Qulmurodov Ulug‘bek Islomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarining fuqaroviy-huquqiy maqomi”, 12.00.03 — Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1051.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kuldashev Nuriddin Abduganievich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, PhD/37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Barotov Mirodiljon Xomudjonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Shamsiddinova Ozoda Bo‘rievna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi IIV tizimidagi ta’lim muassasalarining fuqarolik muomalasida subekt sifatidagi ishtiroki, yuridik shaxs sifatidagi belgilari, fuqaroviy-huquqiy javobgarligining asoslari, ta’sischilarining subsidiar javobgarligi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni baholash va izohlash asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
IIV tizimidagi ta’lim muassasalarining faoliyatini yangi sifat darajasiga ko‘tarish maqsadida ularning fuqarolik muomalasidagi ishtirokini va qo‘shimcha daromad keltiradigan faoliyat turlarini yanada kengaytirish zarurati asoslangan;
IIV tizimidagi ta’lim muassasalarining xizmat ko‘rsatish tizimiga zamonaviy mexanizmlarni qo‘llagan holda investor va tadbirkorlik subektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida keng jalb etish zarurati asoslangan;
IIV tizimidagi ta’lim muassasalari tasarrufida bo‘lgan davlat ishtirokidagi korxonalarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish turlarini ko‘paytirish orqali ushbu muassasalarning qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini kengaytirish zarurati asoslangan;
IIV tizimidagi ta’lim muassasalari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalarini mustaqil hal qilish, ilmiy tadqiqot faoliyatiga mablag‘larni jalb etish imkoniyatini va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi raqobat muhitida ularning ishtirokini yanada kengaytirish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. IIV tizimidagi ta’lim muassasalarining fuqaroviy-huquqiy maqomini tadqiq etish natijasida quyidagi takliflar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan:
IIV tizimidagi ta’lim muassasalarining faoliyatini yangi sifat darajasiga ko‘tarish maqsadida ularning fuqarolik muomalasidagi ishtirokini va qo‘shimcha daromad keltiradigan faoliyat turlarini yanada kengaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (2017-yil 26-sentyabr, 767-son) qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi IIV akademik liseylari to‘g‘risida”gi nizomning 141-bandida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (2017-yil 1-dekabr, 958-son) qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 681-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 18-martdagi
12/1-442-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi IIV tizimidagi ta’lim muassasalarining pulli ta’lim xizmatlari va daromad keltiradigan faoliyatini kengaytirishga, shu orqali ularning moddiy-texnik va o‘quv bazasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
IIV tizimidagi ta’lim muassasalarining xizmat ko‘rsatish tizimiga zamonaviy mexanizmlarni qo‘llagan holda investor va tadbirkorlik subektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida keng jalb etish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2023-yil 5-dekabr, 679-son) buyrug‘ining 1 bandi 5 qismida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024-yil 20-martdagi 2/2-535-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi IIV tizimidagi ta’lim muassasalarining xizmat ko‘rsatish tizimi davlat-xususiy sheriklik asosida kengaytirilishiga hamda ta’lim sifatining yanada yaxshilanishiga xizmat qilgan;
IIV tizimidagi ta’lim muassasalari tasarrufida bo‘lgan davlat ishtirokidagi korxonalarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish turlarini ko‘paytirish orqali ushbu muassasalarning qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2023-yil 5-dekabr, 679-son) buyrug‘i 2-bandi “a” qismining 2 va 3 kichik qismlarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024-yil 20-martdagi 2/2-535-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi muassasaning asosiy faoliyatiga ta’sir qilmagan holda qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
IIV tizimidagi ta’lim muassasalari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalarini mustaqil hal qilish, ilmiy tadqiqot faoliyatiga mablag‘larni jalb etish imkoniyatini va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi raqobat muhitida ularning ishtirokini yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2023-yil 5-dekabr, 679-son) buyrug‘ining 2-bandi “v” qismining 2 kichik qismida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024-yil 20-martdagi 2/2-535-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarining pulli xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirishga xizmat qilgan.