Kutlumuratov Jumamurat Djiemuratovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Xalqaro kombinatsiyalangan yuk tashishni takomillashtirish”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T3363
Ilmiy rahbar: Riskulov Alimjon Axmadjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdoq nomidagi Qoraqolpaq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Nazarov Anvar Aripovich, texnika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Muxiddin Nortojievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika  instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro yo‘nalishlarda kombinatsiyalangan yuk tashish jarayonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transport oqimlarini optimallashtirishda xalqaro yo‘nalishlarda yuklarni kombinatsiyalangan etkazib berish jarayonida ularni qayta yuklash asosida tashishni tashkil etish usuli ishlab chiqilgan;
xalqaro yo‘nalishlarda kombinatsiyalangan yuk tashish jarayonlarida transport oqimlarini rejalashtirish, boshqarish va tashkil etishni maqbullashtirish hisobiga tashishni tashkil etish usuli yagona mahsulot modelini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
turli transport vositalarini intermodal terminallarga maqbul biriktirish usuli transport vositalari harakat yonalishlaridagi eng qisqa masofalarini qidirish va ular orqali harakatni tashkil etishni hisobga olgan holda yaratilgan;
transport oqimini maqbul rejalashtirish asosida avtomobil transportida xizmat ko‘rsatadigan transport oqimlarini oqilona qayta ishlashning matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro kombinatsiyalangan yuk tashishni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qayta yuklash asosida tashishni tashkil etish usuli “O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyati Nukus filiali korxonasida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligining 2023 yil 22 dekabrdagi 3227-son ma’lumotnomasi). Natijada, harakat vaqti va yuk tashish paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kechikishlar kabi turli parametrlarni hisobga olish harakatlanish davomiyligi 9,5 % ga kamayishi aniqlangan;
yuklarni xalqaro yo‘nalishlarda tashishda kombinatsiyalashgan usul “O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyati Nukus filiali korxonasida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligining 2023 yil 22 dekabrdagi 3227-son ma’lumotnomasi) Natijada, xalqaro yo‘nalishda tashishni tashkil etishda rejalashtirish, boshqarish va tashkil etishni muqobillashtirishga erishish imkoni paydo bo‘lgan.
turli transport vositalarini intermodal terminallarga maqbul biriktirish usuli “O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyati Nukus filiali korxonasida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligining 2023 yil 22 dekabrdagi 3227-son ma’lumotnomasi) Natijada, transport vositalarini yuk terminallariga biriktirish orqali tashishning eng qisqa masofani qidirish va ular asosida tashishni tashkil etish imkoni yaratilgan.
avtomobil transportida xizmat ko‘rsatadigan transport oqimlarini oqilona qayta ishlashning matematik modeli “O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyati Nukus filiali korxonasida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligining 2023 yil 22 dekabrdagi 3227-son ma’lumotnomasi) Natijada, yuklarni kombinatsilashgan usulda tashishda intermodal terminallardan foydalanish orqali logistikaning umumiy samaradorligini 10% ga oshirish imkoni yuzaga kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish