Raxmatullaeva Nigora Turgunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyo asosidagi ko‘mirli adsorbentlarni mo‘ridan chiquvchi tutunlarni yutilishida qo‘llashning kolloid-kimyoviy jihatlari», 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/K580.
Ilmiy rahbar: Jumaeva Dilnoza Juraevna texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor; Baxronov Xayot Nurovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: daraxt yog‘ochidan faollashtirib olingan Pp-PAU-A, PPAU-A hamda Mt-PAU-A sorbentida adsorbsion-kalorimetrik usulda SO2 ning adsorbsiya mexanizmini aniqlash hamda ularni atrof muhit muhofazasining echimi uchun tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Pp-PAU-A, PPAU-A hamda Mt-PAU-A adsorbentlarida kvadrupol SO2 molekulasi adsorbsiyasining izotermasi va asosiy termodinamik tavsiflari (ΔH, ΔF, ΔS) asosida faol markazlarning miqdori va ulardagi adsorbsiyalanish qonuniyatlari aniqlangan;
Pp-PAU-A adsorbentining dastlabki faol markazida kvadrupol SO2 adsorbsiyasida 4SO2:SI tetramer kompleksgacha 0,1 mmol/gga, keyingi faol markazi 0,125 mmol/g adsorbsiya miqdoriga karrali ravishda qonuniyatli sorbsiyalanishi va 4SO2:SII kompleks hosil bo‘lishi isbotlangan;
PPAU-A adsorbenti faol markazida SO2 adsorbsiyasida mono- va trimer (nSO2:S) komplekslar hosil qilishi SO2 ning Van-der-Vaals o‘zaro taʼsir kuchi orqali induksion effekt natijasi qo‘shimcha issiqlik ajralishi orqali asoslanilgan;
Mt-PAU-A adsorbentining I-koordinatsion sferasida pentamer 5SO2:S komplekslarini, shuningdek umumiy holda S:5SO2:5SO2 kompleksini hosil qilib, II-koordinatsion sferada adsorbat/adsorbat o‘zaro taʼsirlashuv asoslanilgan;
Mt-PAU-A adsorbentida SO2 adsorbsiya differensial entalpiyasi Pp-PAU-A va PPAU-A dan yuqorili va uning mikrog‘ovaklarini yuqori darajada faollashuvi isbotlangan;
SO2 ning to‘yinish bosimida MHTN tenglamalari asosida hisoblangan adsorbsiya miqdori Mt-PAU-A da PPAU-A dan 1,7 marta ko‘p, Pp-PAU-A dan 3,8 marta ko‘p ekanligi isbotlangan;
ilk marotaba Pavlovniya daraxti chiqindilari asosida yangi adsorbentlarini olishning noan’anaviy faollashtirish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pavlovniya daraxtining buddalangan shoxalari va po‘stloq qism chiqindisidan faollashtirib olingan uglerodli, yuqori sorbsion xususiyatli adsorbentlarni olish va ularning asosiy termodinamik xarakteristikalarini mikrokalorimetrik qurilmasida adsorbsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yog‘och ko‘mir asosida adsorbent olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan foydali modelga patenti olingan (FAP № 2480. 18.08.2023). Natijada, yangi turdagi sorbentlarni olishning usuli yordamida sorbsion materiallarni olishning imkonini bergan;
daraxt po‘stlog‘i va shoxa chiqindilari yordamida olingan Pp-PAU-A va PPAU-A hamda Mt-PAU-A adsorbentlarini faollashtirib olishning texnologiyasi «Farg‘ona neft-gaz» MChJning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona NQIZ» MChJning 2023 yil 13 sentyabrdagi 02-03-01/135-son ma’lumotnomasi). Natijada, Pp-PAU-A, PPAU-A hamda Mt-PAU-A adsorbentlarining asosiy termodinamik xarakteristikalari (ΔH, ΔF, ΔS va izotermasi) asosida ularning solishtirma sirt yuzasi va gazlarni yutishi bo‘yicha to‘liq adsorbsiya mexanizmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yordamida neft va gaz korxonalari tarmog‘ida qo‘llashning imkonini beradi;
an’anaviy va noan’anaviy usullarda faollashtirib olingan yuqori uglerodli Pp-PAU-A va PPAU-A hamda Mt-PAU-A tipidagi adsorbentlar ishtirokida tabiiy gazlarni tarkibidagi zaharli va zararli CO2 kabi toksik gazlardan tozalashning texnologiyasi «Farg‘ona NQIZ» MChJning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona NQIZ» MChJning 2023 yil 13sentyabrdagi 02-03-01/135-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy gazlarni tarkibidagi CO2 kabi zararli gazlarni ruxsat etilgan me’yor darajasigacha tozalashda import o‘rnini bosuvchi adsorbent sifatida foydalanilishi tufayli milliy valyutani tejash imkonini beradi.