Nematova Dilfuzaxon To‘lanboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishning sotsial omillari », 22.00.02 – “Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi” ixtisosligi bo‘yicha
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P295
Ilmiy rahbar: Matibaev Tasbo‘lat Baltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01
Rasmiy opponentlar:Umarov Abdusalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Muxtorov Azamat Muxtorovich,falsafa fanlari doktori,professor
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishga ijobiy ta’sir etuvchi sotsial omillarini aniqlash orqali oilalar kambag‘alligini qisqartirishga ko‘maklashuvchi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarda mehnat madaniyati talablarini singdirishda oila va mahallada ijtimoiy nazoratning tashkil etilishi natijasida shaffoflikni ta’minlovchi maqsadli dasturlar doirasida bandlikni erta o‘zlashtirilishi sotsiologik asoslangan;
jamiyat barqarorligini ta’minlashga ijobiy ta’sir etuvchi mehnat bozoridagi faol siyosat, mehnat sharoitining yaxshilanishi, ijtimoiy imtiyozlar, manzilli ijtimoiy himoya dasturlari, sog‘lom turmush tarzini qamrab oluvchi sotsial omillar aniqlangan;
jamiyat sotsial strukturasida o‘rta sinf qatlamini shakllantirishni mulk va daromad, kasb va ta’lim darajasi, millati va diniy mansubligi, siyosiy moyilligi, jinsi va yoshi, yashash joyi va geografik hududlarni hisobga olib optimallashtirilishi sotsiologik asoslantirilgan;
kambag‘allikni oldini olishga qaratilgan ijtimoiy yordam oluvchilar toifasi farzandlarining ta’lim olishi, sotsial himoyasini samarali ta’minlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha aqliy va jismoniy mashg‘ulotlarni olib borishida ijtimoiy volonterlar tizimini “mahalla ettiligi”da yo‘lga qo‘yilishi sotsiologik asoslantirilgan;
IV.Natijalarining joriy qilinganligi. O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishning sotsial omillari bo‘yicha tadqiqot natijalaridan:
yoshlarda mehnat madaniyati talablarini singdirishda oila va mahallada ijtimoiy nazoratning tashkil etilishi natijasida shaffoflikni ta’minlovchi maqsadli dasturlar doirasida bandlikni erta o‘zlashtirilishi sotsiologik asoslantirilganligiga oid ma’lumotidan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi deputatlari tomonidan QL-758 raqamli “Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasining 11 va 12-moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2022 yil 30 martdagi 01-01/91-son ma’lumotnomasi). Natijada Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari tomonidan kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqishda, shuningdek, partiya ustavi va saylovoldi platformasini ishlab chiqishda metodologik asos sifatida xizmat qilgan;
jamiyat barqarorligini ta’minlashga ijobiy ta’sir etuvchi mehnat bozoridagi faol siyosat, mehnat sharoitining yaxshilanishi, ijtimoiy imtiyozlar, manzilli ijtimoiy himoya dasturlari, sog‘lom turmush tarzini qamrab oluvchi sotsial omillar aniqlangan va ushbu ma’lumotlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish siyosatini yuritish va hududlarni kompleks rivojlantirish departamentlari faoliyatida foydalanish uchun qabul qilindi;
jamiyat sotsial strukturasida o‘rta sinf qatlamini shakllantirishni mulk va daromad, kasb va ta’lim darajasi, millati va diniy mansubligi, siyosiy moyilligi, jinsi va yoshi, yashash joyi va geografik hududlarni hisobga olib optimallashtirilishi sotsiologik ochib berilganligidan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi faoliyatida tadqiqot ishlarida foydalanilgan.Dissertant tomonidan taklif qilingan ushbu maxsus modifikatsiyalashtirilgan so‘rovnoma anketasi tadqiqot o‘bekti va predmetiga nisbatan tadqiqot metodikasi va texnikasini to‘g‘ri qo‘llanishi va muammoni tog‘ri to‘g‘ri taxlil qilishda o‘z samaradorligini ko‘rsatdi va Markaz faoliyatiga joriy qilindi;
kambag‘allikni oldini olishga qaratilgan ijtimoiy yordam oluvchilar toifasi farzandlarining ta’lim olishi, sotsial himoyasini samarali ta’minlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha aqliy va jismoniy mashg‘ulotlarni olib borishida ijtimoiy volonterlar tizimini “mahalla ettiligi”da yo‘lga qo‘yilishi orqali shaxsning kambag‘allikdan o‘rta sinfga o‘tkazish intensivligini ta’minlovchi sotsial mexanizm ishlab chiqilgan.
Ushbu yangilikO‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Kambagallikni qisqartirish siyosatini yuritish departamenti taxliliy materiallar va davriy hisobotlarni tayyorlash maqsadida qabul qilingan.