Abduraximova Nodira Xayatulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qovun chiqindilari asosida tovarlar olish va ulardan xalq tabobatida foydalanish», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K854.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ergasheva Nargiza Obidjonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Ahmadaliev Mahammadjon, texnika fanlari doktori, professor; Xolboev Yusufjon Hakimovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qovun urug‘i va po‘sti asosida oziq-ovqat qo‘shilmasi yaratish, ularning kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini aniqlash hamda kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha yangi tovar kodlari ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qovun urug‘i va po‘stlog‘i tarkibidagi makro- va mikroelementlar, suvda eruvchan C, B1, B2, B6, B9 va B12 vitaminlari hamda rutin, kversetin, gall kislotasi va kofein miqdori zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida aniqlangan;
in vitro sharoitida qovun urug‘ining antioksidanlik faolligi gliklazidga nisbatan 5,3 marta, kversetinga nisbatan 1,2 marta yuqori ekanligi, shuningdek, po‘stining antioksidantlik faolligi mos ravishda 4,5 va 1,8 marta yuqori ekanligi isbotlangan;
in vitro sharoitida “Ayritosh” oziq-ovqat qo‘shilmasining antioksidant faolligi gliklazidga nisbatan 6,4 marta, kversetinga nisbatan 1,3 marta yuqori ekanligini aniqlangan;
in vitro sharoitida “Ayritosh” oziq-ovqat qo‘shilmasining antiradikal faolligi aniqlanganda, ushbu faollik etalonga nisbatan 2,2 marta yuqori ekanligi isbotlangan.
“Ayritosh” oziq-ovqat qo‘shilmasi uchun kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha yangi xalqaro tovar kod raqamlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qovun urug‘i va po‘stlog‘i hamda dorivor o‘simliklari asosida buyrak tosh kasalligini davolash xususiyatiga ega bo‘lgan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmasini ishlab chiqish, kimyoviy tarkibini aniqlash va sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Ayritosh” oziq-ovqat qo‘shilmasini ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligidan ruxsatnoma olingan (№001397, 2022 y., O‘zbekiston Respublikasi Milliy Sertifikatlash tizimining 2021 yildagi muvofiqlik sertifikati). Natijada, qovun urug‘i va po‘stlog‘i hamda dorivor o‘simliklar asosida tabiiy biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
“Ayritosh” oziq-ovqat qo‘shilmasiga TIF TN bo‘yicha“qovun po‘stlog‘i, urug‘i va ayrim dorivor o‘simliklar asosida tayyorlangan, tarkibida A, B, C vitaminlari, rutin, digidrokversetin, senerozid, salidrozid flavonoidlari, foydali aminokislotalar, moylar va ularning yog‘ kislotalarini saqlagan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari, dori vositasi emas” uchun – 1212 30 150 3 kod raqami bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2024 yil 18 oktyabrdagi 17/05-24-0001-son ma’lumotnomasi). Natijada, qovun urug‘i va po‘stlog‘i asosida ishlab chiqilgan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalarini kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash imkonini bergan.