Toshmatova Go‘zal Odilxodjaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sut bezi kasalligi mastopatiyaning alimentar profilaktikasini maxsuslashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘llash orqali shakllantirish», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib393.

Ilmiy rahbar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Xudoyberganov Anatoliy Sagatboevich, tibbiyot  fanlari doktori, professor; Alimuxamedov  Dilshod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Sanitariya gigiena va kasb kasalliklari  ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: maxsuslashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarining mastopatiyada alimentar profilaktikasi va davolashni patogenetik asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

shahar sharoitida istiqomat qiluvchi ayollarning ko‘krak bezi patologiyasi bo‘yicha yoshga bog‘liq holda kasallikning o‘ziga  xosligi ochib berilgan;

yondosh kasalliklarning bemorlarda turli darajadagi abortlarining namoyon bo‘lishiga bog‘liq ravishda mastopatiyaning rivojlanish xavfi bashorat qilingan;

mastopatiyaning vujudga kelishida alimentar omilning o‘rni patologiyaning profilaktikasi va davolashida alimentar korreksiyasi, ya’ni yog‘lar va karbonsuvlarning ovqatlanishdagi o‘rni asoslangan;

ilk maratoba mastopatiya bilan xastalangan bemorlarda olib borilgan kuzatuvlar natijasida ovqat ratsionini korreksiyalashda kepakli bulochkaning tabiiy sog‘lomlashtiruvchi klinik samaradorligi  isbotlangan;

mastopatiya bilan xastalangan bemorlarda ijtimoiy gigienik xavf omillari, ayollarda kasallik profilaktikasini kuchaytirishda yondosh kasalliklar yetakchi omil ekanligi isbotlangann.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Sut bezi kasalligi mastopatiyaning alimentar profilaktikasini maxsuslashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarni qo‘llash orqali shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Mastopatiyani alimentar profilaktikasini gigienik asoslash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 iyundagi 8n-z/138-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma mastopatiya bilan og‘rigan ayollarni ovqatlanish ratsionini korreksiyalashga va ularning taomnomasini boyitishda tavsiya etilgan kepakli bulochkaning fizik-kimyoviy va tibbiy biologik xavfsizligini baholash imkonini bergan.

«Mastopatiya epidemiologiyasi va oldini olish chora-tadbirlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 iyundagi 8n-z/138-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma mastopatiya bilan xastalangan bemorlarda kasallikni tarqalishi,  davolash va xavf omillarini kamaytirish imkonini bergan.

«Ovqatlanish gigienasi»  o‘quv darsligi tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 iyundagi 8n-z/138-son ma’lumotnomasi). Mazkur darslik Toshkent tibbiyot akademiyasi bakalavr va magistr-talabalari uchun o‘qiladigan ma’ruza va o‘tiladigan amaliy mashg‘ulotlar davomida keng qo‘llanilgan.

Mastopatiya bilan og‘rigan ayollarni ovqat ratsionini korreksiyalash va bemorlarda yomon sifatli o‘smalarning oldini olish ularni hayot sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazinining mammologiya bo‘limiga, shahar onkologik dispanserining mammologiya bo‘limiga, Toshkent tibbiyot akademiyasi dietologiya ilmiy-amaliy markazi klinik amaliyotiga, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Gigiena kafedrasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘quv jarayoniga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 25 maydagi 8n-d/127-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkoniyatini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish