Rustamov Shavkat Yusubovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Digidrokversetin va F-18 alkaloidi konyugatining kardioprotektiv xususiyatini baholash», 03.00.02 – Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/B296.
Ilmiy rahbar: Usmanov Pulat Bekmuratovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo institute, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Nasirov Kobil Erkinovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xadjimetov Abdugafur Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: digidrokversetin flavonoidi va F-18 izoxinolin alkaloidi hamda ular asosida olingan DKV-11 konyugatining kardioprotektiv xususiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
F-18 alkaloidi, DGK flavonoidi va ularning konyugati DKV-11 ning musbat inotrop faollikka ega ekanligi aniqlangan;
F-18 alkaloidi, DGK flavonoidi va ularning konyugati DKV-11 ning musbat inotrop ta’siri Na+/K+-ATFaza tizimlari funksiyasini modulyasiyasi hisobiga Na+/Ca2+-almashinuvchiga teskari reversion rejimga olib kelishi orqali hamda  β2-AR-AS-sAMF-PKA kaskad reaksiyasi orqali Ca2+L-kanallarini faollashtirishi bilan amalga oshgan;
DGK, F-18, DKV-11 larning musbat inotrop ta’siri sarkoplazmatik retikulum Ca2+- ATFaza (SERCA2a) ni faollashtirilishi orqali amalga oshishi aniqlangan;
In vitro gipoksiya va oksidlovchi stress sharoitida DKV-11 kon'yugati DGK va F-18 larga ko‘ra yanada aniqroq kardioprotektor ta’sirga ega ekanligi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Digidrokversetin va F-18 alkaloidi konyugatining kardioprotektiv xususiyatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan yurak ishemik kasalliklarining oldini olish va davolash uchun kardioprotektiv vositaga, ixtiroga patent olindi (IAP № 06753. 2022 y.). Natijada, 2-(3,4-dihidroksifenil)-6-[1-(2'-bromo-4',5'-dimetoksifenil)-6,7-dimetoksi-3,4-dihidroizokinolin-2(1N)-il] metil-3,5,7-trihidroksi-xroman-4-on (DKV-11) gipoksiya va oksidlovchi stress tufayli yurak muskul qisqarish faolligidagi buzilishlarni samarali tuzatish imkonini bergan;
F-18 izoxinolin alkaloidi, digidrokversetin flavonoidi va ularning kon’yugati (DKV-11) ta’sir mexanizmi haqidagi ma’lumotlar yuqori impakt faktorli xorijiy ilmiy jurnallarda biologik ta’sirlarni tavsiflash uchun ishlatilgan (Molecules) 2023 Jan; 28(2), Scopus CiteScore-6,7, Eksperimentalnaya i Klinicheskaya Farmakologiya, 2023, 86(4), Scopus CiteScore-0,4 va Chemistry of Natural Compounds, 2023, 59(4), Scopus CiteScore-1,4). Natijada izoxinolin alkaloidlari va flavonoidlarning farmakologik xususiyatlari haqida mavjud ma’lumotlarni sezilarli darajada kengaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish