Aliev Abdulaziz Ismailovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Korxonalar faoliyatini raqamli marketing texnologiyalari asosida rivojlantirish”, 08.00.11–“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.2.PhD/Iqt2265.
Ilmiy rahbari: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Bobir Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor, Berdiyorov Temur Azamatovich, iqtisodiyot fanlari  falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tikuv-trikotaj korxonalarida raqamli marketing texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tikuv-trikotaj, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasidagi aloqa usullarining samarali elektron tizimlari va mijozlarga yo‘naltirilgan platformani loyihalash orqali kiyim-kechak, tikuv-trikotaj, to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni boshqarish tizimlari,  interaktiv dizayn tizim va to‘qimachilik mahsulotlarini sotishni rag‘batlantirish uchun elektron tijorat faoliyatini olib borishdagi integratsiyalashgan tizimni o‘zaro birlashtirish orqali takomillashtirilgan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi qoshidagi tikuv-trikotaj, to‘qimachilik korxonalari uchun samarali raqamli marketing platformalarini ishlab chiqishning ta’siri “aqlli tarmoqlar”, “aqlli ishlab chiqarish” va “aqlli korxonalar” uch elementi orqali tikuv-trikotaj, to‘qimachilik korxonalariga “Raqamli marketing metagallaktika” (Digital Marketing Metaverse) yagona tizimini joriy etish orqali takomillashtirilgan;
raqamli marketing faoliyati doirasidagi raqamli marketing sa’y-harakatlari vositalarining samaradorligini aniqlaydigan DMROI tahlili sifatida tikuv-trikotaj korxonalarida foydalanish uchun tegishli raqamli platformalarni joriy etish modeli sifatini namoyish etish orqali “past samaradorlik” (0.000)≤DMROI≤(0.330),   “o‘rtacha samaradorlik” (0,331)≤DMROI≤(0,660), “yuqori samaradorlik” (0,661)≤DMROI≤(1,000)  darajalarini baholashning joriy ko‘rsatkichlar bilan muvofiqligini ta’minlash asoslangan;
O‘zbekistonda to‘qimachilik mahsulotlari eksportiga ta’sir etuvchi omillarning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan trend modellari asosida 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli marketing texnologiyalari asosida korxonalar faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tavsiyalar va amaliy natijalar asosida:
tikuv-trikotaj, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasidagi aloqa usullarining samarali elektron tizimlari va mijozlarga yo‘naltirilgan platformani loyihalash orqali kiyim-kechak, tikuv-trikotaj, to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni boshqarish tizimlari,  interaktiv dizayn tizim va to‘qimachilik mahsulotlarini sotishni rag‘batlantirish uchun elektron tijorat faoliyatini olib borishdagi integratsiyalashgan tizimni o‘zaro birlashtirish orqali takomillashtirilgan usuli “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi  tomonidan amaliyotga joriy etilgan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi  2024-yil 3-maydagi, 03/25-922-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi “MAIRIN” MChJning mahsulotlarni sotishdan tushgan daromadlar 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 14,7 foizga oshgan va daromad ko‘rsatkichi 2022-yilda 7455,3 mln.so‘mni tashkil etgan.  
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi qoshidagi tikuv-trikotaj, to‘qimachilik korxonalari uchun samarali raqamli marketing platformalarini ishlab chiqishning ta’siri “aqlli tarmoqlar”, “aqlli ishlab chiqarish” va “aqlli korxonalar” uch elementi orqali tikuv-trikotaj, to‘qimachilik korxonalariga “Raqamli marketing metagallaktika” (Digital Marketing Metaverse) yagona tizimini joriy etish orqali takomillashtirilgan usuli “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi  tomonidan amaliyotga joriy etilgan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi  2024-yil 3-maydagi, 03/25-922-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi “HAMZA EXPO ART TEKSTIL” korxonasining tikuvchilik, to‘qimachilik mahsulotlari eksporti darajasi 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 20,7 foizga oshgan va eksport ko‘rsatkichi 2022-yilda 43469,5 mln.so‘mni tashkil etgan.
raqamli marketing faoliyati doirasidagi raqamli marketing sa’y-harakatlari vositalarining samaradorligini aniqlaydigan DMROI tahlili sifatida tikuv-trikotaj korxonalarida foydalanish uchun tegishli raqamli platformalarni joriy etish modeli sifatini namoyish etish orqali “past samaradorlik” (0.000)≤DMROI≤(0.330),   “o‘rtacha samaradorlik” (0,331)≤DMROI≤(0,660), “yuqori samaradorlik” (0,661)≤DMROI≤(1,000)  darajalarini baholashning joriy ko‘rsatkichlar bilan muvofiqligini ta’minlash asoslanganligi taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi  tomonidan amaliyotga joriy etilgan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi  2024-yil 3-maydagi, 03/25-922-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zto‘qimachiliksanoat”uyushmasi tarkibidagi “MONOMY” MChJning mahsulotlarni sotishdan tushgan daromadlar darajasi 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 12,9 foizga oshgan va daromad ko‘rsatkichi 2022-yilda 3841,3 mln.so‘mni tashkil etgan.
O‘zbekistonda to‘qimachilik mahsulotlari eksportiga ta’sir etuvchi omillarning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan trend modellari asosida 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi  tomonidan amaliyotga joriy etilgan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi  2024-yil 3-maydagi, 03/25-922-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida mazkur taklif to‘qimachilik korxonalarining 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda va mahsulot eksportining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish