Hasanov No‘monjon Raxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ma’danlashuv zonalarini qidirishda erni masofadan zondlash materiallarining kosmostrukturaviy va spektral omillari (Derbez – Ko‘kpatos maydonlari misolida)», 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/GM128.
Ilmiy rahbar: Nurxodjaev Anvarbek Koroxodjaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01.
Rasmiy opponentlar: Razikov Odil Taxirdjanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Asadov Akmal Ro‘zimurodovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Derbez-Ko‘kpatos maydonlarida raqamli kosmik tasvirlash ma’lumotlarini multifraktal qayta ishlash orqali istiqbolli maydonlarni ajratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
istiqbolli maydonlarni ajratish uchun raqamlashtirilgan geologik, geofizik, geokimyoviy ma’lumotlarni kompleks tahlil qilish imkonini beruvchi multifraktal qayta ishlash uslubiyoti ishlab chiqilgan;
relefda morfostrukturaviy belgilar bilan namoyon bo‘lgan ma’danlashuv zonalarini qidirishda erni masofadan zondlash (YMZ) materiallarining kosmostrukturaviy va spektral omillari asoslangan;
spektral kosmik tasvirlar yordamida tadqiqot hududida tarqalgan ma’danli va ma’dan qamrovchi jinslarni xaritalash imkonini beruvchi kombinatsiyalar yaratilgan;
ko‘pzonalli spektral kosmik tasvirlardan anomaliyalarni ajratish asosida, geologik va geofizik ma’lumotlarning kompleks belgilari orqali istiqbolli maydonlarni aniqlashning mualliflik texnologik sxemasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Derbez-Ko‘kpatos maydonlarida ma’danlashuv zonalarini qidirishda erni masofadan zondlash materiallarining kosmostrukturaviy va spektral omillarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
erni masofadan zondlash materiallarining spektral omillari “O‘zbek geologiya-qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 13 apreldagi 08-1319-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Derbez-Ko‘kpatos maydonlarida oltin va boshqa ma’danlarning endogen ma’danlashuv zonalarini aniqlash imkonini bergan;
multispektral tasvirlarni maxsus algoritmlar bilan qayta ishlash natijasida aniqlangan spektral omillar “O‘zbek geologiya-qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024-yil 13-apreldagi 08-1319-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Derbez-Ko‘kpatos maydonlarida mufassal geologik qidiruv ishlarini olib borishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
erni masofadan zondlash ma’lumotlarini multifraktal tahlil qilish usuli “O‘zbek geologiya-qidiruv” AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024-yil 13-apreldagi 08-1319-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yopiq hududlarda istiqbolli maydonlarni ajratishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish