Akobirov Shuxrat Razitdinovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida “Hayot faoliyati havfsizligi” o‘quv kursini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2524.
 Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xudayqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv kursini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv kursini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari hayotiy tajribalarni oshirish imkonini oshirishga qaratilgan kognitiv-refleksiv, motivatsion-bashoratlovchi komponentlarini ta’lim maqsadlariga integrativ yaxlitlash hamda aksiologik faoliyatning salomatlik mezonlarini milliy madaniy va tarixiy meroslarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Hayot faoliyati xavfsizligi” kursini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli mustaqil fikrlash faolligini jadallashtirishga qaratilgan “xavfsiz yashash”, “hayotiy ko‘nikmalar”, “texnogen tahdid”, “xavfsizlik” tushunchalari  maqsadini modernizatsiyalash hamda ta’lim subektlarining harakat xaritasini “Fleshmob” va Skamper texnologiyalariga mos identiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv kursini o‘qitish metodikasi ekologik kompetentlikning tarkibiy elementlarini elektron ta’lim maydonidagi subekt-subekt munosabatlar barqarorligiga izchil moslashtirish hamda instrumental-konstruktiv va transformatsion faoliyat parametrlarini didaktik muhitning ta’limiy ehtiyojlariga maqsadli birlashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv kursini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi amaliy mashg‘ulotlarni maqsadli rejalashtirish hamda zamonaviy uslubiy baza, ko‘rgazmali qurollar va imitatsiya vositalaridan unumli foydalanish imkoniyatlarini intensiv kengaytirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hayot faoliyati havfsizligi” o‘quv kursini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv kursini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari hayotiy tajribalarni oshirish imkonini oshirishga qaratilgan kognitiv-refleksiv, motivatsion-bashoratlovchi komponentlarini ta’lim maqsadlariga integrativ yaxlitlash hamda aksiologik faoliyatning salomatlik mezonlarini milliy madaniy va tarixiy meroslarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 21-sentyabrdagi 11-05-5254/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada muassasalarida “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv kursini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Hayot faoliyati xavfsizligi” kursini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli mustaqil fikrlash faolligini jadallashtirishga qaratilgan “xavfsiz yashash”, “hayotiy ko‘nikmalar”, “texnogen tahdid”, “xavfsizlik” tushunchalari  maqsadini modernizatsiyalash hamda ta’lim subektlarining harakat xaritasini “Fleshmob” va Skamper texnologiyalariga mos idientiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 21-sentyabrdagi 11-05-5254/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv kursini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli mazmuni boyitilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv kursini o‘qitish metodikasi ekologik kompetentlikning tarkibiy elementlarini elektron ta’lim maydonidagi subekt-subekt munosabatlar barqarorligiga izchil moslashtirish hamda instrumental-konstruktiv va transformatsion faoliyat parametrlarini didaktik muhitning ta’limiy ehtiyojlariga maqsadli birlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 21-sentyabrdagi 11-05-5254/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv kursini o‘qitish metodikasini takomillashtirish metodlarini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv kursini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi amaliy mashg‘ulotlarni maqsadli rejalashtirish hamda zamonaviy uslubiy baza, ko‘rgazmali qurollar va imitatsiya vositalaridan unumli foydalanish imkoniyatlarini intensiv kengaytirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 - yil 21-sentyabrdagi 11-05-5254/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv kursini o‘qitish metodikasi samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish