Eshonxodjaeva Dildora Djuraevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 ga bog‘liq miokarditli ayollarda homiladorlikni olib borishni optimallashtirish”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.3. PhD /Tib2999.
Ilmiy rahbar: Urinbaeva Nilufar Abdujabbarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12. 2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi homiladorlikda COVID-19 ga chalingan ayollarda homiladorlikning kechishi va tug‘ruq xususiyatlarini aniqlash, kovidga bog‘liq miokardit yuzaga kelishi muddatlari va uning kechishini aniqlash, homiladorlikni olib borish, tug‘dirish va asoratlarning oldini olish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19ga bog‘liq homiladorlarda yurak patologiyasining yangi turi miokarditda homiladorlikning kechish xususiyatlari, akusherlik va perinatal asoratlar rivojlanishi xavfi darajasi baholanganda, COVID-19ga bog‘liq miokarditli ayollarda keyingi homiladorlikda surunkali o‘choqli miokardit klinikasi I-II-trimestrdayoq namoyon bo‘lishi va ilgari davolangan ayollarda 16,7% latent fazaga o‘tishi isbotlangan;
COVID-19ga bog‘liq miokarditda qon aylanishining buzilishi, gipertenziv sindrom (33,3%), XO‘OQ chastotasining oshishiga olib kelishi (8%), muddatidan oldin operatsiya yo‘li bilan tug‘dirishga ko‘rsatma bo‘lishi (9,3%), muddatiga etmagan bola tug‘ilishi bilan surunkali o‘choqli miokarditda yurak ritmi buzilishlarining 1-guruhda ExoKGda mitral klapan etishmovchiligi (regurgitatsiya), 2-guruhda esa trikuspidal regurgitatsiya va postmiokardit kardioskleroz 2 barobar ko‘p rivojlanishi isbotlangan;
COVID-19ga bog‘liq homiladorlarda miokard shikastlanishining markeri – troponin TI miqdorining umumiy oshishi bilan, surunkali o‘choqli miokarditda 2 guruh ayollarda TI ning 2,5 baravar ko‘pligi, immun tizimida IgA, IgM, IgG, yallig‘lanisholdi (IL-6)ning ortishi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar (IL-10, IL-4) miqdorining kamayishi, S-reaktiv oqsil esa 1 guruxda koproq ortishi isbotlangan;
COVID-19ga bog‘liq miokarditli homiladorlarni olib borish va davolash bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmni amaliyotga tadbiq etilishi, erta tashhis qo‘yish, homiladorlikda miokarditni davolash, homila yashab ketadigan davrgacha homiladorlikni saqlab turish, muddatidan oldin tug‘dirib olish chastotasini 2 barobar va perinatal kasallanish 2,7 barobar kamaytirishga, yurak-qon tomir tizimining og‘ir asoratlangan holda homiladorlikning patologik yakunlanishi va keyingi homiladorliklarda asoratlarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xomiladorlik davrida COVID-19 kasalligini o‘tkazgan ayollarda miokardit erta tashxislash, davolash va tug‘dirish maqsadida yurak qon-tomir tizimidagi o‘zgarish xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19ga bog‘liq homiladorlarda yurak patologiyasining yangi turi miokarditda homiladorlikning kechish xususiyatlari, akusherlik va perinatal asoratlar rivojlanishi xavfi darajasi baholanganda, COVID-19ga bog‘liq miokarditli 12 nafar bemor katamnezini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, keyingi homiladorlikda surunkali o‘choqli miokardit klinikasi I-II-trimestrdayoq namoyon bo‘lishi va ilgari davolangan ayollarda 16,7% latent fazaga o‘tishi isbotlangan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy ona va bola salomatligi tibbiyot markazining Farg‘ona filialida 13.06.2024 yildagi 01-06/540-sonli xamda Urgench filialida 15.06.2024 yildagi 75-I-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024yil 22 iyuldagi №04/39–son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritm asosida bemorlar katamnezi ma’lumotlarini o‘z vaqtida tekshirish, miokarditni erta tashhislash va davolash natijasida kardial va akusherlik asoratlarning oldini olish, homiladorlikni homila yashab ketadigan muddatgacha saqlash imkoniyatni oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan tashhislash usullarini qo‘llash yo‘li bilan COVID-19ga bog‘liq miokarditni erta bosqichda aniqlashga erishilgan, bu esa shifokorga murojaat qilish va tashhisot uchun 986000 so‘m, statsionarda davolanish uchun 1 kun 250000 ming sum va davolanishning 1 kursiga 540000 ming so‘mni tejash va 30 nafar homilador ayol uchun 532800000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: homiladorlarda COVID-19ga bog‘liq miokardit rivojlanishini, yurak faoliyati tomonidan asoratlarni va akusherlik asoratlarini kamaytirishda individual yondashuv kardiologik va akusherlik asoratlarining chastotasini kamaytirish, shuningdek shifokorga murojaat qilish, davolanish 1 kursiga, va statsionarda bo‘lish uchun 1 nafar homiladorga 1776000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19ga bog‘liq miokarditda qon aylanishining buzilishi, gipertenziv sindrom (33,3%), XO‘OQ chastotasining oshishiga olib kelishi (8%), muddatidan oldin operatsiya yo‘li bilan tug‘dirishga ko‘rsatma bo‘lishi (9,3%), muddatiga etmagan bola tug‘ilishi bilan surunkali o‘choqli miokarditda yurak ritmi buzilishlarining 1-guruhda ExoKGda mitral klapan etishmovchiligi (regurgitatsiya), 2-guruhda esa trikuspidal regurgitatsiya va postmiokardit kardioskleroz 2 barobar ko‘p rivojlanishi isbotlangan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filialida 13.06.2024 yildagi 01-06/540-sonli xamda Urgench filialida 15.06.2024 yildagi 75-I-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024yil 22 iyuldagi №04/39 – son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: homiladorlarni o‘z vaqtida tavsiya etilgan tekshiruvdan o‘tkazish miokarditni aniqlash imkonini oshiradi, bu esa, o‘z navbatida homiladorlarda qon aylanishining buzilishi, va surunkali yurak etishmovchiligini rivojlanishini bashoratlash imkoniyatni oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan tashhislash usullarini qo‘llash hisobiga COVID-19ga bog‘liq miokarditni erta bosqichda aniqlashga erishildi, bu esa shifokorga murojaat qilish va tashhisot uchun 986000 so‘m, statsionarda davolanish uchun 1 kun 250000 ming sum va davolanishning 1 kursiga 540000 ming so‘mni tejash va 30 nafar homilador ayol uchun 532800000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: COVID-19ga bog‘liq miokarditda homiladorlarni taklif qilingan algoritm bo‘yicha olib borishga kardiologik va akusherlik asoratlari chastotasini kamaytirish hamda shifokorga murojaat qilishga, davolanishninga, va statsionarda 1 kun davolanish uchun 1 nafar homiladorga 1776000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19ga bog‘liq homiladorlarda miokard shikastlanishining markeri – troponin TI miqdorining umumiy oshishi bilan, surunkali o‘choqli miokarditda 2 guruh ayollarda TI ning 2,5 baravar ko‘pligi, immun tizimida IgM, IgA, IgG, yallig‘lanisholdi (IL-6)ning ortishi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar (IL-10, IL-4) miqdorining kamayishi, S-reaktiv oqsil esa 1 guruxda koproq ortishi isbotlangan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filialida 13.06.2024 yildagi 01-06/540-sonli xamda Urgench filialida 15.06.2024 yildagi 75-I-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024yil 22 iyuldagi №04/39 – son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan immunologik tashhislash usullarini qo‘llash hisobiga COVID-19ga bog‘liq miokarditda erta bosqichlardayoq rivojlanadigan o‘zgarishlarni aniqlash, davolashni amalga oshirish, bu esa yurak etishmovchiligi rivojlanishini chastotasini kamayish imkoniyatni oshiradi. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filialida 13.06.2024 yildagi 01-06/540-sonli xamda Urgench filialida 15.06.2024 yildagi 75-I-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024yil 22 iyuldagi №04/39 – son xulosasi). Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19ga bog‘liq miokarditli homiladorlarni profilaktik davolash, shifokorga murojaat qilish va tashhisot uchun 986000 so‘m, statsionarda davolanish uchun 1 kun 250000 ming sum va davolanishning 1 kursiga 540000 ming so‘m, operatsiyaga 475800 so‘m va intensiv terapiya palatasida 1 kun bo‘lish uchun 1110000 so‘m, tug‘rukdan keyingi bo‘limda 251000, chala tug‘ilgan bolani parvarishlashga 800000 so‘mjami 30 nafar homiladorlarga 110784000 so‘m imkonini bergan. Xulosa: somatik va akusherlik asoratlariga olib keladigan COVID-19ga bog‘liq miokarditda shifokorga murojaat qilish va tashhisot, davolanishning 1 kursiga, statsionarda davolanish 1 kuni, operatsiya yo‘li bilan tug‘dirishga, intensiv terapiya palatasida 1 kun, tug‘rukdan keyingi bo‘limda 1 kun, chala tug‘ilgan bolani parvarishlashga 1 nafar homiladorga 3692800 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19ga bog‘liq miokarditli homiladorlarni olib borish va davolash bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmni amaliyotga tadbiq etilishi, erta tashhis qo‘yish, homiladorlikda miokarditni davolash, homila yashab ketadigan davrgacha homiladorlikni saqlab turish, muddatidan oldin tug‘dirib olish chastotasini 2 barobar va perinatal kasallanish 2,7 barobar kamaytirishga, yurak-qon tomir tizimining og‘ir asoratlangan holda homiladorlikning patologik yakunlanishi va keyingi homiladorliklarda asoratlarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirishi isbotlangan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filialida 13.06.2024 yildagi 01-06/540-sonli xamda Urgench filialida 15.06.2024 yildagi 75-I-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024yil 22 iyuldagi №04/39 – son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan algoritmni amalga oshirish hisobiga COVID-19ga bog‘liq miokarditli homiladorlarda yurak etishmovchiligi rivojlanishi chastotasini kamaytirish, homiladorlikni cho‘zish va muddatidan oldingi operativ tug‘ruqlar sonini, chala bolalar tug‘ilishini kamaytirish imkoniyatni oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19ga bog‘liq miokarditli homiladorlarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash hisobiga tabiiy tug‘ruq yo‘llaridan tug‘ishlar soni oshdi, statsionarda bo‘lish muddati 5 kundan 3 kungacha qisqardi, bu 2 kunda kamida 1 nafar homildor ayol uchun iqtisodiy ko‘rsatkich 3323500 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: COVID-19ga bog‘liq miokarditli homiladorlarni tekshiruvdan o‘tkazish, olib borish va davolash algoritmini joriy etish gipertenziv sindrom va og‘ir preeklampsiya, akusherlik va perinatal asoratlar chastotasini kamaytirdi. Homiladorlik paytida miokarditni o‘z vaqtida davolash tufayli 16,7 foiz ayollarda keyingi homiladorlikda miokardit latent fazaga o‘tdi.