Temirxo‘jaeva Odinaxon Najmiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Gipertoniya kasalliklarini xalq tabobati bilan davolash uchun tovarlar olish va ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K855.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Mo‘minjonov Mirjalol Muqimjon o‘g‘li kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Vahobjon Umarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Mamatqulova Surayyo Abdusamatovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zira, yalpiz, ajgon, jambil, kiyiko‘t o‘simliklari asosida gipertoniya kasalligini davolash va oldini olish xususiyatiga ega oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqish, hamda ularni kimyoviy tarkibini aniqlash asosida TIF TN bo‘yicha sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Asbosim” oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibidagi 61 ta makro- va mikroelementlar miqdori induktiv bog‘langan plazmali optik emission spektometriya usulida aniqlanib, ular orasida Na, K, Ca, P, Mg, Al, Fe, Cu, Sr, Zn, Mn kabi hayotiy zarur elementlarning miqdori boshqalarga nisbatan yuqori ekanligi isbotlangan;
“Asbosim” oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibida qon bosimini tushirishga yordam beruvchi vitamin C miqdori boshqa shu tipdagi vitaminlarga nisbatan yuqori ekanligi, hamda suvda eruvchan vitaminlar miqdori C˃PP˃B2˃B6˃B9˃B2 tartibda kamayib borishi YuSSX usuli yordamida aniqlangan;
“Asbosim” oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibidagi uglevodlar miqdori aniqlanganda, suvda eruvchan uglevodlar miqdoriy jihatdan spirtda eruvchi uglevodlar, pektin moddalar va gemisellulozalarga nisbatan yuqori ekanligi isbotlangan;
“Asbosim” oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibidagi umumiy oqsil miqdori 19,4% ni tashkil etishi, hamda uning 63,7% i glyutelinlar, 46,3% i esa albuminlar ekanligi kimyoviy analiz yordamida aniqlangan;
“Asbosim” oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibida qon tarkibidagi toksinlar va tromb hosil qiluvchi moddalarni parchalash xususiyatiga ega bo‘lgan rutin, kversetin, digidrokversetin, lyuteolin, hamda kam sonli o‘simliklar tarkibida uchraydigan, dyuretik xususiyatli senerozid, salidrozid kabi polifenollar mavjud ekanligi YuSSX usuli yordamida isbotlangan;
Gipertoniya bilan kasallangan va yurak faoliyati anormal bemorlarni davolash bo‘yicha olib borilgan klinik tadqiqotlar natijasida “Asbosim” oziq-ovqat qo‘shilmasining gipertoniya kasalligini davolash hamda yurak faoliyatini yaxshilash xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan.
“Asbosim” oziq-ovqat qo‘shilmasi tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi qoidalari bo‘yicha, kimyoviy tarkibi asosida, shifobaxsh, tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmasi sifatida sinflangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zira, yalpiz, ajgon, jambil, kiyiko‘t o‘simliklari asosida gipertoniya kasalligini davolash xususiyatiga ega bo‘lgan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmasini ishlab chiqish, kimyoviy tarkibini aniqlash va sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Asbosim” oziq-ovqat qo‘shilmasini ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligidan ruxsatnoma olingan (№001397, 2022 y., O‘zbekiston Respublikasi Milliy Sertifikatlash tizimining 2021 yildagi muvofiqlik sertifikati). Natijada, zira, yalpiz, ajgon, jambil, kiyiko‘t o‘simliklari asosida tabiiy biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
“Asbosim” oziq-ovqat qo‘shilmasiga TIF TN bo‘yicha “zira, jambil, yalpiz, kiyiko‘t o‘simliklari asosida tayyorlangan, tarkibida mentol, lyutionin, rutin, digidrokversetin, senerozid, salidrozid birikmalarini saqlagan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari, dori vositasi emas” uchun – 1212 30 150 2 raqami bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2024 yil 20 iyundagi 17/05-24-1186-son ma’lumotnomasi). Natijada, shu kabi oziq-ovqat qo‘shilmalarini eksport va import qilishda ulardan undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan.