Atabaev Farrux Baxtiyarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ikkilamchi mineral xomashyo resurslari asosida energiya sig‘imi kam klinkerlar va sementlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.15–Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/T118.
Ilmiy maslahatchi: Eminov Ashraf Ma’murovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Raximboy Atajanovich, texnika fanlari doktori, professor; To‘laganov Abduqobil Abdunabievich, texnika fanlari doktori, professor; Taymasov Baxitjan, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar va texnogen chiqindilar asosida portlandsement klinkeri hamda qo‘shimchali sementlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qayta ishlangan po‘lat eritish toshqoli, vol`fram rudalarini ikkilamchi boyitish chiqindisi va xrizotilsement chiqindilaridan xomashyo komponenti sifatida foydalanib, klinker olish uchun xomashyo aralashmalarining tarkiblari ishlab chiqilgan va asosiy klinker minerallari miqdori bo‘yicha optimallashtirilgan;
yangi tarkibdagi xomashyo aralashmalarining reaksiyaga kirishish qobiliyatlari va ular kuydirilganda yuqori harorat ta’sirida kechadigan klinker minerallari hosil bo‘lish jarayonlari isbotlangan;
mineral texnogen chiqindilardan foydalanib klinker olish uchun tuzilgan xomashyo aralashmalarining va klinker kuydirish jarayonining eng maqbul kimyoviy texnologik ko‘rsatkichlari, bu klinkerlardan olingan sementlarning fizik-mexanik xossalari aniqlangan;
qayta ishlangan po‘lat eritish toshqoli va vol`fram rudalarini ikkilamchi boyitish chiqindilarining sement qo‘shimchasi sifatidagi zarur xossalari asosida olingan qo‘shimchali sementlarning tarkiblari optimallashtirilgan va olish texnologiyalari ishlab chiqilgan;
yangi tarkibdagi qo‘shimchali portlandsementlarning fizik-mexanik xossalari, ular qotayotganda kechadigan fizik-kimyoviy o‘zgarishlar, hosil bo‘layotgan sement toshining strukturasi va fizik-mexanik xossalari shakllanishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklari isbotlangan;
ho‘l xrizotilsement chiqindilariga aylanma pechlardan yuqori (1000-1200) ºS haroratda cho‘g‘lanib chiqayotgan klinker qatlamida termik ishlov berib, faol qo‘ndirma-qo‘shimcha hosil qilish hisobiga ularning gidravlik faolligini oshirish usuli, qo‘ndirma-qo‘shimchali klinker va undan xrizotilsement buyumlari uchun portlandsement olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kam energiya sig‘imli klinkerlar va qo‘shimchali sementlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xrizotilsement chiqindisini termofaollashtirib qo‘ndirma-qo‘shimchali olingan klinker uchun tashkilot standarti «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Ts 00295455-04:2015). Natijada xrizotilsement chiqindilarini cho‘g‘lanib turgan klin-ker qatlamida termik faollashtirib, qo‘ndirma-qo‘shilmali klinker ishlab chiqarish imkonini bergan;
xrizotilsementli buyumlar ishlab chiqarishda foydalanish uchun xrizotilsement chiqindisiga tashkilot standarti «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Ts 00295455-16:2016). Natijada turli assortimentdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun ushbu texnogen chiqindidan xomashyo sifatida foydalanish imkonini bergan;
qayta ishlangan po‘lat eritish toshqolini klinker olishda va sementga qo‘shimcha sifatida ishlatish uchun tashkilot standarti «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (TS 00186200-09:2017). Natijada «O‘zmetkombinat» AJda ushbu chiqindini sotuvga chiqarish imkonini bergan;
qayta ishlangan po‘lat eritish toshqoli asosida qo‘shimchali va kompozision sementlar olish texnologiyasi «Bekobodsement» AJda amaliyotga joriy etilgan («Bekobodsement» AJning 2018 yil 30 martdagi RA/90-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘shimchali va kompozision portlandsement ishlab chiqarishni sanoat miqyosida yo‘lga qo‘yish imkonini bergan;
xrizotilsement buyumlar ishlab chiqarishga portlandsement uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O\'z DSt 913-2017). Natijada termik faollashtirilgan qo‘ndirma-qo‘shilmali klinkerdan xrizotilsement buyumlar ishlab chiqarish uchun portlandsement olish sanoat miqyosida yo‘lga qo‘yish imkonini bergan;
yangi usulda termofaollashtirilgan xrizotilsement qo‘ndirma-qo‘shimchali klinker va undan xrizotilsement buyumlar uchun portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi «Qizilqumsement» AJda amaliyotga joriy etilgan («Qizilqumsement» AJning 2018 yil 7 fevraldagi AT 02-36/336-son, «O‘zqurilishmateriallari» AJning 2018 yil 2018 yil 26 fevraldagi TM-1/03-599-son ma’lumotnomalari). Natijada hozirda narxi qimmat bo‘lgan klinkerni 5%gacha iqtisod qilish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, xrizotilsement buyumlar ishlab chiqarishda portlandsementning tannarxini pasaytirish imkonini bergan.