Ergashev Ilyos Urol o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tovlamachilik uchun jinoiy javobgarlikni takomillashtirish”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1397.
Ilmiy rahbar: Hakimov Komil Baxtiyarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Rustam, yuridik fanlar doktori, professor; Sagdullaev Fatxulla Shukrullaevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tovlamachilik uchun jinoiy javobgarlikni yakomillashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsni yoki uning yaqinlarini o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan tovlamachilik uchun jinoiy javobgarlikni og‘irlashtirish maqsadida bu kabi qilmishlar uchun javobgarlik differensiatsiya qilinishi lozimligi asoslangan;
shaxs tanasining va (yoki) jinsiy a’zolarining yalang‘och holdagi foto va (yoki) videotasvirini o‘z ichiga olgan axborotni uning roziligisiz Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish bilan qo‘rqitganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi lozimligi asoslangan;
tovlamachilik yo‘li bilan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa bu haqda pora bergan shaxsning o‘ttiz sutka ichida ixtiyoriy ariza berish orqali pora bergan shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etish bu u(lar)ning qilmishida jinoyat tarkibi yo‘qligini anglatmasligi lozimligi asoslangan;
moddiy qimmatliklar bergan yoki mulkiy manfaatdor etgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatlik yoki mulkiy manfaat so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa bu haqda o‘ttiz sutka ichida ixtiyoriy ariza berish davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olgan shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etish bu u(lar)ning qilmishida jinoyat tarkibi yo‘qligini anglatmasligi lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tovlamachilikning jinoyat-huquqiy jihatlarini tadqiq etish natijalari asosida:
shaxsni yoki uning yaqinlarini o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan tovlamachilik uchun jinoiy javobgarlikni og‘irlashtirish maqsadida bu kabi qilmishlar uchun javobgarlik differensiatsiya qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif Jinoyat kodeksi yangi tahrirdagi loyihasining 204-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 23-sentyabrdagi 27/2-247-24-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi shaxsni yoki uning yaqinlarini o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan tovlamachilik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlanishiga xizmat qilgan;
shaxs tanasining va (yoki) jinsiy a’zolarining yalang‘och holdagi foto va (yoki) videotasvirini o‘z ichiga olgan axborotni uning roziligisiz Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish bilan qo‘rqitganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif JK 1413-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 15-iyuldagi 3/08-124-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi shaxs tanasining va (yoki) jinsiy a’zolarining yalang‘och holdagi foto va (yoki) videotasvirini o‘z ichiga olgan axborotni uning roziligisiz Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish bilan qo‘rqitganlik uchun qilmishni tovlamachilikdan farqlashga hamda bu turdagi qilmishlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishiga xizmat qilgan;
tovlamachilik yo‘li bilan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa bu haqda pora bergan shaxsning o‘ttiz sutka ichida ixtiyoriy ariza berish orqali pora bergan shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etish bu u(lar)ning qilmishida jinoyat tarkibi yo‘qligini anglatmasligi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024-yil 9-yanvardagi 01-06-24-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi pora berganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi hamda qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishiga xizmat qilgan;
moddiy qimmatliklar bergan yoki mulkiy manfaatdor etgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatlik yoki mulkiy manfaat so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa bu haqda o‘ttiz sutka ichida ixtiyoriy ariza berish davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olgan shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etish bu u(lar)ning qilmishida jinoyat tarkibi yo‘qligini anglatmasligi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024-yil 9-yanvardagi 01-06-24-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga hamda qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishiga xizmat qilgan.