Abdullaev Barxayotjon Bo‘rievichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston yoshlari siyosiy madaniyatida qadriyatlar tizimining o‘zgarish jarayoni”, 23.00.03-siyosiy madaniyat va mafkura.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ss105
Ilmiy rahbar: Ergashev Ibadulla, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Ro‘zimat To‘xtasinovich, siyosiy fanlar doktori, professor;  G‘oyibnazarov Shuhrat G‘oyibnazarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
O‘zbekiston yoshlari siyosiy madaniyatida qadriyatlar tizimi o‘zgarishi jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi an’anaviy va zamonaviy omillar.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sivilizatsiyaviy farqlar natijasida yuzaga kelayotgan qadriyatlar tizimidagi dinamik va statik o‘zgarishlarning siyosiy madaniyatga ta’sirini siyosiy aksiologik yondashuv asosida tahlil qilish madaniyatlar taraqqiyotidagi uyg‘unlik hamda integratsion jarayonlarga mos ekanligi ilmiy-nazariy asoslangan;
global axborotlashgan jamiyat, bozor iqtisodiyoti sharoiti va demokratik islohotlarni jadallashtirish jarayonida yoshlar siyosiy madaniyatiga ta’sir ko‘rsatadigan ijobiy (fikr erkinligi, so‘z erkinligi, siyosiy faollik muhitining yaratilganligi va sh.k.) va salbiy (paternalizm, konformizm, gedonizm, nigilizm) omillar tahlili qadriyatiy xavfsizlikni ta’minlash strategiyalarini ishlab chiqish modeli sifatida dallilangan;
yoshlar siyosiy madaniyatida qadriyatlarni mustahkamlashning ijtimoiy, g‘oyaviy va mafkuraviy vositalari sifatida davlatning yoshlarga oid siyosati, ijtimoiy himoya, ma’naviy tarbiya, ta’lim tizimi hamda yoshlarni siyosiy jarayonlarga jalb etish siyosiy qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlar barqarorligini saqlash mexanizmi ekanligi dalillangan;
milliy qadriyatlarimizning jamiyatda sog‘lom siyosiy madaniyatni shakllantirishdagi ahamiyatini inobatga olgan holda ma’naviy-mafkuraviy targ‘ibot jarayonida siyosiy qadriyatlarni dekodlashtirishning semantik moslashtirish, vizuallashtirish, interfaol diskurs, referent modellaridan foydalanish maqsadga muvofiq va samarali ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
sivilizatsiyaviy farqlar natijasida yuzaga kelayotgan qadriyatlar tizimidagi dinamik va statik o‘zgarishlarning siyosiy madaniyatga ta’sirini siyosiy aksiologik yondashuv asosida tahlil qilish madaniyatlar taraqqiyotidagi uyg‘unlik hamda integratsion jarayonlarga mos ekanligi doir xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5040-sonli qarorining 2-bandi asosida  mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va ishchi (ekspert) guruhlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va ma’naviy tahdidlarning mohiyatini va aholining turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganib borish bilan bog‘liq faoliyat yo‘nalishi doirasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 14-bandi “Ijtimoiy-ma’naviy va mafkuraviy jarayonlarni tadqiq qilish texnologiyalari bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish”da dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 25-iyuldagi №245-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar “Ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi asosida yotgan ma’rifatli shaxsga xos siyosiy qadriyatlar tizimi o‘zgarishi jarayonini baholashning ilmiy asoslangan indikatorlari va ko‘rsatkichlarini tahlil qilishga xizmat qilgan;
global axborotlashgan jamiyat, bozor iqtisodiyoti sharoiti va demokratik islohotlarni jadallashtirish jarayonida yoshlar siyosiy madaniyatiga ta’sir ko‘rsatadigan ijobiy (fikr erkinligi, so‘z erkinligi, siyosiy faollik muhitining yaratilganligi va sh.k.) va salbiy (paternalizm, konformizm, gedonizm, nigilizm) omillar tahlili qadriyatiy xavfsizlikni ta’minlash strategiyalarini ishlab chiqish modeli ekanligiga oid yangilikdan O‘zbekiston Yoshlar ishlari Agentligining faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan vazirlik, idora va tashkilotlar buyurtmalari asosida yoshlar muammolarini o‘rganishga qaratilgan fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ishlari Agentligining 2023-yil 5-iyuldagi № 4-13-18-520- sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan taklif va xulosalar targ‘ibot ishlari davomida mamlakatimiz yoshlarining siyosiy madaniyatining o‘sishiga xizmat qilgan;
yoshlar siyosiy madaniyatida qadriyatlarni mustahkamlashning ijtimoiy, g‘oyaviy va mafkuraviy vositalari sifatida davlatning yoshlarga oid siyosati, ijtimoiy himoya, ma’naviy tarbiya, ta’lim tizimi hamda yoshlarni siyosiy jarayonlarga jalb etish siyosiy qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlar barqarorligini saqlash mexanizmi ekanligiga doir xulosalardan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi bo‘yicha 2023-yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasining 33-maqsadida nazarda tutilgan Yoshlar o‘rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ishlari Agentligining 2023-yil 5-iyuldagi №4-13-18-520-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivallari va forumlarini o‘tkazishda siyosiy qadriyatlarni dekodlashtirish texnologiyalari vositasida yuqori samaradorlikka erishilgan.
milliy qadriyatlarimizning jamiyatda sog‘lom siyosiy madaniyatni shakllantirishdagi ahamiyatini inobatga olgan holda ma’naviy-mafkuraviy targ‘ibot jarayonida siyosiy qadriyatlarni dekodlashtirishning semantik moslashtirish, vizuallashtirish, interfaol diskurs, referent modellaridan foydalanish maqsadga muvofiq va samarali ekanligiga doir xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi Dasturida keltirilgan 6.1. “Milliy madaniyat hamda ma’naviyatni rivojlantirish, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarni saqlash va boyitish sohasidagi vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2023-yil 3-iyuldagi 02/02-38-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur xulosalar partiyaning yoshlar qanoti faoliyatini rivojlantirish, milliy aksiosferasini tahlil qilib borish va samarali yondashuvlarni ishlab chiqishga hissa qo‘shgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish