Hotamov Homid Sulaymonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy Majlis Senatining ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.02 -“ Konstitutsiyaviy huquq, Ma’muriy huquq, Moliya va Bojxona huquqi” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1142.
Ilmiy rahbar: Zulfiqorov Sherzod Xurramovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Turgunov Oybek Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor; Asadov Shavkat G‘aybullaevich, yuridik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Oliy Majlis Senatining mutlaq vakolatlari doirasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosi ustidan nazorat qilishni kiritish zarurligi asoslangan;
Oliy Majlis Senati tomonidan amaldagi qonunlarda mavjud bo‘lgan huquqiy bo‘shliqlar va nomuvofiqliklarni bartaraf qilish uchun qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishi zarurligi asoslangan;
Senat qo‘mitalari huzurida tuzilgan ekspert guruhlarining qonunlarni muhokama qilish, nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazishga oid faoliyatining zarurligi, qo‘mitalarning qarorlari majlisda ishtirok etayotgan Ekspert guruhi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinishi asoslantirilgan;
Oliy Majlis Senati tomonidan hududiy davlat organlari faoliyati ustidan amaldagi qonunlarga rioya etilishi yuzasidan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari orqali nazorat qilish mexanizmi asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
Oliy Majlis Senatining mutlaq vakolatlari doirasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qabul qilish zarurligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-666-son Qonunining 5-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023-yil 24-avgustdagi 58-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi Oliy Majlis Senatining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan hududiy dasturlarda belgilangan vazifalar uchun zarur mablag‘larning davlat byudjetida ko‘zda tutilishini ta’minlashga xizmat qilgan;
parlament so‘roviga, senator so‘roviga javob o‘z nomiga so‘rov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanishi zarurligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-avgustdagi O‘RQ-631-son Qonunining 1-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023-yil 24-avgustdagi 58-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi parlament nazorati tadbirlari samaradorligini yanada oshirib, parlament so‘rovi, senator so‘rovining to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining davlat organlari rahbarlari axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha qarorining tegishli davlat organi tomonidan ijro etish va tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-avgustdagi O‘RQ-631-son Qonuni 4-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023-yil 24-avgustdagi 58-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi parlament nazorati tadbirlarining samaradorligi, xususan, davlat organlari rahbarlari axborotini eshitishning sifati oshishiga olib kelgan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga ijro etish uchun yuborilishi zarurligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-666-son Qonunining 6-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2023-yil 24-avgustdagi 58-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi mahalliy Kengashlar tomonidan qarorlarni qabul qilishda Konstitutsiya va amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilishni ta’minlashga xizmat qilgan;
“O‘zbekiston Respublikasi OIiy Majlisining Senati to‘g'risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g'risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi OIiy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g'risida”gi va “Parlament nazorati to‘g'risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari moddalaridagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” degan so‘zlarni “davlat hokimiyati organlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 10-iyuldagi 3/08-116-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi Senat faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi qonunlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirishga, qonunlarning aniq va bir xilda qo‘llanilishiga xizmat qilgan.