Akramova Mahfuza Yuldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erta postnatal ontogenezda tuxumdon rivojlanishining morfologik va immunogistokimyoviy belgilari», 14.00.02 – Morfologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2624.
Ilmiy rahbar: Axmedov Shavkat Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Sayyora Muxamadovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xamidova Farida Muinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Osh davlat universiteti (Qirg‘iz Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: erta postnatal ontogenezda qiz bola chaqaloqlar tuxumdoni to‘qima-tuzilmalarining rivojlanishi, differensirovkasi, takomil topishining morfologik va morfometrik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi tug‘ilgan chaqaloqlar tuxumdonida gestatsiya davridagi patologiyalarga bog‘liq holda rivojlangan patomorfologik o‘zgarishlar, ya’ni primordial tuxum hujayralar po‘stloq qavatini to‘liq, mag‘iz qavatining chekka qismini egallaganligi, interstisial to‘qimasi deyarli yo‘qligi, undagi barcha tuzilmalar kam darajada differensiallanganligi aniqlangan;
chaqaloqlar 3 oylik davrida primordial tuxum hujayralar po‘stloq qavatini to‘liq egallaganligi, orasida degeneratsiya va atreziyalanganlar paydo bo‘lishi, oraliq to‘qimasida granulyoz va teka hujayralar kamligi, 6 oylik muddatda primordial tuxum hujayralar po‘stloq qavatning o‘rta sohasida joylashganligi, atrofida granulyoz va teka to‘qimasi o‘sib ko‘payganligi, mag‘iz qavat to‘liq takomil topmaganligi, 12 oylik davrda esa primordial tuxum hujayralar keskin kamayishi, har xil o‘lcham va shakldaligi, atreziyalanlari ko‘payishi, interstisiysida biriktiruvchi to‘qimaning keskin ko‘payishi, mag‘iz qavatda shish, miksamatoz, o‘simtalar va oq tanachalar paydo bo‘lishi aniqlangan;
erta postnatal davr dinamikasida tuxumdon to‘qima hujayralarida proliferatsiya markerining ekspressiyalanish darajasi kuchayib borishi, estrogen (ER-α) va progesteron (PR- α) reseptorlarining ham follikulalar epiteliy hujayralari, ham stroma tuzilmalarida ekspressiyalanishi har xilligi, bu esa to‘qima tuzilmalarining postnatal ontogenez davrda rivojlanish jarayonida gormonlarga nisbatan sezuvchanligidan dalolat berishi isbotlangan;
erta postnatal davr dinamikasida tuxumdon to‘qimasi tarkibida gistogenetik o‘zgarishlar yuz berishi tufali morfometrik jihatdan tuxumdon primordial tuxum hujayralar maydoni kamayishi, birlamchi follikulalar oshib borishi, interstisial to‘qimasi sezilarli darajada kengayishi, primordial follikula faollik ko‘rsatkichi kamayib borishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Erta postnatal ontogenezda tuxumdon rivojlanishining morfologik va immunogistokimyoviy belgilari bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: yangi tug‘ilgan chaqaloqlar tuxumdonida gestatsiya davridagi patologiyalarga bog‘liq holda rivojlangan patomorfologik o‘zgarishlar, ya’ni primordial tuxum hujayralar po‘stloq qavatini to‘liq, mag‘iz qavatining chekka qismini egallaganligi, interstisial to‘qimasi deyarli yo‘qligi, undagi barcha tuzilmalar kam darajada differensiallanganligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 10 noyabrda 03/126-son bilan tasdiqlangan «Erta postnatal davrda tuxumdonda yuz beradigan differentsiallanish jarayonlarini morfologik o‘zgarishlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy taviyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 13.02.2024 yildagi 8-son hamda Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 26.02.2024 yildagi 4-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yildagi 25 sentyabrdagi 06/106-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: erta va kechki postnatal davrlarda muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar tuxumdonining rivojlanish jarayonini orqada qolishini oldini olish maqsadida erta prognozlash va aniq tavsiyalar berildi. Iqtisodiy samaradorligi: reproduktiv yoshga etganda bepushtlik uchun amalga oshiriladigan «EKU» amaliyotiga sarflanadigan 4,5 mln so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: chaqaloqlar 3 oylik davrida primordial tuxum hujayralar po‘stloq qavatini to‘liq egallaganligi, orasida degeneratsiya va atreziyalanganlar paydo bo‘lishi, oraliq to‘qimasida granulyoz va teka hujayralar kamligi, 6 oylik muddatda primordial tuxum hujayralar po‘stloq qavatning o‘rta sohasida joylashganligi, atrofida granulyoz va teka to‘qimasi o‘sib ko‘payganligi, mag‘iz qavat to‘liq takomil topmaganligi, 12 oylik davrda esa primordial tuxum hujayralar keskin kamayishi, har xil o‘lcham va shakldaligi, atreziyalanlari ko‘payishi, interstisiysida biriktiruvchi to‘qimaning keskin ko‘payishi, mag‘iz qavatda shish, miksamatoz, o‘simtalar va oq tanachalar paydo bo‘lishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 10 noyabrda 03/126-son bilan tasdiqlangan «Erta postnatal davrda tuxumdonda yuz beradigan differentsiallanish jarayonlarini morfologik o‘zgarishlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy taviyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 13.02.2024 yildagi 8-son hamda Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 26.02.2024 yildagi 4-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yildagi 25 sentyabrdagi 06/106-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: muddatidan oldin tug‘ilgan va morfologik jihatdan etilmagan chaqaloqlar tuxumdonining 12 oy davomida rivojlanish jarayonini orqada qolishini oldini olish maqsadida erta prognozlash va aniq tavsiyalar berildi. Jumladan, chaqaloqlarni 3 oylik davrida skring tekshiruv va ertalabki siydik taxlili orqali jinsiy gormonlarning konsentratsiyasi aniqlanib, kelajakda reproduktiv a’zolarini rivojlanish dinamikasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Iqtisodiy samaradorligi: fertil yoshda farzand ko‘rishi uchun statsionar sharoitida «EKU» amaliyotini amalga oshirish uchun sarflanadigan o‘rtacha 4,5-5,5 mln so‘m byudjet mablag‘lari kechki postnatal davrda tuxumdonlardagi follikulalarning etarli miqdorda etishmasligi, primordial follikulalarning sklerozlanib atrofiyaga uchrashi va tuxum hujayralarining absolyut etishmasligini erta prognozlash natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: erta postnatal davr dinamikasida tuxumdon to‘qima hujayralarida proliferatsiya markerining ekspressiyalanish darajasi kuchayib borishi, estrogen (ER-α) va progesteron (PR- α) reseptorlarining ham follikulalar epiteliy hujayralari, ham stroma tuzilmalarida ekspressiyalanishi har xilligi, bu esa to‘qima tuzilmalarining postnatal ontogenez davrda rivojlanish jarayonida gormonlarga nisbatan sezuvchanligidan dalolat berishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 10 noyabrda 03/126-son bilan tasdiqlangan «Erta postnatal davrda tuxumdonda yuz beradigan differentsiallanish jarayonlarini morfologik o‘zgarishlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy taviyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 13.02.2024 yildagi 8-son hamda Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 26.02.2024 yildagi 4-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yildagi 25 sentyabrdagi 06/106-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: erta va kechki postnatal davrlarda muddatidan oldin tug‘ilgan va morfologik jihatdan etilmagan chaqaloqlar tuxumdonining 12 oy davomida rivojlanish jarayonini orqada qolishini oldini olish maqsadida erta prognozlash va aniq tavsiyalar berildi. Jumladan, chaqaloqlarni 3 oylik davrida skring tekshiruv va ertalabki siydik taxlili orqali jinsiy gormonlarning konsentratsiyasi aniqlanib, kelajakda reproduktiv a’zolarini rivojlanish dinamikasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Iqtisodiy samaradorligi: fertil yoshda farzand ko‘rishi uchun statsionar sharoitida «EKU» amaliyotini amalga oshirish uchun sarflanadigan o‘rtacha 4,5 mln so‘m byudjet mablag‘lari kechki postnatal davrda tuxumdonlardagi follikulalarning etarli miqdorda etishmasligi, primordial follikulalarning sklerozlanib atrofiyaga uchrashi va tuxum hujayralarining absolyut etishmasligini erta prognozlash natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: erta postnatal davr dinamikasida tuxumdon to‘qimasi tarkibida gistogenetik o‘zgarishlar yuz berishi tufali morfometrik jihatdan tuxumdon primordial tuxum hujayralar maydoni kamayishi, birlamchi follikulalar oshib borishi, interstisial to‘qimasi sezilarli darajada kengayishi, primordial follikula faollik ko‘rsatkichi kamayib borishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 10 noyabrda 03/126-son bilan tasdiqlangan «Erta postnatal davrda tuxumdonda yuz beradigan differentsiallanish jarayonlarini morfologik o‘zgarishlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy taviyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 13.02.2024 yildagi 8-son hamda Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 26.02.2024 yildagi 4-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yildagi 25 sentyabrdagi 06/106-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: erta postnatal davrda muddatidan oldin tug‘ilgan va morfologik jihatdan etilmagan chaqaloqlar tuxumdonining rivojlanish jarayonini orqada qolishini oldini olish maqsadida erta skring tekshiruv va ertalabki siydik taxlili orqali jinsiy gormonlarning konsentratsiyasi aniqlanib, kelajakda reproduktiv a’zolarini rivojlanish dinamikasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Iqtisodiy samaradorligi: fertil yoshda farzand ko‘rishi uchun statsionar sharoitida «EKU» amaliyotini amalga oshirish uchun sarflanadigan o‘rtacha 4,5-5,5 mln so‘m byudjet mablag‘lari chaqaloqlarni 8-12 oyligida ommaviy skring tekshiruvini amalga oshirishlik, bepushtlikni 40-75% oldini olish natijasida iqtisod qilinadi.