Sobirova Ma’mura Mirabdulla qizining
alsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Shahar temirbeton ko‘prik inshootlarining texnik holatini baholash va prognozlash usullarini takomillashtirish (Toshkent shahri misolida)”, 05.09.02 – “Geotexnika” (Ko‘priklar, transport tonnellari va metropolitenlar) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4022.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedov Ulugbek Zabixullaevich – texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Sharafitdin Sayfitdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Nishonov Ne’matilla Asatillaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtomobil yo‘llaridagi shahar temirbeton ko‘prik inshootlarining texnik-ekspluatatsion holatini baholash va prognozlash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekspluatasiyadagi shahar temirbeton ko‘prik inshootlarining texnik holatini batafsil baholashda ularning ekspluatatsion ishonchliligi va umrboqiyligini ta’minlash orqali to‘rt pog‘onali innovatsion yondashuv ishlab chiqilgan;
ekspluatasiyadagi shahar ko‘prik inshootlarining texnik holatini salbiy ta’sir omillari asosida to‘rt pog‘onali innovatsion yondoshuv orqali ularning texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash mezonlari takomillashtirilgan;
texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarining baholash mezonlari orqali shahar temirbeton ko‘prik inshootlarining texnik holatini matematik modeli asosida ularni baholash va prognozlash usullari ierarxiyalar tahlili hamda MPriority 1.0 dasturidan foydalangan holda takomillashtirilgan;
ko‘prik inshootlarini yagona tizimga keltirish hamda kuchlanganlik- deformatsiyalanganlik holatini baholash va prognozlash asosida yaratilgan “Raqamli ko‘prik monitoringi” geoaxborot elektron platformasi orqali ularning faol monitoringini olib borish tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shahar ko‘prik inshootlarining texnik holatini baholash va prognozlash usullarini takomillashtirish (Toshkent shahri misolida) bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishida olingan natijalar asosida:
    shahar temirbeton ko‘prik inshootlarining texnik holatini baholash va prognozlashning takomillashtirilgan usuli Toshkent shahar hokimyati Obodonlashtirish bosh boshqarmasi Shahar sun’iy inshootlardan foydalanish, ularni saqlash va ta’mirlashga ixtisoslashtirilgan boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Toshkent shahar hokimligi obodonlashtirish bosh boshqarmasining 2024-yil 20-maydagi, 6/1073-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, temirbeton ko‘prik inshootining rigelini ekspluatatsion ishonchliligini oshirish uchun bajarilgan ishlar o‘zaro taqqoslanganida erishiladigan iqtisodiy samaradorlik – “Matoli kompozit materiallar”da 335.4mln so‘m (57.8%) va taklif etilayotgan “Muhandislik konstruksiyalarni monitoring tizimi” usul qo‘llanilganda 220.5mln so‘m (38.0%)ni tashkil qildi. Eng asosiysi, taklif etilgan echim ekspluatatsiya jarayonida bajariladigan ta’mirlov ishlarini keskin tarzda arzonlashtirgan;
    Toshkent shahrida joylashgan “Gavhar” va “Bunyodkor” ko‘chalari kesishmasidagi yo‘l o‘tkazgichning texnik holatini zamonaviy uskunalardan foydalangan holda diagnostika qilish jarayonida amaliyotga joriy etilgan (Toshkent shahar hokimligi obodonlashtirish bosh boshqarmasining 2024-yil 20-maydagi, 6/1073-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nuqson va shikastlanishlarni bartaraf etish uchun matoli kompozision materiallar asosida kuchaytirish usuli orqali temirbeton ko‘prik inshootining yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirishga (SikaWrap 530 C/300 kuchaytirilganda – 39%ga, CarbonWrap Tape-230/600 kompozit materialidan foydalanib kuchaytirilganda – 24%ga) erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish