Hojieva Iroda Avezovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ijtimoiy media marketing (SMM) fanini o‘qitishning innovatsion loyihalash metodikasini takomillashtirish (iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 - “Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6632.
Ilmiy rahbari: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: O‘sarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Shodieva Matlyuba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida ijtimoiy media marketing (SMM) fanini o‘qitishning innovatsion loyihalash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli iqtisodiyot sharoitida ijtimoiy media marketingni innovatsion loyihalash orqali o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari ijtimoiy media marketingni organik ommalashtirish mohiyati brendga sadoqat trendlarini aniqlash asosida ochib berilgan;
ijtimoiy media marketingni innovatsion loyihalash metodikasi talabalarning tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini jamiyatga g‘amxo‘rlik qila oladigan, foydalanuvchilarga yordam ko‘rsatadigan brend yoki mahsulot atrofida hamjamiyat yaratishning raqamli-tezkor imkoniyatlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy media marketingni loyihaviy o‘qitish modeli talabalarda raqamli kommunikatsiya, tanqidiy fikrlash, loyihalar bilan ishlash darajasini ijobiy brendlar namunasi orqali insonparvarlik qadriyatlarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
innovatsion loyihalash orqali ijtimoiy media marketingni o‘qitishni rivojlantirish samaradorligi talabalarning raqamli muloqot jarayonida hissiy-emotsional empatiyasini virtual guruh loyihalarida kompleks ishlatish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida ijtimoiy media marketing (SMM) fanini o‘qitishning innovatsion loyihalash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
raqamli iqtisodiyot sharoitida ijtimoiy media marketingni innovatsion loyihalash orqali o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari ijtimoiy media marketingni organik ommalashtirish mohiyati brendga sadoqat trendlarini aniqlashga oid takliflar 60112400-“Professional ta’lim”(60310100-Iqtisodiyot), 60112400-“Professional ta’lim”(Menejment-60411200), bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Innovative pedagogy” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2023-yil 31-maydagi 169-sonli buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazi tomonidan 2023-yil 10 noyabrdagi 02/01-01-157-son ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli iqtisodiyot sharoitida ijtimoiy media marketingni innovatsion loyihalash orqali o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari ijtimoiy media marketingni organik ommalashtirish mohiyati brendga sadoqat trendlarini aniqlashga oid takliflardan foydalanib o‘quv faoliyatini sifat jihatdan takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
ijtimoiy media marketingni innovatsion loyihalash metodikasi talabalarning tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini jamiyatga g‘amxo‘rlik qila oladigan, foydalanuvchilarga yordam ko‘rsatadigan brend yoki mahsulot atrofida hamjamiyat yaratishning raqamli-tezkor imkoniyatlarini aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar 60112400-“Professional ta’lim” (60310100-Iqtisodiyot), 60112400-“Professional ta’lim” (Menejment-60411200) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Zamonaviy ta’limda kreativ texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori 2023-yil 26-iyundagi 211-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazi tomonidan 2023-yil 10 noyabrdagi 02/01-01-157-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy media marketingni innovatsion loyihalash metodikasi talabalarning tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini jamiyatga g‘amxo‘rlik qila oladigan, foydalanuvchilarga yordam ko‘rsatadigan brend yoki mahsulot atrofida hamjamiyat yaratishning raqamli-tezkor imkoniyatlarini aniqlash asosida takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
ijtimoiy media marketingni loyihaviy o‘qitish modeli talabalarda raqamli kommunikatsiya, tanqidiy fikrlash, loyihalar bilan ishlash darajasini ijobiy brendlar namunasi orqali insonparvarlik qadriyatlarini rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar 60112400-“Professional ta’lim”(60310100-Iqtisodiyot), 60112400-“Professional ta’lim”(Menejment-60411200) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Zamonaviy ta’limda kreativ texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori 2023-yil 26-iyundagi 211-son buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazi tomonidan 2023-yil 10 noyabrdagi 02/01-01-157-son ma’lumotnomasi).Natijada, ijtimoiy media marketingni loyihaviy o‘qitish modeli talabalarda raqamli kommunikatsiya, tanqidiy fikrlash, loyihalar bilan ishlash darajasini ijobiy brendlar namunasi orqali insonparvarlik qadriyatlarini rivojlantirish asosida takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
innovatsion loyihalash orqali ijtimoiy media marketingni o‘qitishni rivojlantirish samaradorligi talabalarning raqamli muloqot jarayonida hissiy-emotsional empatiyasini virtual guruh loyihalarida birgalikda ishlatish asosida oshirishga oid takliflar 60112400-“Professional ta’lim”(60310100-Iqtisodiyot), 60112400-“Professional ta’lim”(Menejment-60411200), bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Innovative pedagogy” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2023-yil 31-maydagi 169-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazi tomonidan 2023-yil 10 noyabrdagi 02/01-01-157-son ma’lumotnomasi). Natijada, foydalanilgan takliflar asosida innovatsion loyihalash orqali ijtimoiy media marketingni o‘qitishni rivojlantirish samaradorligi talabalarning raqamli muloqot jarayonida hissiy-emotsional empatiyasini virtual guruh loyihalarida birgalikda ishlatish asosida oshirish imkoniyati yaratilgan.