Asimova Feruza Abdusattorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik sanoat korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish mexanizimini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2400
Ilmiy maslahatchi: Yusupxodjaeva Gulchexra Baxadirxodjaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, v.v.b.professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar:. Tillyaxodjaev Muzaffarxodja Abdupattaxovich, fanlari doktori, dotsent; Umarxodjaeva Muyassar Ganievna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
     Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik sanoati korxonalarida innova-sion faoliyati samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kuchli raqobat muxiti sharoitida “Takro Osiyo” MChJ va “Hilale Textiles” MChJ to‘qimachilik korxonalariga investisiyalarni jalb etishda innovatsion faoliyatga ustuvorlik berish va shunga ko‘ra innovatsion rivojlanishni step by step strategiyasi asoslangan;
innovatsion rivojlantirishga ko‘ra “Takro Osiyo” MChJ to‘qimachilik korxonasi faoliyatini samarali rivojlantirishning 2023-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
innovatsion rivojlantirish sharoitida “Hilale Textiles” MChJ to‘qimachi-lik korxonasi faoliyatini samarali rivojlantirishning 2023-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonasi eksport salohiyatini oshirishga asos-langan istiqbolli mexanizim ishlab chiqarishni robotlashtirish, raqamli to‘quvni rivojlantirish va utilizatsiyalashning ekologik jihatlarini kuchay-tirishga ko‘ra takomillashtirlgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion faoliyaat samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kuchli raqobat muxiti sharoitida “Takro Osiyo” MChJ va “Hilale Textiles” MChJ to‘qimachilik korxonalariga investisiyalarni jalb etishda innovatsion faoliyatga ustuvorlik berish va shunga ko‘ra innovatsion rivojlanishni step by step strategiyasi bo‘yicha takliflar “Takro Osiyo”va “Hilale Textiles” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarni istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan hujjatlarini tayyorlashda va amaliy faoliyatiga joriy qilingan  (“O‘zto‘qima-chiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 22-avgustdagi 03/25-2214-son, “Takro Osiyo” MChJning 2024-yil 28-mart 61-son, “Hilale Textiles” MChJning 2024-yil 15-martdagi 28-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflar sanoat korxonalarining innovatsion faoliyatini faollashtirish va moliyaviy resurs-larni maqsadli yo‘nalitirshga ko‘ra sinergetik samarani va ishlab chiqarish hajmini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
innovatsion rivojlantirishga ko‘ra “Takro Osiyo” MChJ to‘qimachilik korxonasi faoliyatini samarali rivojlantirishning 2023-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlaridan “Takro Osiyo” mas’uliyati cheklangan jamiyat to‘qimachilik korxonasini stategik rivojlantirish hujjati va unga muvofiq daturni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat”  uyushmasining 2024-yil 22-avgustdagi 03/25-2214, “Takro Osiyo” mas’uliyati cheklangan jamiyatning 2024-yil 15-martdagi 28-son ma’lumotnomalari). Taklif ichki imkoniyatlardan samarali foydalanishga ko‘ra 2030-yilga kelib ishlab chiqarish harajatlarini kamytirish va foyda hajmini  0,12 foizga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
innovatsion rivojlantirishga ko‘ra “Hilale Textiles” MChJ to‘qimachilik korxonasi faoliyatini samarali rivojlantirishning 2023-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlaridan “Hilale Textiles” mas’uliyati cheklangan jamiyat to‘qimachilik korxonasini stategik rivojlantirish hujjati va unga muvofiq daturni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat”  uyushmasining 2024-yil 22-avgustdagi 03/25-2214, “Hilale Textiles” mas’uliyati cheklangan jasmiyatning 2024-yil28-mart 61-son, ma’lumotnomalari). Taklif ichki imkoniyatlardan samarali foydalanishga ko‘ra 2030-yilga kelib ishlab chiqarish harajatlarini kamytirish va foyda hajmini  0,12 foizga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonasi eksport salohiyatini oshirishga asos-langan istiqbolli mexanizim ishlab chiqarishni robotlashtirish, raqamli to‘quvni rivojlantirish va utilizatsiyalashning ekologik jihatlarini kuchaytirish takliflari “Hilale Textiles”va “Takro Osiyo” mas’uliyati cheklangan jamiyatlar amaliyotiga joriy qilingavn (“O‘zto‘qimachiliksanoat”  uyushmasi-ning 2024-yil 22-avgustdagi 03/25-2214 son,li “Hilale Textiles” MChJ 2024-yil 28-mart 61-sonli va “Takro Osiyo MChJning 2024-yil 15-martdagi 28-sonli ma’lumotnomalari). Taklifning joriy qilinishi Hilale Textiles”va “Takro Osiyo” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda eksport hajmini mas ravishda 2 faoizga  oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish