Quliev Begimqul Melikovichvichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maishiy xizmatlar sohasini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt 2741 B202.PhD/Iqt1282
Ilmiy rahbar: Sultonov Shodiyor Abduxalilovich , iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevch , iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sharifov Shuhrat Saidahmadovich, iqtisodiyot fanlari PhD , dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: maishiy xizmatlar sohasini rivojlanti-rishni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maishiy xizmatlar sohasini rivojlantirish va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishning sarf-xarajatlar tarkibini opti-mallashtirish, xizmat ko‘rsatish sifati, xizmatlar hajmi, sof foyda hajmini oshirish va sohaga investisiyalarni keng jalb etish kabi asosiy yo‘nalishlari asoslangan;
maishiy xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini raqamli iqtisodiyotga ko‘ra aniqlashtirilgan holda sohani istiqbol rivojlanti-rishning asosiiy yo‘nalishlari, jumladan alternativ energiyaning ustuvor-ligi asosida xarajatlarni optimallashtirish (13%), korxonalarni texnik-texnologik jihatdan yangilash, raqamli ish o‘rinlari bo‘yicha personal malakasini oshirish negizida takomillashtirilgan;
maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarini samarali rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarga ko‘ra hududiy klaster modeli Samarqand viloyati kesimida faoliyatni sinergetik samaraga yo‘naltiirsh, klaster ishtirokchisi sifatida bilvosita bozor infratuzilmasi tashkilotlarini jalb etish, xo‘jalik yurituvchi subektlarning nafaqat ishlab chiqarish-iqtisodiy balki ijtimoiy faoliyatini ham muvofiqlashtirishga ko‘ra rivojlanti-rishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Samarqand viloyatida sohada davlat-xususiy sherikchilikni e’tiborga olgan holda maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida yaratiladigan yalpi mahsulot hajmining 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomil-lashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maishiy xizmatlar sohasini rivojlantirish va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishning sarf-xarajatlar tarkibini optimallashtirish, xizmat ko‘rsatish sifati, xizmatlar hajmi,, sof foyda hajmini oshirish va sohaga investisiyalarni keng jalb etish kabi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Maishiy xizmatlar sohasini rivojlantirishning hududiy dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 26 martdagi 9/06-30-5258-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarini samarali boshqarish, ishlab chiqarishni rasional tashkil qilish, aholining xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
maishiy xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni raqamli iqtisodiyotga ko‘ra aniqlashtirlgan holda sohani istiqbol rivojlantirish-ning asosiiy yo‘nalishlari, jumladan alternativ energiyaning ustuvorligi asosida xarajatlarni optimallashtirish (13%), korxonalarni texnik-texnologik yangilash, raqamli ish o‘rinlari bo‘yicha personal malakasini oshirish negizida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2030 yilgacha bo‘lgan davrda maishiy xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foyda-lanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 26-martdagi 9/06-30-5258-sonli ma’lumotnomasi). Taklif tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish va maishiy xizmatlar ko‘rsatish sohasini diversifikasiyalash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarini samarali rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarga ko‘ra hududiy klaster modeli Samarqand viloyati kesimida faoliyatni sinergetik samaraga yo‘naltiirsh, klaster ishtirokchisi sifatida bilvosita bozor infratuzilmasi tashkilotlarini jalb etish, xo‘jalik yurituvchi subektlarning nafaqat ishlab chiqarish-iqtisodiy balki ijtimoiy faoliyatini ham muvofiqlashtirishga ko‘ra rivojlantirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomoni-dan viloyat maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalariga joriy qilingan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 26-martdagi 9/06-30-5258-sonli ma’lumotno-masi).Ushbu taklif ko‘rsatilayotgan maishiy xizmatlarning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan maishiy xizmat korxonalarida xizmatlar samaradorlik ko‘rsatkichini 1,4 %ga oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
Samarqand viloyatida sohada davlat-xususiy sherikchilikni e’tiborga olgan holda maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida yaratiladigan yalpi mahsulot hajmining 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi “Hududlarda 2030-yilgacha bo‘lgan davrda maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishning hududiy dasturilari” va “Hududlarda maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 26-martdagi 9/06-30-5258-sonli ma’lu-motnomasi). Ushbu taklif viloyatda maishiy xizmat ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar hajmini va korxonalar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.