Maxkamov Navruzjon Tuxtamishovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Sifat menejmenti usullari asosida korxonalarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish” (Povishenie sotsial`no-ekonomicheskoy effektivnosti predpriyatiy na osnove metodov upravleniya kachestvom), 08.00.13 - “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2647
Ilmiy rahbar: Nasimov Dilmurod Abdulloevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2022.1.101.04  raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Tursunkulov Inom Abduxalilovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda sifat menejmentining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: “Samarkand Garden Plast” QK MChJ menejmenti tizimini rivojlantirish bo‘yicha xarajatlarni optimallashtirishga ko‘ra mehnat unumdorligini oshirish, xodimlarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, mehnat xarajatlarini kamaytirish, real va potensial mijozlar bilan muloqot olib borish asosida umumiy daromadni oshirish asoslab berilgan;
korxonaning eksport salohiyati va iqtisodiy samaradorligini xalqaro sertifikatlar olishni tashkil etuvchi konsalting kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro sertifikatlarga erishish xarajatlarini qoplab berish, brend mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan ausorsing amaliyotini qo‘llash asosida oshirish asoslangan;
sifat menejmenti tizimining rivojlanishini baholash yondashuvi sifat menejmenti tizimini monitoring qilishning maqsad/natijalari va jarayonda ishtirok etuvchi subektlar manfaatlarini muvofiqlashtirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
korxona sifat menejmenti tizimida xalqaro standartlarni qo‘llash va ishlab chiqarish jarayonlarini texnik jihatdan tartibga solishda xalqaro talablarga moslashuvchan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, mahsulotlar raqobatbardoshligini ichki imkoniyatlarga ko‘ra oshirish kabi takliflari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sifat menejmenti usullari asosida korxonalarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
“Samarkand Garden Plast” QK MChJ menejmenti tizimini rivojlantirish bo‘yicha xarajatlarni optimallashtirishga ko‘ra mehnat unumdorligini oshirish, xodimlarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, mehnat xarajatlarini kamaytirish, real va potensial mijozlar bilan muloqot olib borish asosida umumiy daromadni oshirish taklifi “Samarkand Garden Plast” QK MChJ bo‘yicha 2022 yil 28-oktyabrdagi 79-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy qilingan hamda Savdo-sanoat palatasi tizimida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 24-iyundagi 9/04-25-10531-sonli ma’lumotnomasi; “Samarkand Garden Plast” QK MChJ 2024-yil 17-maydagi 46/1-sonli xati). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi korxona daromadini 500 ming AQSh dollariga oshirilishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
korxonaning eksport salohiyati va iqtisodiy samaradorligini xalqaro sertifikatlar olishni tashkil etuvchi konsalting kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro sertifikatlarga erishish xarajatlarini qoplab berish, brend mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan ausorsing amaliyotini qo‘llash asosida oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga kiritilgan, mazkur takliflar Savdo-sanoat palatasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 24-iyundagi 9/04-25-10531-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif, jumladan korxonalarda jamoaviy ruhni rivojlantirish, inson kapitalidan samarali foydalanish, monitoring sifatini oshirishga ko‘ra boshqaruv qarorlari samaradorligini ko‘tarish kabilarga muayyan darajada xizmat qilgan;
sifat menejmenti tizimining rivojlanishini baholash yondashuvi sifat menejmenti tizimini monitoring qilishning maqsad/natijalari va jarayonda ishtirok etuvchi subektlar manfaatlarini muvofiqlashtirishga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Korxonalarning sifat menejmenti tizimlarini qo‘llash faoliyatini o‘rganish Dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 24-iyundagi 9/04-25-10531-sonli ma’lumotnomasi). Taklif sifat menejmenti tizimini rivojlantirish jarayonining maqsad natijalarini muvofiqlashtirishga ko‘ra faoliyat samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
korxona sifat menejmenti tizimida xalqaro standartlarni qo‘llash va ishlab chiqarish jarayonlarini texnik jihatdan tartibga solishda xalqaro talablarga moslashuvchan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, mahsulotlar raqobatbardoshligini ichki imkoniyatlarga ko‘ra oshirish kabi takliflari Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan nizomlarga kiritilgan va Savdo-sanoat palatasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 24-iyundagi 9/04-25-10531-sonli ma’lumotnomasi). Taklif korxona faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, ishlab chiqarishni texnik jihatdan tartibga solish va mahsulotlar raqobatbardoshligini ichki imkoniyatlarga ko‘ra oshirish chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish