O‘roqov Azimjon Narzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nanostrukturali silikat shishalarni olish va ularning fizik xususiyatlarini o‘rganish”, 01.04.04 – fizik elektronika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/FM469.
Ilmiy rahbar: Tashmuxamedova Dilnoza Artikbaevna, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2020.FM.55.04 Raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar:
Isaxanov Zinaobidin Abilpeyzovich, f.-m.f.d., katta ilmiy xodim.
Kurbanov Muzaffar Kadambaevich, f.-m.f.n. dotsent, Texnika fakulteti dekani.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Dissertatsiya ishining maqsadi: Legirlangan silikat shisha va yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchan materiallarini tarkibi, strukturasi va fizik xususiyatlarining o‘zgarish qonuniyatlarini eksperimental o‘rganish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor komponentlarning shisha yuzasida taqsimlanishi sezilarli darajada bir xil emasligi mikroskopiya usullari bilan ko‘rsatilgan, ya’ni legirlashdan so‘ng rutein atomlari sirtda aniqlanmasligi va ular asosan shishaning sirt osti qatlamiga singib ketishi aniqlangan;
T = 300 - 700 K harorat oralig‘ida legirlangan silikat shishaning qarshiligi R va termo EYuK S lar sezilarli darajada o‘zgarmasligi ko‘rsatilgan, T = 700 - 1200 K oralig‘ida esa R(t) va S(t) bog‘liqliklari sakrashga o‘xshash xususiyatga ega bo‘lib, bu strukturaviy o‘tishlarning paydo bo‘lishi bilan izohlanishi bilan 300-1200 K oralig‘ida namunalarning qarshiligi va termo EYuK koeffisentini haroratga bog‘liqligini yuqori aniqlikda avtomatik tarzda o‘lchash imkon beradigan Arduino Due mikrokontroller platasi va MAX31856MUD+ kuchaytirgich asosida o‘lchash qurilmasi yaratilish natijasida mazkur oraliq 77 K gacha kengaytirilgan;
T = 800 K bo‘lgan legirlangan silikat shishasi soviganda 1-2 nm oʻlchamdagi nanokristallar hosil boʻlishi koʻrsatilgan va birinchi marta Ba+ ionlari bilan implantatsiya qilingan CuOY2O3BaO ning taqiqlangan zona kenglini 9 marta oshishi, SiO2 + PbO silikat shishasida esa 2,5 marta kamayishiga olib kelishi koʻrsatilgan;
CuOY2O3BaO ga E0 = 0,5 keV energiyali Ba+ ionlari implantatsiya qilgandan so‘ng sirtda qalinligi 30 – 40 Å bo‘lgan CuO0.5Y0.5OBa3O2 turidagi nanoplyonkalar shakllanishi aniqlanishi natijasida o‘ta o‘tkazgichni T=80 K gacha sovutilganda fotoelektron chiqish ishining ortishi (~ 0,5 eV ga) va emissiya samaradorligining kamayishi kuzatilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Legirlangan silikat shishalar va yuqori haroratli o‘ta o‘tkazgichlarni yaratish, shuningdek, ion implantatsiyasi jarayonida ularning issiqlik o‘tkazuvchanligi, tarkibi, valent elektronlarning holatlar zichligi, energetik zonalar parametrlari, bitta qisman g‘alayonlashish energiyasi va plazmon tebranishlaridagi o‘zgarishlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asosida:
“Metal oksidlari bilan legirlangan silikatlarda termoelektrik xossalar va o‘z-o‘zini hosil qilish jarayonlari” Uzb-Ind-2021-78 loyihasining ilmiy-texnikaviy vazifalarini amalga oshirishda (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy univeisitetidan 2024 yil 26 yanvardagi 01/11-815-sonli ma’lumotnoma), xususan yuqori quvvatli energetikada, plyonkali silikat shishalarida keng foydalanish uchun mo‘ljallangan legirlangan silikat shishalar va YHO‘O‘ materiallardan samarali va arzon termoelektrik materiallar yaratish yo‘llarini aniqlashda samarali qo‘llanildi. Termoelektrik hodisalarga asoslangan zamonaviy tenzometrik datchiklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berilgan;
yangi termoelektrik materiallarni yaratish bo‘yicha olingan natijalar “Kvars” OAJ da qo‘llanilganda (2024 yil 7 maydagi “Kvars” OAJ ma’lumotnoma) list ko‘rinishidagi rangli, qoraytirilgan va toblangan oynalar, hamda boshqa turdagi shisha mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahsulotlarni sifatini, mustahkamligini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini bergan..

Yangiliklarga obuna bo‘lish