Berdiqulov Xudoyshukur Keldiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Biostimulyatorlarning Crotalaria juncea o‘simligini o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx.1205
Ilmiy rahbar: Artikova Lola Soatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy−tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldasheva Zulfiya Kamolovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor; Jumaboev Zuxriddin Mo‘minovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jizzax viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida krotalariya (Crotalaria juncea L.) o‘simligidan yuqori sifatli don hamda ko‘k massa hosili etishtirishda biostimulyatorlar qo‘llashning maqbul muddat va me’yorlarini ishlab chiqish hamda em-xashak etishtirish hajmini oshirish orqali qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikka erishishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Jizzax viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida krotalariya (Srotalaria juncea L.) o‘simligidan yuqori don hosildorligi va ko‘k massa etishtirishda “Uzgumi” va “Geogumat” biostimulyatorlarni qo‘llash muddatlari va me’yorlari ishlab chiqilgan;
krotalariya o‘simligidan yuqori don hosildorligiga erishishda “Uzgumi” biostimulyatori bilan urug‘ ekish oldidan 0,4 l/t me’yorida ishlov berilib, 3-4 chinbarg chiqarish davrida 0,5 l/ga, shonalash davrida 0,6 l/ga me’yorida, “Geogumat” biostimulyatori bilan urug‘ ekish oldidan 1,0 l/t me’yorida ishlov berilib, 3-4 chinbarg chiqarish davrida 1,6 l/ga, shonalash davrida 1,6 l/ga me’yorida bargi orqali qo‘llash yuqori samara berishi isbotlangan;
krotalariya o‘simligidan yuqori ko‘k massa hosildorligiga erishishda “Uzgumi” biostimulyatori bilan urug‘ ekish oldidan 0,4 l/t me’yorida ishlov berilib, 3-4 chinbarg chiqarish davrida 0,7 l/ga, shonalash davrida 0,8 l/ga me’yorida, “Geogumat” biostimulyatori bilan urug‘ ekish oldidan 1,0 l/t me’yorida ishlov berilib, 3-4 chinbarg chiqarish davrida 1,8 l/ga, shonalash davrida 1,8 l/ga me’yorida bargi orqali qo‘llash yuqori iqtisodiy samaradorlikka olib kelishi aniqlangan;
krotalariya urug‘larini ekish oldidan “Uzgumi” biostimulyatori bilan 0,4 l/t me’yorida ishlov berilib, 3-4 chinbarg chiqarish davrida 0,7 l/ga, shonalash davrida 0,8 l/ga me’yorida qo‘llash ildiz tizimida tuganak bakteriyalar sonini dukkaklash fazasida 39 dona/tup, pishish fazasida 34 dona/ga, urug‘ ekish oldidan “Geogumat” biostimulyatori bilan 1,0 l/t me’yorida ishlov berilib, 3-4 chinbarg chiqarish davrida 1,8 l/ga, shonalash davrida 1,8 l/ga me’yorida bargi orqali qo‘llash esa ildiz tizimida tuganak bakteriyalar dukkaklash fazasida 36 dona/tup, pishish fazasida 29 dona/tup gacha etishini ta’minlashi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Crotalaria juncea o‘simligini o‘sishi, rivojlanishi va hosil shakllanishiga stimulyatorlar qo‘llash muddat va me’yorlari ta’sirini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Jizzax viloyati sharoitida krotalariya (Srotalaria juncea L.) parvarishlashda stimulyatorlarning ahamiyati” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 27.05.2024 yildagi №05/05-02-356-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma fermer xo‘jaliklarida krotalariya (Srotalaria juncea L.) etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Krotalariya (Srotalaria juncea L.) etishtirishda biostimulyatorlarni qo‘llash texnologiyasi Paxtakor tumani “Olim oltin xirmoni” fermer xo‘jaligida 0,6 gektar, Arnasoy tumani “G‘allaorol gavxari” fermer xo‘jaligida 0,6 gektar, jami 1,2 gektar maydonga joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 27.05.2024 yildagi №05/05-02-356-son ma’lumotnomasi). Natijada krotalariyaga biostimulyatorlar ekish bilan 1,0 l/t; 3-4 chinbarg va shonalash davrlarida 1,6 l/ga qo‘llanganda yuqori samaradorlikka erishilgan;
Krotalariyaga biostimulyatorlar ekish bilan 1,0 l/t; 3-4 chinbarg va shonalash davrlarida 1,6 l/ga qo‘llab etishtirish texnologiyasi Paxtakor va Arnasoy tumanlarida joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 27.05.2024 yildagi №05/05-02-356-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali gektaridan 18,6-19,7 s don hosili olinib, rentabellik darajasi 90,7–103,5 foizga ortishiga erishilgan.