiv loyihalash, adaptiv vizuallashtirishga oid metodik resurslarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ongida texnologik yondashuv orqali vujudga keladigan tibbiy-biologik tushunchalarning izchilligi va uzluksizligi virtual reallik va qo‘shimcha reallik texnologiyalari orqali bilim ko‘rsatkichlarining gistogrammasini matematik statistika usullari yordamida baholash, individual rivojlanish dinamikasini kuzatish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Biologiyani o‘qitishda talabalarning tadqiqotchilik qilish ko‘nikmalarini rivojlanirish uchun virtual dasturlar va didaktik vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha dissertatsiya ishining ilmiy natijalari:
talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning kognitiv faollikni oshirish, motivatsion muhit yaratish, mustaqil tadqiqotchilikni qo‘llab-quvvatlash kabi ta’lim texnologiyalarini joriy etish orqali o‘qitish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan uslubiy-didaktik shart-sharoitlari aniqlanib, virtual dasturlar va didaktik vositalardan foydalanish metodikasi ta’lim jarayoniga virtual simulyasiyalarni kiritish, ularni o‘quv materiallari bilan uyg‘unlashtirish, ta’lim materiallarini vizual va interaktiv shaklda taqdim etish, individual o‘qitish usullarini amalga oshirish orqali takomillashtirilganligi yuzasidan takliflar «Planirovanie uchebnogo protsessa po predmetu medisinskaya biologiya» o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-noyabrdagi 4/3.1-son buyrug‘i, ro‘yxat raqami 2023/359U-127). Natijada «Tibbiy biologiya va genetika» modullarining mazmuni virtual dasturlar va didaktik vositalardan foydalanish imkoniyati yaratilgan;
tibbiy biologiya ta’limida talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari virtual laboratoriyalar, simulyasiyalar va interaktiv resurslardan foydalanish jarayonida immersiv texnologiyalarni identifikatsiyalashga asoslangan kasbiy mobillikni ta’minlash asosida oshirilganligi hamda tibbiy biologiya ta’limida talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning uslubiy ta’minoti o‘quv jarayonining turli bosqichlariga virtual dasturlarni kompleks va tizimli ravishda, integrativ yondashuv orqali, har bir fan bo‘yicha o‘quv rejalarini muvofiqlashtirgan holda integratsiyalash, «Ish daftarlari» yordamida refleksiv loyihalash, adaptiv vizuallashtirish, tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirishga  oid metodik resurslarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilganoigi yuzasidan takliflar «Planirovanie uchebnogo protsessa po predmetu medisinskaya biologiya» o‘quv qo‘llanmasidagi «Ishchi daftari»ni shakllantirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-noyabrdagi 4/3.1-son buyrug‘i, ro‘yxat raqami 2023/359U-127). Natijada tibbiy biologiya ta’limida talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishning uslubiy imkoniyatlari oshgan;
talabalarning ongida texnologik yondashuv orqali vujudga keladigan tibbiy-biologik tushunchalarning izchilligi va uzluksizligini virtual reallik va qo‘shimcha reallik texnologiyalari yordamida multimediaviy vositalarni qo‘llash, biologik jarayonlarni dinamik modellashtirish orqali tushunchalarni mustahkamlash ta’minlandi. Bilim ko‘rsatkichlarining gistogrammasini matematik statistika va tahlil usullari orqali aniqlash, individual va guruhiy o‘zlashtirish darajasini monitoring qilish orqali takomillashtirilganligi bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OTI-88-son «O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotida bag‘rikenglik tamoyilining o‘rni (qadimdan hozirgi kungacha)» (2017-2020) nomli loyiha mazmunini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2014-yil 9-dekabrdagi 04/11-6922-son guvohnomasi). Natijada tibbiyot fakulteti talabalarining ilmiy-tadqiqot malakasini rivojlantirish uchun metodik imkoniyatlarga ega bo‘lingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish