Norov Mirvoxid Charievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorin bo‘shlig‘ining ichi bo‘sh a’zolarining yopiq jarohatlarini tashxislash va davolashni takomillashtirish yo‘llari», 14.00.27 – «Xirurgiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3405.
Ilmiy rahbar: Mustafakulov Ishnazar Boynazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Sigua Badri Valerievich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: I.I. Djanelidze nomidagi Sankt-Peterburg shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
zamonaviy diagnostika usullarini qo‘llash va yangi davolash-diagnostika algoritmini ishlab chiqish orqali qorin bo‘shlig‘i kovak a’zolarining yopiq shikastlanishlarini tashxislash va davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qorin yopiq shikastlanishida kuzatiladigan kovak a’zolari jarohatlarining og‘ir kechishi ehtimolligini bashorat qilish integral shkalasi yuqori sezuvchanlikka (o‘rtacha 82,5%), o‘ziga xoslikga (o‘rtacha 77,8%) va umumiy aniqlikka (o‘rtacha 78,9%) ega va qorin bo‘shlig‘i kovak a’zolarining yopiq jarohatlanish xususiyatlarni belgilashi asoslangan;
qorin yopiq shikastlanishi bilan bemorlarda kovak a’zolarning jarohatlarini davolash taktikasini tanlash kompyuter dasturi laparoskopik operatsiyalar uchun aniq ko‘rsatmalar va karshi kursatmalar (shkala bo‘yicha I-III darajali kovak a’zolar shikastlanishlari, ahvoli stabil va qon yo‘qotish 500 ml gacha bo‘lgan taqdirda, laparoskopik usulda samarali operatsiya qilinishi mumkin; shkala bo‘yicha III-IV darajali shikastlanishi aniqlansa - jabrlanganlarga zudlik bilan laparotomiya operatsiyasi o‘tkazilishi lozim) aniqlangan;
kovak a’zolarning yopiq jaroxatlari diagnostik-davolash jarayonida zamonaviy nurli xamda endovizual texnologiyalar imkoniyatidan keng foydalanish 39,3% holatda laparoskopiya tufayli eksplorativ laparotomiyadan voz kechilgan va pirovard natijada o‘lim ko‘rsatkichlarini 10,7% dan 1,7% gacha, asoratlar soni esa 37,9% holatdan 20,51% gacha kamaytirishi asoslangan;
qorin bo‘shlig‘i yopiq shikastlangan bemorlarda zamonaviy endovideoxirurgiya texnologiyalaridan foydalanish yordamida operatsiyadan keyingi davrda asoratlar va nogironlikning kamayganligi bilan patogenetik jixatlri korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qorin bo‘shlig‘ining ichi bo‘sh a’zolarining yopiq jarohatlarini tashxislash va davolashni takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: qorin yopiq shikastlanishida kuzatiladigan kovak a’zolari jarohatlarining og‘ir kechishi ehtimolligini bashorat qilish integral shkalasi yuqori sezuvchanlikka (o‘rtacha 82,5%), o‘ziga xoslikga (o‘rtacha 77,8%) va umumiy aniqlikka (o‘rtacha 78,9%) ega va qorin bo‘shlig‘i kovak a’zolarining yopiq jarohatlanish xususiyatlarni belgilashi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: qorin bo‘shlig‘i shikastlangan bmorlarda qorin bo‘shlig‘i kovak a’zolarining yopiq jarohatlanishlarini nurli diagnostikasining biz taklif qilayotgan zamonaviy usullari yuqori diagnostik sezgirlik (85,6%), diagnostik o‘ziga xoslik (100,0%) va diagnostik samaradorlik (91,3%) ko‘rsatkichlariga ega va bizga bu jarohatlarning mavjudligini ishonchli tarzda aniqlash bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 20 maydagi 87-sonli xulosa bilan tasdiqlangan «Kompyuternaya programma vibora taktiki lecheniya zakritix povrejdeniy polix organov pri travmax jivota» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filiali 01.05.2024 y. № 44-i buyrug‘i va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadare filiali 10.05.2024 y. № 55-T buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: qorin yopiq shikastlanishida kuzatiladigan kovak a’zolari jarohatlarining og‘ir kechishi ehtimolligini bashorat qilish integral shkalasi bilan bemorlarda travma va uning asoratlari hamda kelgusida rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni o‘z vaqtida aniqlanib bemorlarni tezroq sog‘ayishiga erishilgan. Bunda qorin bo‘shlig‘ining yopiq travmalari payti kovak a’zolarining shikastlanishlarida xirurgik davolash taktikasini tanlash hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: integral shkala asosida qorin yopiq travmasida kovak a’zolarning shikastlanish gradatsiyasiga ko‘ra davolash algoritmi ishlab chiqilib, erishilgan natijalar asosida 1 nafar bemor uchun 2730000 so‘m, budjetdan tashqari 1570000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan. Amaliy tibbiyot uchun miniinvaziv texnologiyalardan foydalanish bemorlarning statsionarda qolish muddatining qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga 1 bemor hisobida 1790000 sum tejalishiga olib kelgan. Bu mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirdi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: kovak a’zolarning shikastlanishi mavjud bemorlarda o‘limni retrospektiv tahlili natijasida uning asosiy sababi ushbu kategoriyadagi bemorlarda shikastlanishning og‘irligi, a’zoni shikastlanish darajasi integral shkalasi bo‘yicha I-III daraja bo‘lgan va ushbu kategoriyadagi jabrlanganlarda laparoskopik operatsiyalarni o‘tkazishga ko‘rsatma bo‘lgan taqdirda ham faqat laparotomiya usuli qo‘llanilgan bo‘lib, operatsiya qilingan bemorlarda qabul qilingan paytdan boshlab birinchi kunida o‘lim katta miqdordagi qon yo‘qotilishi va uning korreksiya o‘z vaqtida bartaraf etilmaganligi, o‘tkazilgan operatsiyaning og‘irligi va hajmi, shuningdek operatsiyaga ko‘rsatmalarda kechiktirilgan holatlar va qorin bo‘lig‘idan kelayotgan qonni laboratoriya tahlilisiz amalga oshirilganligi bilan bog‘liq bo‘lgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qorin bo‘shlig‘ining ichi bo‘sh a’zolarining yopiq jarohatlarini tashxislash va davolashni takomillashtirish yo‘llari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 3 iyuldagi 6948-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: qorin yopiq shikastlanishi bilan bemorlarda kovak a’zolarning jarohatlarini davolash taktikasini tanlash kompyuter dasturi laparoskopik operatsiyalar uchun aniq ko‘rsatmalar va karshi kursatmalar (shkala bo‘yicha I-III darajali kovak a’zolar shikastlanishlari, ahvoli stabil va qon yo‘qotish 500 ml gacha bo‘lgan taqdirda, laparoskopik usulda samarali operatsiya qilinishi mumkin; shkala bo‘yicha III-IV darajali shikastlanishi aniqlansa - jabrlanganlarga zudlik bilan laparotomiya operatsiyasi o‘tkazilishi lozim) aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: biz ishlab chiqqan integral shkala yuqori sezuvchanlikka (o‘rtacha 82,5%), o‘ziga xoslikga (o‘rtacha 77,8%) va umumiy aniqlikka (o‘rtacha 78,9%) ega va qorin bo‘shlig‘i shikastlanishlarida kovak a’zolarning yopiq jaroxati og‘ir kechishi ehtimolini ishonchli bashorat qilish bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 20 maydagi 87-sonli xulosa bilan tasdiqlangan «Kompyuternaya programma vibora taktiki lecheniya zakritix povrejdeniy polix organov pri travmax jivota» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filiali 01.05.2024 y. № 44-i buyrug‘i va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadare filiali 10.05.2024 y. № 55-T buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: qorin bo‘shlig‘i yopiq shikastlanishlarida mamlakatimiz shoshilinch tibbiy yordam xizmatining barcha qatlamlarini jahon banki tomonidan ajratilgan zamonoviy diagnostika usullari yordamida tashxislash va davolash bemorlarni tezda sog‘lom hayotga qaytishi, mehnat qobiliyatining tiklanishi, asoratlar va nogironlikning kamayishi bilan tasdiqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: amaliy tibbiyot uchun miniinvaziv texnologiyalardan foydalanish bemorlarning statsionarda qolish muddatining qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga 1 bemor hisobida 1 790 000 sum tejalishiga olib keldi. Bu mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirdi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: laparoskopik operatsiyalar uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar aniqlangan bo‘lib, integral shkala bo‘yicha I-III darajali kovak a’zolar shikastlanishlari, bemorning ahvoli stabil va qon yo‘qotish 500 ml gacha bo‘lgan taqdirda, laparoskopik usulda samarali operatsiya qilinishi mumkin. Kovak a’zolarning integral shkalasi bo‘yicha III-IV darajali shikastlanishi laparoskopik operatsiyaga qarshi ko‘rsatma bo‘lib, jabrlanganlarga zudlik bilan laparotomiya operatsiyasi o‘tkazilishi lozim. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qorin bo‘shlig‘ining ichi bo‘sh a’zolarining yopiq jarohatlarini tashxislash va davolashni takomillashtirish yo‘llari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 3 iyuldagi 6948-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: kovak a’zolarning yopiq jaroxatlari diagnostik-davolash jarayonida zamonaviy nurli xamda endovizual texnologiyalar imkoniyatidan keng foydalanish 39,3% holatda laparoskopiya tufayli eksplorativ laparotomiyadan voz kechilgan va pirovard natijada o‘lim ko‘rsatkichlarini 10,7% dan 1,7% gacha, asoratlar soni esa 37,9% holatdan 20,51% gacha kamaytirishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: biz taklif qilayotgan yangi kompyuter dasturi qorin bo‘shlig‘i shikastlanishida kovak a’zolarning yopiq jaroxatini davolashning oqilona taktikasini tanlash, jarrohlik aralashuvlarning vaqtini, hajmini va turini, shuningdek davolash bosqichlarini aniqlash bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 20 maydagi 87-sonli xulosa bilan tasdiqlangan «Kompyuternaya programma vibora taktiki lecheniya zakritix povrejdeniy polix organov pri travmax jivota» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filiali 01.05.2024 y. № 44-i buyrug‘i va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadare filiali 10.05.2024 y. № 55-T buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: ko‘pgina klinikalarda qo‘llanadigan an’anaviy diagnostika va davolash usullari bilan taqqoslanganda taklif etilgan miniinvaziv diagnostika va davolash usullari natijasida bemorlar hayot sifatini sezilarli yaxshilanganligi, mehnat qobiliyati erta tiklanganligi ijtimoiy samaradorligini belgilab berdi. Iqtisodiy samaradorligi: qorin bo‘shlig‘i shikastlanishi paytida kovak a’zolarning yopiq shikastlanishi bilan bemorlar diagnostikasi va davolash taktikasini tanlash uchun ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanish instrumental va laboratoriya imkoniyatlaridan odatda umumiy o‘rtacha 1180400 so‘m sarflanadi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan minimal invaziv jarrohlikni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5311800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: qorin bo‘shlig‘i travmasi bilan 29 (24,8%) bemorlarda kovak a’zolarning yopiq shikastlanishlari uchun differensial davolash va diagnostik yondashuv muvaffaqiyatli konservativ terapiya o‘tkazishga imkon bergan, 39,3% holatda laparoskopiya tufayli eksplorativ laparotomiyadan voz kechilgan va pirovard natijada o‘lim ko‘rsatkichlarini 10,7% dan 1,7% gacha, asoratlar soni esa 37,9% holatdan 20,51% kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qorin bo‘shlig‘ining ichi bo‘sh a’zolarining yopiq jarohatlarini tashxislash va davolashni takomillashtirish yo‘llari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 3 iyuldagi 6948-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘i yopiq shikastlangan bemorlarda zamonaviy endovideoxirurgiya texnologiyalaridan foydalanish yordamida operatsiyadan keyingi davrda asoratlar va nogironlikning kamayganligi bilan patogenetik jixatlri korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: integral shkala va kompyuter dasturining keng qo‘llanilishi diagnostik-davolash jarayonni optimallashtiradi, qorin bo‘shlig‘i shikastlanishida kovak a’zolarning yopiq jaroxati bilan bemorlarda operasiyadan keyingi asoratlar sonini 23,6% gacha kamayishini, operasiyadan keyingi o‘limning 4,2%gacha pasayishini va bemorlarning kasalxonada qolish kunlarini 10,8±2,1gacha qisqarishini ta’minlaydi xamda qorin bo‘shlig‘i shikastlanishida kovak a’zolarning yopiq jaroxati uchun yangi diagnostika va davolash algoritmini ishlab chiqarish bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 20 maydagi 87-sonli xulosa bilan tasdiqlangan «Kompyuternaya programma vibora taktiki lecheniya zakritix povrejdeniy polix organov pri travmax jivota» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filiali 01.05.2024 y. № 44-i buyrug‘i va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadare filiali 10.05.2024 y. № 55-T buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: qorin yopiq shikastlanishi bo‘lgan bemorlarning 62,8% ida operatsiya vaqtida xarakteri va og‘irlik darajasi bo‘yicha muntazam ishlatiladigan endoxirurgik asboblar yordamida maxsus texnik qiyinchiliklarsiz laparoskopik usul bilan bartaraf etilishi mumkin shikastlanishlar aniqlandi, bu qorin bo‘shlig‘i shikastlanishlarida laparoskopiya ko‘rsatmalarini kengaytirish maqsadga muvofiqligini asoslaydi. Tadqiqot natijalarining ijtimoiy ahamiyati bemorlarni miniinvaziv texnologiyalar yordamida davolash operatsiyadan keyingi davrda asoratlar va nogironlikning kamayganligi ushbu zamonaviy endovideoxirurgiya texnologiyalaridan foydalanish bilan korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: amaliy xirurgiya uchun tavsiya etilgan algoritmdan foydalangan holda laparoskopik amaliyotlar uchun bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4893350 so‘m sarflanadi. Bu summaning ichida operativ davo va 2 kun reanimatsiya va 5-7 kun intensiv terapiya bo‘limidagi o‘rin-kunlar 1829900 (431300 + 1398600) so‘mni tashkil qiladi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida laparoskopik jarrohlik amaliyotini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3659800 so‘mni (2 ta bemorga) tashkil etadi. Xulosa: kovak a’zolarning yopiq shikastlanishi diagnostikasi va davolash taktikasini tanlash bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm klinik, laborator, instrumental (UTT, KT) va laparoskopik usullarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda olingan ma’lumotlarini sharhlash uchun original konsepsiyani joriy etish orqali bemor davolashining yo‘nalishi va natijalarini sezilarli darajada optimallashtirish asoslab berilgan, 24,8% holatda konservativ terapiya, 39,3% holatda laparoskopik operatsiyalarni o‘tkazish va 18,8% holatda konversiya qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qorin bo‘shlig‘ining ichi bo‘sh a’zolarining yopiq jarohatlarini tashxislash va davolashni takomillashtirish yo‘llari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 3 iyuldagi 6948-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish