Erkaboev Azizbek Asilbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarni nazorat qilish va ularning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashning xalqaro huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari», 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Yu1585.
Ilmiy rahbar: Umarxanova Dildora Sharipxanovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Ilmiy kengash muassasasi nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldosheva Govxerjan, yuridik fanlar doktori, professor; Musaev Jamaliddin Kamolovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish, hamda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi muammosini hal qilishda Markaziy Osiyo davlatlari yondashuvlarini birlashtirishning mumkin bo‘lgan yo‘llarini ochib berishdan iborat.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tegishli va o‘z vaqtida javob choralarini ko‘rish uchun Markaziy Osiyoda narkovaziyatning o‘zgarishlarini bashorat va xabardor qilish mexanizmini yaratish zarurligi asoslab berilgan.
xorijiy mamlakatlarga sayohat qilayotgan mehnat muhojirlarining giyohvand moddalar savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarga aloqadorlik xavfi to‘gʻrisida xabardorligini oshirish choralarini takomillashtirish zaruriyati asoslantirilgan;
nazorat qilinadigan giyohvandlik vositalari nomi kengaytirilib, kationlar va ularning hosilalarini sintetik giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritish va kuchli ta’sir kiluvchi moddalarning noqonuniy aylanishini ustidan samarali davlat nazoratini ta’minlash asoslantirilgan;
giyohvand vositalarni xalqaro nazorat ostida etkazib berish usulidan foydalangan holda operatsiyalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar tayyorlash zarurligi asoslantirib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
tegishli va o‘z vaqtida javob choralarini ko‘rish uchun Markaziy Osiyoda narkovaziyatning o‘zgarishlarini bashorat va xabardor qilish mexanizmini yaratish zarurligi to‘gʻrisidagi taklifi 2024-2028-yillarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarini noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazining 2023-yil 31-avgustdagi 2/400-son dalolatnomasi). Ushbu taklif giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazi faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilgan;
xorijiy mamlakatlarga sayohat qilayotgan mehnat muhojirlarining giyohvand moddalar savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarga aloqadorlik xavfi to‘gʻrisida xabardorligini oshirish choralarini takomillashtirish zaruriyati to‘gʻrisidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024–2028-yillarga mo‘ljallangan giyohvandlikka qarshi kurash Milliy strategiyasi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazining 2023-yil 31-avgustdagi 05-558-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi mehnat muhojirlari o‘rtasida giyohvand moddalar savdosi sohasidagi jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirishga yordam bergan;
giyohvand vositalarni xalqaro nazorat ostida etkazib berish usulidan foydalangan holda operatsiyalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar tayyorlash zarurligi to‘gʻrisidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024–2028-yillarga mo‘ljallangan giyohvandlikka qarshi kurash Milliy strategiyasi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazining 2024-yil 16-maydagi 05-362-son dalolatnomasi). Uslubiy tavsiyalar huquqni muhofaza qilish organlari amaliyotiga giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining nazorat ostida etkazib berish usuli bilan transmilliy giyohvand vositalar savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarni fosh etishning maqbul usullaridan biri hisoblangan;
nazorat qilinadigan giyohvandlik vositalari nomi kengaytirilib, kationlar va ularning hosilalarini sintetik giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritish va. kuchli ta’sir kiluvchi moddalarning noqonuniy aylanishini ustidan samarali davlat nazoratini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024–2028-yillarga mo‘ljallangan giyohvandlikka qarshi kurash Milliy strategiyasi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazining 2023-yil 31-avgustdagi 05-558-son dalolatnomasi). Ushbu o‘zgarishlarning kiritilishi kuchli ta’sir kiluvchi moddalarning noqonuniy aylanishini tashkil etuvchi jinoyatlarning kvalifikatsiyasiga oid qonunchilikdagi bo‘shliqlarni to‘ldiradi va ularning huquqiy aylanmasi ustidan samarali davlat nazoratini ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish