Ibragimova Xurshidabonu Zafarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘z kosasi tuzilishining yoshga oid va individual xususiyatlari, ularning bolalar ko‘rish qobiliyatiga ta’siri», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1619.
Ilmiy rahbar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Mirsharapov Utkur Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shatmanov Suynali Toktonazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iz Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: miopiya aniqlangan bolalarda kallaning, xususan ko‘z kosasi kraniometrik ko‘rsatkichlari, hamda jismoniy rivojlanishini yosh va jinsga xos solishtirma tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalik davrlarida (4-12 yosh) miopiya tashxislangan bolalarda umumiy kallaning va xususan ko‘z kosasining sohasini kraniometrik ko‘rsatkichlarini tahlili asosida analogik yoshdagi sog‘lom bolalarning ko‘rsatkichlariga nisbatan kalla aylanasi, ko‘z kosalarning kengligi, biorbital kengligi va ko‘z kosalari orasidagi oldingi kenglik o‘lchamlari ortishi aniqlangan;
birinchi va ikkinchi bolalik davrlarida miopiya aniqlangan bolalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini yosh va jins kesimida qiyosiy tahlil qilganda, ikkinchi bolalik davridagi qizlarning tana vazni nisbatan ortiq bo‘lishi, ko‘krak qafasining kengligi va bo‘y uzunligi aksincha kalta bo‘lishi isbotlangan;
ilk marotaba bolalik davrlaridagi (4-12 yosh va jinsga qarab) miopiyaning turli darajalarida ko‘ruv a’zosi organometrik ko‘rsatkichlari dinamikasi bolalik davrlariga muvofiq miopiyaning og‘irligiga qarab ko‘z olmasining OOO‘ hamda OOO‘ning ER ga nisbatining ortib borishi asoslangan;
sog‘lom va miopiyaning og‘irlik darajasi kesimida (qiz va o‘g‘il) bolalar ko‘z kosasining kefalometrik va ko‘ruv a’zosining organometrik parametrlarining o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘z kosasi tuzilishining yoshga oid va individual xususiyatlari, ularning bolalar ko‘rish qobiliyatiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalik davrlarida (4-12 yosh) miopiya tashxislangan bolalarda umumiy kallaning va xususan ko‘z kosasining sohasini kraniometrik ko‘rsatkichlarini tahlili asosida analogik yoshdagi sog‘lom bolalarning ko‘rsatkichlariga nisbatan kalla aylanasi, ko‘z kosalarning kengligi, biorbital kengligi va ko‘z kosalari orasidagi oldingi kenglik o‘lchamlari ortishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 martda 6i-30/u-son bilan tasdiqlangan «Miopiyada bolalar kefalometrik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlarini baholash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 18.04.2024 yildagi 44-son, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 08.04.2024 yildagi 104-son hamda Namangan viloyat  ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 23.04.2024 yildagi 105-A/F-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 04/31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: organometrik va kraniometrik o‘zgarishlar dinamikasida ko‘ruv a’zosi va orbitaning solishtirma strukturaviy va funksional mexanizmlarini ochib berishga asoslanadi, bu esa eng zaif davrlarni belgilashga va juda muhim profilaktika tadbirlarini o‘tkazishga fundamental imkon berishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda mazkur kasallikni oldini olish va davolashga sarflanadigan ma’lum bir byudjet mablag‘lari bolalarda ko‘ruv a’zosi va ko‘z kosasi rivojlanishidagi parallellarni aniqlash postnatal ontogenezdagi kuzatiladigan salbiy o‘zgarishlar dinamikasini morfologik va morfometrik erta tashxislash natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: birinchi va ikkinchi bolalik davrlarida miopiya aniqlangan bolalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini yosh va jins kesimida qiyosiy tahlil qilganda, ikkinchi bolalik davridagi qizlarning tana vazni nisbatan ortiq bo‘lishi, ko‘krak qafasining kengligi va bo‘y uzunligi aksincha kalta bo‘lishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 martda 6i-30/u-son bilan tasdiqlangan «Miopiyada bolalar kefalometrik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlarini baholash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 18.04.2024 yildagi 44-son, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 08.04.2024 yildagi 104-son hamda Namangan viloyat  ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 23.04.2024 yildagi 105-A/F-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 04/31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: organometrik va kraniometrik o‘zgarishlar dinamikasida ko‘ruv a’zosi va orbitaning solishtirma strukturaviy va funksional mexanizmlarini ochib berishga asoslanadi, bu esa eng zaif davrlarni belgilashga va juda muhim profilaktika tadbirlarini o‘tkazishga fundamental imkon berishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda mazkur kasallikni oldini olish va davolashga sarflanadigan ma’lum bir byudjet mablag‘lari bolalarda ko‘ruv a’zosi va ko‘z kosasi rivojlanishidagi parallellarni aniqlash postnatal ontogenezdagi kuzatiladigan salbiy o‘zgarishlar dinamikasini morfologik va morfometrik erta tashxislash natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba bolalik davrlaridagi (4-12 yosh va jinsga qarab) miopiyaning turli darajalarida ko‘ruv a’zosi organometrik ko‘rsatkichlari dinamikasi bolalik davrlariga muvofiq miopiyaning og‘irligiga qarab ko‘z olmasining OOO‘ hamda OOO‘ning ER ga nisbatining ortib borishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 martda 6i-30/u-son bilan tasdiqlangan «Miopiyada bolalar kefalometrik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlarini baholash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 18.04.2024 yildagi 44-son, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 08.04.2024 yildagi 104-son hamda Namangan viloyat  ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 23.04.2024 yildagi 105-A/F-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 04/31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: organometrik va kraniometrik o‘zgarishlar dinamikasida ko‘ruv a’zosi va orbitaning solishtirma strukturaviy va funksional mexanizmlarini ochib berishga asoslanadi, bu esa eng zaif davrlarni belgilashga va juda muhim profilaktika tadbirlarini o‘tkazishga fundamental imkon berishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda mazkur kasallikni oldini olish va davolashga sarflanadigan ma’lum bir byudjet mablag‘lari bolalarda ko‘ruv a’zosi va ko‘z kosasi rivojlanishidagi parallellarni aniqlash postnatal ontogenezdagi kuzatiladigan salbiy o‘zgarishlar dinamikasini morfologik va morfometrik erta tashxislash natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sog‘lom va miopiyaning og‘irlik darajasi kesimida (qiz va o‘g‘il) bolalar ko‘z kosasining kefalometrik va ko‘ruv a’zosining organometrik parametrlarining o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 martda 6i-30/u-son bilan tasdiqlangan «Miopiyada bolalar kefalometrik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlarini baholash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 18.04.2024 yildagi 44-son, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 08.04.2024 yildagi 104-son hamda Namangan viloyat  ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 23.04.2024 yildagi 105-A/F-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 04/31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: organometrik va kraniometrik o‘zgarishlar dinamikasida ko‘ruv a’zosi va orbitaning solishtirma strukturaviy va funksional mexanizmlarini ochib berishga asoslanadi, bu esa eng zaif davrlarni belgilashga va juda muhim profilaktika tadbirlarini o‘tkazishga fundamental imkon berishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda mazkur kasallikni oldini olish va davolashga sarflanadigan ma’lum bir byudjet mablag‘lari bolalarda ko‘ruv a’zosi va ko‘z kosasi rivojlanishidagi parallellarni aniqlash postnatal ontogenezdagi kuzatiladigan salbiy o‘zgarishlar dinamikasini morfologik va morfometrik erta tashxislash natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish