Ismanov Isomiddin Baxriddinovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Oshiqcha xavf manbayi tomonidan etkazilgan zarar uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikni takomillashtirish”, 12.00.03. – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Yu1293.
Ilmiy rahbar: Madumarov Talantbek Tolibjonovich, yuridik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti  DSs.32/30.12.2020. Yu.74.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Axmadjonov Baxtiyorjon Usubjonovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi OXM tomonidan etkazilgan zarar uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikni takomillashtirishga oid ilmiy-nazariy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashishlar xavfsizligi – texnogen (texnik va texnologik) xususiyatga ega tahdidlardan transport vositasi harakatlanish jarayonining hamda transport vositasining o‘zining himoyalanganlik holatini ta’minlash ekanligi asoslantirilgan;
tashishlar xavfsizligiga oid qoidabuzarliklar va ularning fuqarolar hayotiga yoki sog‘lig‘iga, jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga, atrof-muhitga zarar etkazilishiga sabab bo‘ladigan oqibatlari yuzaga kelishining yo‘l qo‘yilmaydigan xavfi mavjud bo‘lmasligi asoslangan;
transportga oid faoliyat – yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kurerlik jo‘natmalarini avtomobil, temir yo‘l, havo, suv transportida yoki ushbu transport turlari uyg‘unligida tashish hamda ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkiliy va texnologik operatsiyalarni hamda shartnoma asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda bajariladigan xizmatlar bilan bog‘liq faoliyat ekanligi asoslantirilgan;
transport tashkiloti, tashuvchi, aralash tashishlarda esa aralash tashishlar operatori zarar jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyosizligi yoki engib bo‘lmas kuch holatlari oqibatida yuzaga kelganligini isbotlay olmasa, tashish chog‘ida yo‘lovchining o‘limi yoki uning sog‘lig‘iga zarar etkazilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
“Texnogen (texnik va texnologik) xususiyatga ega tahdidlardan transport vositasi harakatlanish jarayonining hamda transport vositasining o‘zining himoyalanganlik holatini ta’minlash tashish xavfsizligi ekanligiga” oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 9-avgustdagi “Transport to‘g‘risida”gi O‘RQ-706-son qonuni 4-moddasining oltinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2023-yil 17 sentyabrdagi 14-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi tashish xavfsizligi tushunchasini aniqlashtirish va tegishli munosabatlardagi xavfsizlik holatini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
tashishlar xavfsizligiga oid qoidabuzarliklar va ularning fuqarolar hayotiga yoki sog‘lig‘iga, jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga, atrof-muhitga zarar etkazilishiga sabab bo‘ladigan oqibatlari yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yilmaydigan xavfi mavjud bo‘lmasligiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 9-avgustdagi “Transport to‘g‘risida”gi O‘RQ-706-son qonuni 4-moddasining oltinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2023 yil 17 sentyabrdagi 14-son dalolatnomasi). Ushbu taklif fuqarolar hayotiga yoki sog‘lig‘iga, jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga, atrof-muhitga zarar etkazilishiga sabab bo‘ladigan oqibatlarini aniqlash va bartaraf etishga asos bo‘lgan;
yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kurerlik jo‘natmalarini avtomobil, temir yo‘l, havo, suv transportida yoki ushbu transport turlari uyg‘unligida tashish hamda ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkiliy va texnologik operatsiyalarni hamda shartnoma asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda bajariladigan xizmatlar bilan bog‘liq faoliyat transportga oid faoliyati ekanligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 9-avgustdagi “Transport to‘g‘risida”gi O‘RQ-706-son qonuni 4-moddasining o‘n beshinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2023-yil 17-sentyabrdagi 14-son dalolatnomasi). Mazkur taklif OXM sifatida transportga oid faoliyatni aniqlashga imkon bergan;
transport tashkiloti, tashuvchi, aralash tashishlarda esa aralash tashishlar operatori zarar jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyosizligi yoki engib bo‘lmas kuch holatlari oqibatida yuzaga kelganligini isbotlay olmasa, tashish chog‘ida yo‘lovchining o‘limi yoki uning sog‘lig‘iga zarar etkazilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘lishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 9-avgustdagi “Transport to‘g‘risida”gi O‘RQ-706-son qonuni 40-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2023-yil 17-sentyabrdagi 14-son dalolatnomasi). Mazkur taklif OXM egasi sifati tashuvchining etkazilgan zararni qoplash majburiyatini aniqlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish